Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ikromov sh
Download 166.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Ikromov Sh 2-G fizika optika kurs ishi
1-rasm.
Bu yerda: A–suvga oxshagan suyuqlik; L–gavhar; Q–shishasimon jism; I–ko’zning kamalak pardasi; R–ko’zning to’r pardasi. Biz ko’z bilan ko’rayotgan jismning tasviri to’r pardada joylashadi: u haqiqiy, kichiklashgan va teskari tasvir bo’ladi (biz miyamizning korrektlash ta’siri ostida buyumning joylashishi to’g’risida to’g’ri taassurot olamiz). Ko’zning qorachig’i diafragma rolini o’ynaydi; uning diametri ko’zga tushayotgan yorug’lik miqdoriga qarab o’zgarib turadi. Endi ko’z tuzulishiga yanada chuqurroq yondashsak. Ko’zning I kamalak pardasi (yuqoridagi 1-rasmga qarang) yoki ko’z gavxarining muguz pardasi apertura diafragmasi vazifasini o’tashi ma’lum. Kamalak parda ko’z rangini ko’rsatadi; kamalak pardada kattaligi ozgaradigan teshik bo’ladi biz uni yuqorida ko’z qorachig’i deb atadik. Ko’zning old qismidagi suyuqlik sohasida qorachiqning tasviri aslida kirish qorachig’i hisoblanadi. Bu tasvir haqiqiy qorachiq bilan deyarli bir xil bo’ladi. Ko’zda qorachiq diametrining o’zgarishi fotoobyektivda apertura diafragmasi o’zgarishi bilan bir xil rol o’ynaydi; yuqorida aytganimizdek qorachiq diametriningo’zgarishi ko’zga yorug’lik tushishini rostlab turadi hamda fokuslash chuqurligini o’zgartiradi. Apparatning fotoplastinkasiga ko’zning R to’r pardasi mos keladi (1-rasmga qarang). Ko’pchilik sof optik masalalarda ko’zning sindiruvchi sistemasi bir jinsli shaffof moddadan yasalgan ekvivalent ko’z bilan almashtirilishi mumkin; uning Gulstrand bergan parametrlari quyidagicha: 9 1-jadval. Sindirish kuchi dioptriya hisobida 58.48 Ko’zning uzunligi 22 mm Sindiruvchi sirtning egrilik radiusi 5.7 mm Muhitning sindirish ko’rsatkichi 1.33 To’r pardaning egrilik radiusi 9.7 mm Ko’zdagi tasvir havodan farq qiladigan muhit ichida hosil bo’lgani uchun ko’zning oldingi va ketingi fokus masofalari bir-biriga teng emas (17.1 va 22.8 mm) binobarin ko’zning tugun nuqtalari bosh nuqtalari bilan ustma-ust tushmaydi. Bu nuqtalarning hammasi bir-biriga yaqin bo’lgani tufayli ularni ko’zning optik markaziga joylashgan deb hisoblasa bo’ladi. Ko’zning sezgirligi masalasi ham ko’z optik sistemasining muhim jihatlaridan biridir ya’ni ko’zning sezgirligi ko’z optik sistemasini tushunishda yanada muhim ro’llarni o’ynaydi. To’r pardani egallagan yorug’lik sezgir elementlar tayoqchalar va kolbachalarga bo’linadi. Tayoqchalar yorug’likka juda sezgirdir (oqshom g’ira-shirasida ko’rishimiz shular tufaylidir), biroq ranglar farqini ajrata olmaydi. Kolbachalar yorug’likni kamroq sezsada, spektral jihatdan sezgirdir: ular yordamida biz ranglarni ajratamiz. Ko’z to’lqin uzuznliklarining juda tor intervalini sezadi, ya’ni ko’rinadigan yorug’likning uzunligi 0.77 dan 0.38 mk gacha, shunda ham ko’zning bu intervaldagi to’lqin uzunliklarga sezgirligi turlicha. (Ba’zi odamlarning kengroq 0.9 dan 0.3 mk gacha intervalni, ya’ni infraqizil va ultrabinafsha sohalarni ham ko’rishini aytib o’tish qiziqarlidir). Ko’z λ=0.555 mk to’lqin uzuznligiga, yashil rangga eng sezgirdir. Eng qisqa va eng uzun to’lqinlar uchun ko’zning sezgirligi keskin kamayadi va infraqizil hamda ultrabinafsha nurlar uchun sezgirlik nolga teng bo’ladi. Shuning uchun ham quvvati bir xil bo’lgan, ammo, lekin turli rangli yorug’lik nurlayotgan bir necha monoxromatik yorug’lik manbalarining yorqinligi ko’zga turlicha ko’rinadi. Yashil rang manbai eng ravshan ko’rinadi. Masalan, qizil yorug’lik (λ=0.76 mk) yashil 10 yorug’lik singari ravshan ko’rinishi uchun uning quvvati yashil yorug’likning quvvatidan 20 000 marta ortiq bo’lishi kerak [4]. Download 166.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling