Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ikromov sh
Download 166.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Ikromov Sh 2-G fizika optika kurs ishi
3-rasm.
O–ko’zning optik markazi hamda h-ko’z chuqurligi; AB–buyum; ab–buyumning qurollanmagan ko’zdagi tasviri φ–qurollanmagan ko’zning qarash burchagi; a᾽b᾽- buyumning Σ optik sistema bilan qurollangan ko’zdagi tasviri; φ᾽-qurollangan ko’zning qarash burchagi; Chunki tasvirning diametri ab=φh ga teng bo’lib, o’rtacha ko’z uchun 15 mm ga teng. Buyumning mayda tafsilotlarigacha ajrata olish uchun zarur bo’lgan minimal qarash burchagi fiziologik limit burchak deb ataladi va 20 ko’zoynak taqmagan ko’z uchun taxminan bir minutga teng. Biroq buyumning tafsilotini ko’zoynak taqmasdan ajrata olish burchagi bunday qiymatga ega bo’lishi uchun kuzatilayotgan buyum yaxshi yoritilgan bo’lishi lozim. Odatda ko’zning ajrata olish qobilyati 4-rasmda ko’rsatilgan shakldagi test-obyekt (Landort togaragi) yordamida sinaladi. 4-rasm. Ko’zi sinalayotgan odam aniq ko’rayotgan kesik o’tkirligining birligi qilib ajrata olish burchagi 1᾽ bo’lgan ko’zning o’tkirligi olinadi. Agar ajrata olinadigan eng kichik burchak 2᾽ bo’lsa, ko’rish o’tkirligi 1/2 ga teng bo’ladi hamda hokazo. Normal ko’zning ajrata olish burchagi bilan test-obyektning yoritilganligi orasidagi munosabat quyidagi jadvalda keltirilgan. Bu jadvaldan buyum yaxshi yoritilgan (100 lk da ortiq) bo’lganda normal ko’zning ko’rish o’tkirligi birdan ortiq ekanligi ko’rinib turibdi. 2-jadval. Fonning yoritilganligi, lk Ajrata olish burchagi, min Fonning yoritilganligi, lk Ajrata olish burchagi, min 0.0001 50 0.5 2 0.0005 30 1 1.5 0.001 17 5 1.2 0.005 11 10 0.9 21 Buyumni ko’zga yaqinlashtirganda biz buyumning fiziologik limit burchak bilan kesiladigan qismini kamaytirgan bo’lamiz va binobarin buyumning mayda- mayda bo’lgan qismlarini ham farq qila olamiz. Biroq buyumni ko’zga yaqinlashtirish akkomodatsiyalanish qobilyati bilan chegaralangandir; normal ko’z uchun eng qulay masofa 25 sm (eng yaxshi ko’rish masofasi). O’zini zo’riqtirish hisobiga yosh odamning ko’zi buyumni 10 sm gacha bo’lgan masofadan ko’ra oladi. Yaqindan ko’rar ko’z bu masofadan yaqinroqdagi narsalarni ham ko’radi va shuning uchun buyumning yanada mayda qismlarini ham farq qilaoladi. Uzoqdan ko’rar ko’z; jumladan qari odamlarning ko’zi mayda tafsilotini farq qilishga (masalan, kitob o’qishga) qiynaladi. Buyumning mayda tafsilotini farq qilishni yanada yaxshilashga optik asboblar yordam beradi; bu asboblar bilan ko’z birgalikda buyumning tasvirini to’r pardada hosil qiladi. To’r pardada hosil bo’lgan bu tasvirning ko’z qurollangan hamda qurollanmagan holdagi uzunliklari nisbati optik asbobning ko’rinma kattalashtirishi deyiladi. 3-rasmda bu kattalashtirish tgφ/tgφ᾽ ga teng ekanligi kelib chiqadi. Endi navbatdagi ishimiz ko’zga tutiladigan asboblar bilan yanada chuqurroq tanishib olamiz. Lupa– fokus masofasi uncha katta bo’lmagan (taxminan 100 dan 10 mm gacha) sodda sistema (bitta yoki bir necha linza) bo’lib, qaralayotgan buyum bilan ko’z orasiga tutiladi. Buyumning kattalashtirilgan mavhum tasviri eng yaxshi ko’rish masofasida yoki cheksizlikda hosil bo’ladi, ya’ni ko’z akkomodatsiyaga zo’riqmasdan ko’radi. Lupani qo’llanishning ikkala usulida ham lupa beradigan ko’rinma kattalashtirish amalda bir xil bo’lib, N = tgφ᾽tgφ = D/f Bu yerda D-eng yaxshi ko’rish masofasi, f-lupaning fokus masofasi. D=250 mm bo’lgani uchun odatda qo’llanadigan lupalar 2.2 dan tortib 25 gacha kattalashtiradi. Yaqindan ko’rar ko’z uchun D kichik, binobarin bu holda lupa buyumning mayda tafsilotini ajratib ko’rishda ko’zga kam yordam beradi. Mikroskop – prinsp jihatdan olganda bir-biridan ancha qochiq turgan obyektiv va okulyardan iborat ikki optik sistemaning kombinatsiyasidir. Mikroskopdan bakteriyalar, hujayralar kabi mayda ob’ektlarni ko`rish uchun foydalaniladi. 22 Mexanikaviy moslamalar yordamida malum xolatda o’rnatilgan linzalar, prizmalar ko’zgulardan tashkil topgan optikaviy sistemalar optika asboblari hisobanadi. Amaliy optikaning u yoki bu masalalarni hal qilish uchun qo’llaniladigan juda ko’p sonli turli xil asboblar bor. Biz bu yerda asosan tasvir hosil qilishga mo’ljallangan asboblarni va birinchi navbatda mikroskop hamda teleskoplarni ko’rib chiqamiz. Yorug’likning boshqa xil hususiyatlariga asoslangan optika asboblari o’ziga tegishli bo’limlarga bayon qilinadi. Masalan: interferometrlar va difraksion panjaralar yuqorida bayon qilingan edi. Ikkala asbob – mikroskop va telesoplarning obyektiv va okulyarlari bo’ladi. Obyektiv aberrasiyalari yaxshilab to’g’rilangan va buyumga qaratib qo’yilgan linzadan iborat. U optikaviy asbob orqali qaraladigan buyumning haqiqiy tasvirini hosil qilib berish uchun mo’ljallangan. Okulyar ham apperatsiyaga to’g’rilangan linzadan yoki linzalar sistemasidan iborat bo’ladi. Okulyar buyumning obyektiv orqali hosil qilingan tasvirini kattalashga mo’ljallangan. Agar zarur bo’lgan kattalashtirish uncha katta bo’lmasa (10-20 marta bo’lsa) va kattalashgan tasviri olinishi kera bo’lgan buyum kuzatuvchiga bevosita yaqin turgan bo’lsa, u vaqtda lupa vazifasi bajaruvchi birgina okulyar bilan cheklanish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling