Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ikromov sh


Download 166.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana29.06.2023
Hajmi166.83 Kb.
#1657499
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ikromov Sh 2-G fizika optika kurs ishi

1-rasm. 
Bu yerda: A–suvga oxshagan suyuqlik; L–gavhar; Q–shishasimon jism; I–ko’zning 
kamalak pardasi; R–ko’zning to’r pardasi. Biz ko’z bilan ko’rayotgan jismning 
tasviri to’r pardada joylashadi: u haqiqiy, kichiklashgan va teskari tasvir bo’ladi (biz 
miyamizning korrektlash ta’siri ostida buyumning joylashishi to’g’risida to’g’ri 
taassurot olamiz). Ko’zning qorachig’i diafragma rolini o’ynaydi; uning diametri 
ko’zga tushayotgan yorug’lik miqdoriga qarab o’zgarib turadi. Endi ko’z tuzulishiga 
yanada chuqurroq yondashsak. Ko’zning I kamalak pardasi (yuqoridagi 1-rasmga 
qarang) yoki ko’z gavxarining muguz pardasi apertura diafragmasi vazifasini o’tashi 
ma’lum. Kamalak parda ko’z rangini ko’rsatadi; kamalak pardada kattaligi 
ozgaradigan teshik bo’ladi biz uni yuqorida ko’z qorachig’i deb atadik. Ko’zning 
old qismidagi suyuqlik sohasida qorachiqning tasviri aslida kirish qorachig’i 
hisoblanadi. Bu tasvir haqiqiy qorachiq bilan deyarli bir xil bo’ladi. Ko’zda qorachiq 
diametrining o’zgarishi fotoobyektivda apertura diafragmasi o’zgarishi bilan bir xil 
rol o’ynaydi; yuqorida aytganimizdek qorachiq diametriningo’zgarishi ko’zga 
yorug’lik tushishini rostlab turadi hamda fokuslash chuqurligini o’zgartiradi. 
Apparatning fotoplastinkasiga ko’zning R to’r pardasi mos keladi (1-rasmga 
qarang). Ko’pchilik sof optik masalalarda ko’zning sindiruvchi sistemasi bir jinsli 
shaffof moddadan yasalgan ekvivalent ko’z bilan almashtirilishi mumkin; uning 
Gulstrand bergan parametrlari quyidagicha: 



1-jadval. 
Sindirish kuchi dioptriya hisobida 
58.48 
Ko’zning uzunligi
22 mm 
Sindiruvchi sirtning egrilik radiusi
5.7 mm 
Muhitning sindirish ko’rsatkichi 
1.33 
To’r pardaning egrilik radiusi 
9.7 mm 
Ko’zdagi tasvir havodan farq qiladigan muhit ichida hosil bo’lgani uchun 
ko’zning oldingi va ketingi fokus masofalari bir-biriga teng emas (17.1 va 22.8 mm) 
binobarin ko’zning tugun nuqtalari bosh nuqtalari bilan ustma-ust tushmaydi. Bu 
nuqtalarning hammasi bir-biriga yaqin bo’lgani tufayli ularni ko’zning optik
markaziga joylashgan deb hisoblasa bo’ladi. Ko’zning sezgirligi masalasi ham ko’z 
optik sistemasining muhim jihatlaridan biridir ya’ni ko’zning sezgirligi ko’z optik 
sistemasini tushunishda yanada muhim ro’llarni o’ynaydi. To’r pardani egallagan
yorug’lik sezgir elementlar tayoqchalar va kolbachalarga bo’linadi. Tayoqchalar 
yorug’likka juda sezgirdir (oqshom g’ira-shirasida ko’rishimiz shular tufaylidir), 
biroq ranglar farqini ajrata olmaydi. Kolbachalar yorug’likni kamroq sezsada, 
spektral jihatdan sezgirdir: ular yordamida biz ranglarni ajratamiz. Ko’z to’lqin 
uzuznliklarining juda tor intervalini sezadi, ya’ni ko’rinadigan yorug’likning 
uzunligi 0.77 dan 0.38 mk gacha, shunda ham ko’zning bu intervaldagi to’lqin 
uzunliklarga sezgirligi turlicha. (Ba’zi odamlarning kengroq 0.9 dan 0.3 mk gacha
intervalni, ya’ni infraqizil va ultrabinafsha sohalarni ham ko’rishini aytib o’tish 
qiziqarlidir). Ko’z λ=0.555 mk to’lqin uzuznligiga, yashil rangga eng sezgirdir. Eng 
qisqa va eng uzun to’lqinlar uchun ko’zning sezgirligi keskin kamayadi va infraqizil 
hamda ultrabinafsha nurlar uchun sezgirlik nolga teng bo’ladi. Shuning uchun ham 
quvvati bir xil bo’lgan, ammo, lekin turli rangli yorug’lik nurlayotgan bir necha 
monoxromatik yorug’lik manbalarining yorqinligi ko’zga turlicha ko’rinadi. Yashil 
rang manbai eng ravshan ko’rinadi. Masalan, qizil yorug’lik (λ=0.76 mk) yashil 


10 
yorug’lik singari ravshan ko’rinishi uchun uning quvvati yashil yorug’likning 
quvvatidan 20 000 marta ortiq bo’lishi kerak [4]. 

Download 166.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling