Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ikromov sh


Download 166.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana29.06.2023
Hajmi166.83 Kb.
#1657499
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ikromov Sh 2-G fizika optika kurs ishi

3-rasm. 
O–ko’zning optik markazi hamda h-ko’z chuqurligi; AB–buyum; ab–buyumning 
qurollanmagan ko’zdagi tasviri φ–qurollanmagan ko’zning qarash burchagi; a᾽b᾽- 
buyumning Σ optik sistema bilan qurollangan ko’zdagi tasviri; φ᾽-qurollangan 
ko’zning qarash burchagi;
Chunki tasvirning diametri ab=φh ga teng bo’lib, o’rtacha 
ko’z uchun 15 mm ga teng. Buyumning mayda tafsilotlarigacha ajrata olish uchun 
zarur bo’lgan minimal qarash burchagi fiziologik limit burchak deb ataladi va 


20 
ko’zoynak taqmagan ko’z uchun taxminan bir minutga teng. Biroq buyumning 
tafsilotini ko’zoynak taqmasdan ajrata olish burchagi bunday qiymatga ega bo’lishi 
uchun kuzatilayotgan buyum yaxshi yoritilgan bo’lishi lozim.
Odatda ko’zning 
ajrata olish qobilyati 4-rasmda ko’rsatilgan shakldagi test-obyekt (Landort togaragi) 
yordamida sinaladi.
4-rasm. 
Ko’zi sinalayotgan odam aniq ko’rayotgan kesik o’tkirligining birligi qilib 
ajrata olish burchagi 1᾽ bo’lgan ko’zning o’tkirligi olinadi. Agar ajrata olinadigan 
eng kichik burchak 2᾽ bo’lsa, ko’rish o’tkirligi 1/2 ga teng bo’ladi hamda hokazo. 
Normal ko’zning ajrata olish burchagi bilan test-obyektning yoritilganligi orasidagi 
munosabat quyidagi jadvalda keltirilgan. Bu jadvaldan buyum yaxshi yoritilgan 
(100 lk da ortiq) bo’lganda normal ko’zning ko’rish o’tkirligi birdan ortiq ekanligi 
ko’rinib turibdi. 
2-jadval. 
Fonning 
yoritilganligi, lk 
Ajrata olish 
burchagi, min
Fonning 
yoritilganligi, lk
Ajrata olish 
burchagi, min
0.0001 
50 
0.5 

0.0005 
30 

1.5 
0.001 
17 

1.2 
0.005 
11 
10 
0.9 


21 
Buyumni ko’zga yaqinlashtirganda biz buyumning fiziologik limit burchak 
bilan kesiladigan qismini kamaytirgan bo’lamiz va binobarin buyumning mayda-
mayda bo’lgan qismlarini ham farq qila olamiz. Biroq buyumni ko’zga 
yaqinlashtirish akkomodatsiyalanish qobilyati bilan chegaralangandir; normal ko’z 
uchun eng qulay masofa 25 sm (eng yaxshi ko’rish masofasi). O’zini zo’riqtirish 
hisobiga yosh odamning ko’zi buyumni 10 sm gacha bo’lgan masofadan ko’ra oladi. 
Yaqindan ko’rar ko’z bu masofadan yaqinroqdagi narsalarni ham ko’radi va 
shuning uchun buyumning yanada mayda qismlarini ham farq qilaoladi. Uzoqdan 
ko’rar ko’z; jumladan qari odamlarning ko’zi mayda tafsilotini farq qilishga 
(masalan, kitob o’qishga) qiynaladi. Buyumning mayda tafsilotini farq qilishni 
yanada yaxshilashga optik asboblar yordam beradi; bu asboblar bilan ko’z 
birgalikda buyumning tasvirini to’r pardada hosil qiladi. To’r pardada hosil bo’lgan 
bu tasvirning ko’z qurollangan hamda qurollanmagan holdagi uzunliklari nisbati 
optik asbobning ko’rinma kattalashtirishi deyiladi. 3-rasmda bu kattalashtirish
tgφ/tgφ᾽ ga teng ekanligi kelib chiqadi.
Endi navbatdagi ishimiz ko’zga tutiladigan asboblar bilan yanada chuqurroq 
tanishib olamiz. Lupa– fokus masofasi uncha katta bo’lmagan (taxminan 100 dan 10 
mm gacha) sodda sistema (bitta yoki bir necha linza) bo’lib, qaralayotgan buyum 
bilan ko’z orasiga tutiladi. Buyumning kattalashtirilgan mavhum tasviri eng yaxshi 
ko’rish masofasida yoki cheksizlikda hosil bo’ladi, ya’ni ko’z akkomodatsiyaga
zo’riqmasdan ko’radi. Lupani qo’llanishning ikkala usulida ham lupa beradigan 
ko’rinma kattalashtirish amalda bir xil bo’lib,
N = tgφ᾽tgφ = D/f 
Bu yerda D-eng yaxshi ko’rish masofasi, f-lupaning fokus masofasi. D=250 
mm bo’lgani uchun odatda qo’llanadigan lupalar 2.2 dan tortib 25 gacha 
kattalashtiradi. Yaqindan ko’rar ko’z uchun D kichik, binobarin bu holda lupa 
buyumning mayda tafsilotini ajratib ko’rishda ko’zga kam yordam beradi. 
Mikroskop – prinsp jihatdan olganda bir-biridan ancha qochiq turgan obyektiv va 
okulyardan iborat ikki optik sistemaning kombinatsiyasidir. Mikroskopdan 
bakteriyalar, hujayralar kabi mayda ob’ektlarni ko`rish uchun foydalaniladi. 


22 
Mexanikaviy moslamalar yordamida malum xolatda o’rnatilgan linzalar, prizmalar 
ko’zgulardan tashkil topgan optikaviy sistemalar optika asboblari hisobanadi. 
Amaliy optikaning u yoki bu masalalarni hal qilish uchun qo’llaniladigan juda ko’p 
sonli turli xil asboblar bor. Biz bu yerda asosan tasvir hosil qilishga mo’ljallangan 
asboblarni va birinchi navbatda mikroskop hamda teleskoplarni ko’rib chiqamiz. 
Yorug’likning boshqa xil hususiyatlariga asoslangan optika asboblari o’ziga tegishli 
bo’limlarga bayon qilinadi. Masalan: interferometrlar va difraksion panjaralar 
yuqorida bayon qilingan edi. Ikkala asbob – mikroskop va telesoplarning obyektiv 
va okulyarlari bo’ladi. Obyektiv aberrasiyalari yaxshilab to’g’rilangan va buyumga 
qaratib qo’yilgan linzadan iborat. U optikaviy asbob orqali qaraladigan buyumning 
haqiqiy tasvirini hosil qilib berish uchun mo’ljallangan. Okulyar ham apperatsiyaga 
to’g’rilangan linzadan yoki linzalar sistemasidan iborat bo’ladi. Okulyar buyumning 
obyektiv orqali hosil qilingan tasvirini kattalashga mo’ljallangan. Agar zarur 
bo’lgan kattalashtirish uncha katta bo’lmasa (10-20 marta bo’lsa) va kattalashgan 
tasviri olinishi kera bo’lgan buyum kuzatuvchiga bevosita yaqin turgan bo’lsa, u 
vaqtda lupa vazifasi bajaruvchi birgina okulyar bilan cheklanish mumkin.


23 

Download 166.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling