Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ikromov sh


 Ko’z optik sistemasida yuzaga keluvchi nuqsonlar va ko’rish maydoni


Download 166.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana29.06.2023
Hajmi166.83 Kb.
#1657499
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ikromov Sh 2-G fizika optika kurs ishi

2.2. Ko’z optik sistemasida yuzaga keluvchi nuqsonlar va ko’rish maydoni 
Alohida (kiprik) muskuli ta’sirida xrustalcha sirtlarining egriligi va binobarin 
uning fokus masofasi ham o’zgarishi mumkin. Ko’zdan turli masofada bo’lgan 
predmetlarning ko’z to’ridagi tasvirining aniq bo’lishi ana shunday ta’minlanadi. 
Ko’z xrustalchasining fokus masofasini kuzatilayotgan buyumgacha bo’lgan 
masofaga moslash qobilyati akkomodatsiya deyiladi. Ko’z akkomodatsiyalanadigan 
masofalar chegaralari uzoq nuqta hamda yaqin nuqta deb ataladi. Normal ko’z 
zo’riqmay ko’radigan uzoq nuqta cheksizlikda yotadi. Yaqin nuqta esa yoshga qarab 
xar xil masofada yotadi. Masalan yigirma yoshda 10 sm masofadan tortib qirq 


18 
yoshda 22 sm ga boradi. Qariganda akkomodatsiya chegaralari yanada torayadi 
(qarilikdagi uzoqdan ko’rarlik). Ko’pincha yoshlik chog’idayoq akkomodatsiya 
chegaralari normal bo’lmagan kishilar bo’ladi: yaqindan ko’rar ko’z, bu ko’z uchun 
uzoqdagi nuqta chekli masofada yotadi, ba’zan bu masofa uncha katta bo’lmaydi;
uzoqdan ko’rar ko’z bu ko’z uchun yaqindagi nuqtagacha bo’lgan masofa ortib 
ketgan bo’ladi. Bu nuqsonlar sochuvchi yoki yig’uvchi qo’shimcha linzalar 
ko’zoynak taqish )vositasida tuzatish mumkin.
2-rasm. 
Yuqoridagi shtrixlab qo’yilgan joylar ko’z o’z akkomodatsiyasi chegaralarida 
aniq ko’ra oladigan sohalar, ya’ni yaqindagi A
p
nuqta bilan uzoqdagi A
r
nuqta 
orasidagi sohalar qanday joylashganini ko’rsatadi. Normal ko’z A
p
= 10
-22
sm dan 
cheksizlikkacha bo’lgan sohada akkomodatsiyalana oladi. Yaqindan ko’rar ko’zning
akkomodatsiyalanish sohasi yaqinlashgan va uzoqni ko’rish chegarasi cheklangan. 
Uzoqdan ko’rar ko’zning akkomodatsiyalanish sohasi boshi surilgan bo’lib, 
uzoqdagi nuqtasi manfiy masofada yotadi. Bu esa uzoqdan ko’rar ko’z mavhum
nuqtalarni ko’ra olishini, ya’ni parallel dastalarnigina emas, balki yig’iladigan 
dastalarni ham to’r pardaga tushira olishini bildiradi. Shunday qilib yaqindan ko’rar 
ko’zning optik kuchi normal ko’znikidan ortiq, uzoqdan ko’rar ko’zning optik kuchi 
esa normal ko’znikidan kichik. Sog’lom ko’zni umuman aylanish sirtlarining 
markazlashtirilgan sistemasi deb hisoblash mumkin. Anig’ini aytganda, bu uncha 
kamol topgan sistema emas chunki ko’zda sferik abertasiya ham og’ma dastalarning 
astigmatizmi ham anchagina xromatik aberatsiya ham bor. Biroq ko’zning o’ziga 
xos bir qator xususiyatlari tufayli bu nuqsonlarning hammasi kam seziladi. Masalan, 
sferik aberatsiya uncha sezilarli emas, chunki sochilish dog’larida yoritilganlik 
notekis taqsimlangan, dog’ning ko’rish tuyg’usi uchun eng muhim bo’lgan eng 


19 
yorug’ qismi juda kichikdir; sochilish doirasining yon qismlari sezilarli bo’lib 
qoladigan kuchli yoritishda qorachiq ko’p kamayib, ishni yaxshilaydi. Og’ma 
dastalarning astigmatizmi deyarli sezilmaydi, chunki to’r pardaning yaxshi sezish 
qobilyati markazidan chetlariga tomon tez pasayib ketadi; shuning uchun qayd 
qilinadigan har bir nuqtaning tasviri beixtiyor ravishda ko’z o’qiga keltiriladi; ko’z 
o’qi to’r pardaning eng foydali qismidan o’tadi. Bu juda kichik ishchi qismining 
ko’rish maydoni yetarli emasligi o’rnini ko’zning harakatchanligi to’la-to’kis 
bosadi. Xromatik aberatsiya deyarli sezilmaydi, chunki ko’z spektrining juda tor 
qisminigina yaxshi sezadi. Ko’rsatib o’tilgan faktorlarning hammasi qo’shilganda 
normal ko’z buyumlarning tashqi ko’rinishi to’g’risida juda yaxshi fikr yuritishga 
imkon beradi. Biroq ayrim elemntlardan iborat to’r parda tuzilishining xarakteri 
tufayli, buyumning ikki nuqtasi yaqin bo’lib, ikkovi to’r pardaning bitta elementida 
(kolbachasida) tasvirlansa, u holda ko’z bu ikki nuqtani bitta deb his etadi. Shunday 
qilib, buyumning tasviri to’r parda tuzilishi bilan aniqlanadigan chegara ichida 
yotadigan qismi nuqta (fiziologik nuqta ) deb his etiladi va bu qism ichida boshqa 
hech narsani tanib bo’lmaydi. Bunday qismning kattaligi, albatta, buyumdan 
ko’zgacha bo’lgan masofaga bog’liq bo’lib, tasvirning o’lchami tegishlicha 
bo’lishini ta’minlaydigan qarash burchagi orqali aniqlanishi mumkin. 

Download 166.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling