Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ikromov sh


II. BOB. KO’RISH ANALIZATORI VA UNING YORDAMCHI A’ZOLARI


Download 0.81 Mb.
bet4/7
Sana09.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1467831
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ikromov Sh 2-G fizika optika kurs ishii

II. BOB. KO’RISH ANALIZATORI VA UNING YORDAMCHI A’ZOLARI

2.1. Ko’rish organlarining vazifasi


Ko‘rish qobiliyati – bu atrofdagi narsalarni sezish, bilish. Ko‘rish qobiliyati beshta elementladan iborat: sentral ko‘rishi pereferik ko‘rishi, ranglarni ajratish, chiroqni ajratish, binokular ko‘rish.
Shox parda: fibroz qavatga bog’liq bo’lgan umumiy funksiyalarni bajarishdan tashqari yorug’lik nurlarini sindirishda ishtirok etadi. Shox parda umuman qon tomirlarga ega emas, faqat limbning yuza qavatlari chetki tomirlar tutamlaridan va limfatik tomirlardan iboratdir. Moddalar almashinuvi chetki xalqasimon tomirlar tutami, ko`z yoshlar va oldingi kamera suyuqligi xisobiga buladi. Bunday nisbiy aloxidalik belmalardagi shox pardani utkazishda yaxshi aks etadi. Antitanalar o’tkazilgan shox pardaga etib borolmaydi va boshqa yot tukimalarda sodir bo’lgani singari shox pardani yemirib tashlolmaydi. Shox parda nevr tolalariga juda boy va odam organizmidagi eng yuqori sezgirlikka ega bo’lgan tuqimalardan xisoblanadi. Manbasi uch shoxli nerv bo’lgan bir qancha sezgir nervlar qatorida shox pardada trofik funksiyani bajaruvchi simpatik innervatsiya ham mavjudligi aniqlanagan. Moddalar almashinuvi normal bo’lishi uchun tuqima va qon orasidagi jarayonlar balansi aniq bulishi lozim. Aynan shuning uchun kolbachalar retseptorlarining eng afzal ko`rgan o’rni tomirlarga boy bo’lgan shox pardaskleral zona xisoblanadi. Shu yerda normal moddalar almashinuvi jarayonidagi kichiknagina siljishni ham hisobga oladigan tomirli-tuqimali retseptorlar joylashadi.
Tomirli parda. Xorioideyaning tomirli sistemasi kalta orqa kiprikli arteriyalar ko`rinishida namoyon bo’ladi. Ular 6-8 ta bo’lib skleraning orqa polyusidan chiqib, quyuq tomirli tutamni xosil qiladi. Xorioideya ko`rish uchun zarur tuxtovsiz tushib ketadigan ko`ruv purpuralarning qayta tiklanishini ta’minlovchi enenrgetik manba bo’lib hisoblanadi [6].
Gavxar. Gavxar kimyoviy tarkibining o’ziga xos xususiyati undagi ko’p miqdordagi (35 dan yuqori) oqsil moddalarining borligidadir. Gavxar qon tomirlarga ega emas. Moddalar almashinuvi uchun zarur bo’lgan tarkibiy qismlar hamda almashinuv jarayoni maxsulotlarining ajralishi diffuziya va osmos yo’li bilan boradi va juda sekin kechadi. Gavxarning oldingi kapsulasi yarim o’tkazgich parda vazifasini bajaradi. Gavxar oziqlanishining regulyasiyasida hamda gavxar oldingi yuzasining sub-kapsulyar epiteliysi va uning ekvatorial qismi ishtirok etadi. Gavxar oziqlanishining manbasi ko`z ichi suyuqligi hamda kamera suyuqligi hisoblanadi. Gavxar oziqlanishi uchun zarur bo’lgan moddalarning yetishmasligi yoki unga keraksiz, yot moddalarning kirishi normal moddalar almashinuvini buzadi hamda bu oksilning parchalanishiga, tolalarning ajralib ketishiga, gavxarning xiralashishi – kataraktaga olib keladi.
Shishasimon tana. Kimyoviy xarakteriga ko`ra shishasimon tana organik kelib chiqqan gidrofil gel xisoblanadi. Tarkibida 98 – 99 % suv bor. Shishasimon tana ko`zga aniq shakl berib turadi, optik apparat qismlarining doimiy nisbatini va ko`z ichki qavatlarining mustaxkam yopishishishini ta’minlaydi. Shishasimon tanada qon tomirlar bo’lmaganligi sababli turli yallig’lanish jarayonlari bu yerda rivojlanmaydi. Shishasimon tanadagi o’zgarishlar siliar tana, xorioideya, to’r parda kasalliklariga bog’lik, chunki bu qismlardan chiqqan ekssudat shishasimon tanaga tushadi. Ko`zning travmatik jaroxatlari va operatsiyadan keyingi asoratlar shuni ko`rsatadiki, shishasimon tana ko`zda turli xil infeksion jarayonlar chaqiradigan bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay muxit hisoblanadi. Ko` rishning aniq bo’lishi uchun avvlam bor to’r pardada aniq tasvir bo’lishi kerak. Normal ko`zda bu ikkianatomik tuzilmaga boglik buladi: optik sistemaning nur sindirish kuchiga va ko`zning optik o’kiga. Bu ko’rsatkichlar ham xar kimniki individual bo’ladi. Shu sababdan ko`z refraksiyasini ikki xil turi tafovut etiladi, ya’ni fizik refraksiya – ko`z optik sistemasining nur sindirish kuchi bilan xarakterlanadi va klinik refraksiya – optik sistemaning bosh fokusining tur pardaga nisbatan olinishidir. Katta yoshdagi odamning ko`zining fizik refraksiyasi 52 dan 71 dptr gacha bo’lgan chegarada bo’ladi.
Ko`z o’lchamlariga nisbatan optik sistemaning nur sindirish kuchi kuchli bo’lsa, bunda parallel tushayotgan nurlar to’r pardaning oldida yig’iladi. Bunday nomutanosib refraksiya turi yaqindan ko`rish – miopiya deb ataladi. Agar ko`z o’lchamlariga nisbatan optik sistemaning nur sindirish kuchi kuchsiz bo’lsa, bunda parallel tushayotgan nurlar to’r pardaning orqasida yig’iladi. Bunday nomutanosib refraksiya turi uzoqdan ko`rish – gipermetropiya deb ataladi. Agar ko`z optik sisitemasining satxning turli xil vertikal, gorizontal yoki boshqa egri yo’nalishdagi meridianlarda nur sindirish bir xil emas, boshqa-boshqa kuchga ega bo’lsa, bu ametropiyaning uchinchi xili – astigmatizm deyiladi. Bunga ko’pincha shox parda satxi va kamdan–kam xolatlarda gavxar ikki perpedikulyar meridiani qiyaligi radiusining bir xil emasligi sabab bo’ladi. Ko`zning refraksiya turi aniqlashda va ametropiyani korreksiya qilishda optik oynalardan foydalaniladi.
Akkomadatsiya. Kishi hayoti uchun ko`z uzoq hamda yaqin masofadan ko`ra bilishning ahamiyati juda katta. Bu vazifani ham ko`zdagi fiziologik mexanizm akkomadatsiya bajaradi. Akkomadatsiya yordamida to’r pardada uzoqdagi yoki yaqindagi narsalar shakli o’z aksini topadi. Ko`zning akkomadatsion xususiyati yoshga qarab o’zgarib boradi. Kishi yoshi ulg’aygan sari ko`z gavxari elastikligining kamayib borishi natijasida ilgari ko`zga eng yaqindan ham yaqqol ko`rinib turgan nuqtaning asta – sekin uzoqlashib borishidir.
Presbiopiya – bu akkomadatsiyaning inson yoshi 40 ga yaqinlashganda paydo bo’ladigan o’zgarishi, ya’ni akkomadatsiyaning susayishidir. Natijada o’qish, yozish yoki bichish tikishdek mayda mashgulotlarni bajarish kiyinlashib, ko`zoynak taqishga ehtiyoj paydo bo’ladi.
Emmetropiya. Emmetripoyada odata parallel nurlar sinib, to’r pardada fokus paydo qiladi va bunda ko`zning ko`rish darajasi juda yuqori, yuz foizga teng bo’ladi. Ko`z juda uzoqda turgan nuqtani ko`rishga moslashgan bo’ladi. Emmitroplar yaqinni ham, uzoqni ham yaxshi ko’radilar. Unga akkomadatsiya yordam beradi.
Gipermetropiya – nur sindirish kuchining kamligidan yoki ko`z soqqasining kaltaligidan vujudga keladi. O’smir va yoshlarda ko`z gipermetropiyasini tuliq aniqlash mumkin emas, chunki ularda akkomadatsiya kuchli. Shuning uchun bu xollarda gipermetropiya ikkiga bo’linadi, yashirin va yaqqol ko`rinadigan gipermetropiya. Agar yoshlarda yashirin gipermetropiya o’z vaqtidda aniqlanib, ular ko`zoynakdan foydalanmasalar ko`zlar charchaydi, o’qiganda xarflar ko’rinmaydi. Akkomadotiv muskulchalar charchashidan ko`zda og’riq hamda bosh og’rig’i paydo bo’ladi. Bu holatni akkomadotiv astenopiya deb ataladi. Agar yosh bolalarda gipermetropiya kuchli bo’lsa, ular o’z vaqtida ko`zoynakdan foydalanmasalar xamda akkomadatsichga zo’r kelsa kuchli akkomadatsiya ketidan qonvergensiya ham zo’rayib, ko`zlar yig’iluvi g’ilaylikka uchraydi. Gipermetropiya uch darajaga bo’linadi: birinchi darajasi – 2,0 dptr gacha, ikkinchi darajasi 5,0 dprt gacha va uchinchi darajasi 5,0 dprtridan oshib ketishidir.
Uchinchi darajadagi gipermetroppiyali odamlarda ko`z soqqasi biroz kichikroq, qorachigi biroz torroq va oldingi kamerasi, shox prada gardishi kichikroq bo’lishi mumkin. Ularning ko`z tubini tekshirganda ko`ruv nervi diskining rangi biroz qizg’ishroq, chegarasi noaniqro, qon tomirlari biroz kengaygan bo’lib, bu holat envritni eslatishi mumkin. Lekin bu gipermetropiyaga xos soxta nevritdir. Ko`rish qobiliyati yaxshilanib, ko`rish maydoni oq va rangli ob’ektlar bilan tekshirganda normal xolatda bo’lsa, demak bu nevrit emas, balki kuchli gipermetropiyaga taalluqli bo’ladi [11].

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling