Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ikromov sh


Download 166.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana29.06.2023
Hajmi166.83 Kb.
#1657499
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ikromov Sh 2-G fizika optika kurs ishi

III. XULOSA 
Xulosa qilip shuni aytamanki, odam ko‘zi o‘ziga xos optik asbob bolib, u 
optikada alohida o‘rin tutadi. Bu, birinchidan, ko‘p optik asboblarning ko‘z 
sezishiga mo‘ljallangani, ikkinchidan, odamning (va hayvonning) ko‘zi evolyutsiya 
jarayonida taqsimlashgan biologik sistema sifatida, bionika doirasida optik 
sistemalarni loyihalash va yaxshilashga doir ba’zi g‘oyalarni vujudga keltirishi bilan 
tushuntiriladi. Ko‘z tibbiyotchilar uchun faqat funksional buzilish va kasallanish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan a’zo hisoblanmay, balki ba’zi ko‘zga taalluqli bo‘lmagan 
boshqa kasalliklar to‘g‘risidagi axborot manbai hamdir. Ko‘rish tizimiga tushgan 
yorug‘lik elektr impulsiga aylanadi va u ko‘rish nervlari orqali miyadagi markaziy 
nerv tizimiga beriladi. Fotoretseptorlar sezgirligi juda yuqori bo‘lib, unga tushgan 
kuchsiz yorug‘likni ham elektr impulsiga aylantirib beradi. Yorug‘lik ta'sirida 
retseptor hujayralarida ma'lum biokimyoviy reaksiyalarni hosil qildiradi va harakat 
potensiali yuzaga keladi. Ko‘z nafaqat elektromagnit to‘lqinni qabul qiladi, balki 
ularni farqlay oladi ham. Buyum tasvirini va rangini, qanday masofada joylashganini 
ham aniqlaydi. Tabiat bunga uzoq evolyusiya tufayli erishdi. Ba'zi umurtqali 
hayvonlar ham odam kabi ranglarni ajratadi. Masalan, otlar, qo‘ylar va cho‘chqalar 
faqat qizil va zangori ranglarni farqlaydi. Tunda ov qiluvchi hayvonlar, masalan, 
mushuklar, bo‘rilar rangni farqlamaydi. Hayvonlar ultrabinafsha va infraqizil 
nurlarni farqlay olmaydi. Bunga sabab quyoshdan yerga amalda 290 nmdan kichik 
to‘lqinlar yetib kelmaydi. Shu sababli hayvon va odamlarda bu to‘lqin uzunligini 
sezuvchi organlar rivojlanmagan. Lekin, bundan ancha katta to‘lqin uzunlikli 
ultrabinafsha nurlarni ham ko‘z sezmaydi. Bunga asosiy sabab yuqori energiyali 
ultrabinafsha nurlar ko‘zdagi yorug‘likka sezgir pigmentlarni buzishidadir. Shu 
sababli gavhar va shishasimon suyuqlik nafaqat ultrabinafsha nurlarni, balki to‘lqin 
uzunligi 400 nmga yaqin ba'zi nurlarni ham kuchli yutadi. Agar bu nurlar energiyasi 
katta bo‘lsa to‘r pardani kuydiradi. Infraqizil nurlarni oladigan bo‘lsak, uni 
hayvonlar tanasining o‘zi ham chiqaradi. 370 C da maksimal nurlanish 9-10 mkm 
to‘lqin uzunlikka mos keladi. 1sm
2
hayvon tanasi 50 mW quvvatli energiyani 
nurlaydi. Bu esa ko‘zga quyoshdan tushadigan energiyadan ancha kattadir. Ko’z 


24 
optik sistema bo’lib buyumning tasvirini ko’z soqqasining yorug’likka sezgir 
bo’lgan to’rsimon pardasida hosil qiladi. Ko’z tashqi tomondan uchta parda bilan 
o’ralgan. Tashqi parda sclera yoki oqsil parda deyiladi. Bu zich parda ko’zni tashqi 
tasirlardan saqlaydi. Oqsil pardaga sertomirli parda va o’lchamlari 0,001 sm dan 
kichik bo’lgan juda kichik yorug’lik sezgir elementlardan tuzilgan to’rsimon parda 
yoki to’r parda kelib tutashgan. Bu elementlar ko’zni bosh miya bilan bog’lovchi 
ko’rish nervi tolalarining uchlaridir. Ko’zga tushadigan nurlar shox parda sirtida eng 
ko’p sinadi. Gavhar ham nurni qo’shimcha ravishda ozroq sindiradi. Biz ko’z bilan 
ko’rayotgan buyumning tasviri to’r pardada joylashadi; u haqiqiy, kichiklashgan va 
teskari tasvir bo’ladi. Biz miyamizning korrektlash tasiri ostida buyumning 
joylashishi to’g’risida to’g’ri taassurot olamiz. 
Buyumning ko’zdan uzoqligi o’zgarishiga qaramay, uning to’r pardadagi 
tasviri aniqligicha qolaveradi. Buning sababi shuki, ko’z gavhari o’z egriligini va 
shu bilan birga, o’z optik kuchini o’zgartira oladi. Ko’zimizga ancha yaqin turgan 
buyumga qaraganimizda ko’z muskullarini gavharning qavariqligini oshiradi va 
gavhar o’zidan o’tayotgan nurlarni kuchliroq sindiradi. Uzoqda turgan buyumlarga 
qaralganda esa gavhar yassiroq bo’lib qoladi hamda uning sindirish qobilyati 
kuchsizlanadi. Demak, ko’z gavharining fokus masofasi o’zgarib turadi. Ko’z 
gavharining fokus masofasini kuzatilayotgan buyumgacha bo’lgan masofaga 
moslash qobilyati akkomodatsiya deyiladi. Lekin ko’z akkomodatsiyasini malum bir 
chegarasi bo’ladi: biz juda yaqin turgan buyumlarni aniq ko’ra olmaymiz, chunki 
ko’zning to’r pardasida bu buyumlarning aniq tasviri hosil bo’lmaydi. Ko’rish 
burchagi qancha katta bo’lsa, buyumning tasviri ham shuncha ravshan ko’rinadi. 
Buyumni ko’rish uchun eng qulay masofa eng yaxshi ko’rish masofasi deb, ko’zdan 
shu masofada turadigan nuqta esa akkomodatsiyaning eng yaqin nuqtasi deb ataladi. 
Normal ko’z akkomodatsiyasining eng uzoq nuqtasi cheksiz uzoqlashgan nuqtadir. 
Bu nuqta ko’zning zo’riqmagan holatiga muvofiq keladi. 


25 

Download 166.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling