Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ikromov sh


Download 166.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana29.06.2023
Hajmi166.83 Kb.
#1657499
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ikromov Sh 2-G fizika optika kurs ishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I.BOB. KO’Z OPTIK SISTEMASI VA UNING TUZULISHI 
1.1. Ko’z optik sistemasi
Ko’z optik sistema bo’lib, buyumning tasviri ko’z soqqasining yorug’likka 
sezgir bo’lgan to’rsimon pardasida hosil bo’ladi. Odam ko’zining shakli shar 
shakliga yaqin bo’ladi. Ko’zning diametri 2.5 sm chamasida bo’ladi. Ko’z bosh 
suyagining maxsus chuqurchasida – ko’z soqqasida joylashgan bo’ladi. Ko’z ko’z 
soqqasidan ko’rish nervi yordamchi qismlardan (ko’z soqqasini harakatlantiruvchi 
muskullar va ularning nervlari, qovoq va kipriklar, yosh bezlari, qon tomirlari 
kabilardan) iborat. Ko’z soqqasi ikki qismdan iborat bo’ladi. Bular tashqi va ichki 
qismlardir. Ko’z bajaradigan funksiyasiga ko’ra ikki qismdan iborat: ko’zning optik 
sistemasi va retseptor qismi. Ko’z optik sistemasi ham o’z o’rnida to’rt qismga 
bo’linadi, ular ko’zning shox pardasi, ko’z ichki suyuqligi, gavxar, shishasimon 
tana. Bular ko’zga tushadigan yorug’lik nurini sindirib o’tkazadi va uni ko’zning 
ichki to’r pardasida joylashgan retseptorlarga to’plab beradi. Yorug’lik nurini 
sindirib o’tkazishda ayniqsa, ko’z gavxari muhim o’rin tutadi. Ko’z oqsil pardaga 
o’ralgan ancha murakkab sistema hisoblanadi. Oqsil pardaga tomirli parda va 
o’lchamlari 0.001 sm dan juda kichik yorug’lik sezgir elementlardan tuzilgan 
to’rsimon parda kelib tutashgan. Bu elementlar ko’zni bosh miya bilan bog’lovchi 
ko’rish nervi tolalarining uchlaridir. Ko’zning oldingi qismida oqsil parda shaffof 
muguz pardaga, tomirli parda esa kamalak pardaga aylanadi, kamalak pardaning 
o’rtasida ko’z qorachig’i deb atalgan teshik joylashgan. Qorachiqning ortida ikki 
yoqlama qavariq linza shaklidagi shaffof elastik jism xrustalcha(ko’z gavxari) 
joylashgan. Butun ko’z bo’shlig’i shaffof suyuqlik bilan to’lgan. Ko’z suyuqligining 
sindirish ko’rsatkichi 1.33 ga, muguz pardaning sindirish ko’rsatkichi 1.38 ga va 
xrustalchaniki o’rtacha 1,44 ga teng. Ko‘zdagi yorug‘likni seza oladigan qatlam to‘r 
parda hisoblanadi. Shunday qilib, yorug‘lik shox parda, qorachiq, gavhar va 
shishasimon jismlardan o‘tib ko‘zning to‘r pardasini yoritishda ko‘rish nervlariga 
ta‘sir etish bilan miyada sub`ektiv ko‘rish sezgisini hosil qiladi. Agar uzoqdagi 
buyumlarning tasviri to‘r to‘rpardani old tomonida hosil bo‘lsa, bunday ko‘z 



yaqindan ko‘rar, agar tasvir to‘rpardani orqa tomonida hosil bo‘lsa, uzoqdan ko‘rar 
ko‘z deyiladi. 

Download 166.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling