Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ikromov sh


Ko’z optik sistemasida yuzaga keluvchi nuqsonlar va ko’rish maydoni


Download 0.81 Mb.
bet5/7
Sana09.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1467831
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ikromov Sh 2-G fizika optika kurs ishii

2.2. Ko’z optik sistemasida yuzaga keluvchi nuqsonlar va ko’rish maydoni


Alohida (kiprik) muskuli ta’sirida xrustalcha sirtlarining egriligi va binobarin uning fokus masofasi ham o’zgarishi mumkin. Ko’zdan turli masofada bo’lgan predmetlarning ko’z to’ridagi tasvirining aniq bo’lishi ana shunday ta’minlanadi. Ko’z xrustalchasining fokus masofasini kuzatilayotgan buyumgacha bo’lgan masofaga moslash qobilyati akkomodatsiya deyiladi. Ko’z akkomodatsiyalanadigan masofalar chegaralari uzoq nuqta hamda yaqin nuqta deb ataladi. Normal ko’z zo’riqmay ko’radigan uzoq nuqta cheksizlikda yotadi. Yaqin nuqta esa yoshga qarab xar xil masofada yotadi. Masalan yigirma yoshda 10 sm masofadan tortib qirq yoshda 22 sm ga boradi. Qariganda akkomodatsiya chegaralari yanada torayadi (qarilikdagi uzoqdan ko’rarlik). Ko’pincha yoshlik chog’idayoq akkomodatsiya chegaralari normal bo’lmagan kishilar bo’ladi: yaqindan ko’rar ko’z, bu ko’z uchun uzoqdagi nuqta chekli masofada yotadi, ba’zan bu masofa uncha katta bo’lmaydi; uzoqdan ko’rar ko’z bu ko’z uchun yaqindagi nuqtagacha bo’lgan masofa ortib ketgan bo’ladi. Bu nuqsonlar sochuvchi yoki yig’uvchi qo’shimcha linzalar k
o’zoynak taqish )vositasida tuzatish mumkin.
2-rasm.
Yuqoridagi shtrixlab qo’yilgan joylar ko’z o’z akkomodatsiyasi chegaralarida aniq ko’ra oladigan sohalar, ya’ni yaqindagi Ap nuqta bilan uzoqdagi Ar nuqta orasidagi sohalar qanday joylashganini ko’rsatadi. Normal ko’z Ap = 10-22 sm dan cheksizlikkacha bo’lgan sohada akkomodatsiyalana oladi. Yaqindan ko’rar ko’zning akkomodatsiyalanish sohasi yaqinlashgan va uzoqni ko’rish chegarasi cheklangan. Uzoqdan ko’rar ko’zning akkomodatsiyalanish sohasi boshi surilgan bo’lib, uzoqdagi nuqtasi manfiy masofada yotadi. Bu esa uzoqdan ko’rar ko’z mavhum nuqtalarni ko’ra olishini, ya’ni parallel dastalarnigina emas, balki yig’iladigan dastalarni ham to’r pardaga tushira olishini bildiradi. Shunday qilib yaqindan ko’rar ko’zning optik kuchi normal ko’znikidan ortiq, uzoqdan ko’rar ko’zning optik kuchi esa normal ko’znikidan kichik. Sog’lom ko’zni umuman aylanish sirtlarining markazlashtirilgan sistemasi deb hisoblash mumkin. Anig’ini aytganda, bu uncha kamol topgan sistema emas chunki ko’zda sferik abertasiya ham og’ma dastalarning astigmatizmi ham anchagina xromatik aberatsiya ham bor. Biroq ko’zning o’ziga xos bir qator xususiyatlari tufayli bu nuqsonlarning hammasi kam seziladi. Masalan, sferik aberatsiya uncha sezilarli emas, chunki sochilish dog’larida yoritilganlik notekis taqsimlangan, dog’ning ko’rish tuyg’usi uchun eng muhim bo’lgan eng yorug’ qismi juda kichikdir; sochilish doirasining yon qismlari sezilarli bo’lib qoladigan kuchli yoritishda qorachiq ko’p kamayib, ishni yaxshilaydi. Og’ma dastalarning astigmatizmi deyarli sezilmaydi, chunki to’r pardaning yaxshi sezish qobilyati markazidan chetlariga tomon tez pasayib ketadi; shuning uchun qayd qilinadigan har bir nuqtaning tasviri beixtiyor ravishda ko’z o’qiga keltiriladi; ko’z o’qi to’r pardaning eng foydali qismidan o’tadi. Bu juda kichik ishchi qismining ko’rish maydoni yetarli emasligi o’rnini ko’zning harakatchanligi to’la-to’kis bosadi. Xromatik aberatsiya deyarli sezilmaydi, chunki ko’z spektrining juda tor qisminigina yaxshi sezadi. Ko’rsatib o’tilgan faktorlarning hammasi qo’shilganda normal ko’z buyumlarning tashqi ko’rinishi to’g’risida juda yaxshi fikr yuritishga imkon beradi. Biroq ayrim elemntlardan iborat to’r parda tuzilishining xarakteri tufayli, buyumning ikki nuqtasi yaqin bo’lib, ikkovi to’r pardaning bitta elementida (kolbachasida) tasvirlansa, u holda ko’z bu ikki nuqtani bitta deb his etadi. Shunday qilib, buyumning tasviri to’r parda tuzilishi bilan aniqlanadigan chegara ichida yotadigan qismi nuqta (fiziologik nuqta ) deb his etiladi va bu qism ichida boshqa hech narsani tanib bo’lmaydi. Bunday qismning kattaligi, albatta, buyumdan ko’zgacha bo’lgan masofaga bog’liq bo’lib, tasvirning o’lchami tegishlicha b
o’lishini ta’minlaydigan qarash burchagi orqali aniqlanishi mumkin.
3-rasm.
O–ko’zning optik markazi hamda h-ko’z chuqurligi; AB–buyum; ab–buyumning qurollanmagan ko’zdagi tasviri φ–qurollanmagan ko’zning qarash burchagi; a᾽b᾽- buyumning Σ optik sistema bilan qurollangan ko’zdagi tasviri; φ᾽-qurollangan ko’zning qarash burchagi; Chunki tasvirning diametri ab=φh ga teng bo’lib, o’rtacha ko’z uchun 15 mm ga teng. Buyumning mayda tafsilotlarigacha ajrata olish uchun zarur bo’lgan minimal qarash burchagi fiziologik limit burchak deb ataladi va ko’zoynak taqmagan ko’z uchun taxminan bir minutga teng. Biroq buyumning tafsilotini ko’zoynak taqmasdan ajrata olish burchagi bunday qiymatga ega bo’lishi uchun kuzatilayotgan buyum yaxshi yoritilgan bo’lishi lozim. Odatda ko’zning ajrata olish qobilyati 4-rasmda ko’rsatilgan shakldagi test-obyekt (Landort togaragi) y
ordamida sinaladi.
4-rasm.
Ko’zi sinalayotgan odam aniq ko’rayotgan kesik o’tkirligining birligi qilib ajrata olish burchagi 1᾽ bo’lgan ko’zning o’tkirligi olinadi. Agar ajrata olinadigan eng kichik burchak 2᾽ bo’lsa, ko’rish o’tkirligi 1/2 ga teng bo’ladi hamda hokazo. Normal ko’zning ajrata olish burchagi bilan test-obyektning yoritilganligi orasidagi munosabat quyidagi jadvalda keltirilgan. Bu jadvaldan buyum yaxshi yoritilgan (100 lk da ortiq) bo’lganda normal ko’zning ko’rish o’tkirligi birdan ortiq ekanligi ko’rinib turibdi.
2-jadval.

Fonning yoritilganligi, lk

Ajrata olish burchagi, min

Fonning yoritilganligi, lk

Ajrata olish burchagi, min

0.0001

50

0.5

2

0.0005

30

1

1.5

0.001

17

5

1.2

0.005

11

10

0.9

Buyumni ko’zga yaqinlashtirganda biz buyumning fiziologik limit burchak bilan kesiladigan qismini kamaytirgan bo’lamiz va binobarin buyumning mayda-mayda bo’lgan qismlarini ham farq qila olamiz. Biroq buyumni ko’zga yaqinlashtirish akkomodatsiyalanish qobilyati bilan chegaralangandir; normal ko’z uchun eng qulay masofa 25 sm (eng yaxshi ko’rish masofasi). O’zini zo’riqtirish hisobiga yosh odamning ko’zi buyumni 10 sm gacha bo’lgan masofadan ko’ra oladi. Yaqindan ko’rar ko’z bu masofadan yaqinroqdagi narsalarni ham ko’radi va shuning uchun buyumning yanada mayda qismlarini ham farq qilaoladi. Uzoqdan ko’rar ko’z; jumladan qari odamlarning ko’zi mayda tafsilotini farq qilishga (masalan, kitob o’qishga) qiynaladi. Buyumning mayda tafsilotini farq qilishni yanada yaxshilashga optik asboblar yordam beradi; bu asboblar bilan ko’z birgalikda buyumning tasvirini to’r pardada hosil qiladi. To’r pardada hosil bo’lgan bu tasvirning ko’z qurollangan hamda qurollanmagan holdagi uzunliklari nisbati optik asbobning ko’rinma kattalashtirishi deyiladi. 3-rasmda bu kattalashtirish tgφ/tgφ᾽ ga teng ekanligi kelib chiqadi.
Endi navbatdagi ishimiz ko’zga tutiladigan asboblar bilan yanada chuqurroq tanishib olamiz. Lupa– fokus masofasi uncha katta bo’lmagan (taxminan 100 dan 10 mm gacha) sodda sistema (bitta yoki bir necha linza) bo’lib, qaralayotgan buyum bilan ko’z orasiga tutiladi. Buyumning kattalashtirilgan mavhum tasviri eng yaxshi ko’rish masofasida yoki cheksizlikda hosil bo’ladi, ya’ni ko’z akkomodatsiyaga zo’riqmasdan ko’radi. Lupani qo’llanishning ikkala usulida ham lupa beradigan ko’rinma kattalashtirish amalda bir xil bo’lib,
N = tgφ᾽tgφ = D/f
Bu yerda D-eng yaxshi ko’rish masofasi, f-lupaning fokus masofasi. D=250 mm bo’lgani uchun odatda qo’llanadigan lupalar 2.2 dan tortib 25 gacha kattalashtiradi. Yaqindan ko’rar ko’z uchun D kichik, binobarin bu holda lupa buyumning mayda tafsilotini ajratib ko’rishda ko’zga kam yordam beradi. Mikroskop – prinsp jihatdan olganda bir-biridan ancha qochiq turgan obyektiv va okulyardan iborat ikki optik sistemaning kombinatsiyasidir. Mikroskopdan bakteriyalar, hujayralar kabi mayda ob’ektlarni ko`rish uchun foydalaniladi. Mexanikaviy moslamalar yordamida malum xolatda o’rnatilgan linzalar, prizmalar ko’zgulardan tashkil topgan optikaviy sistemalar optika asboblari hisobanadi. Amaliy optikaning u yoki bu masalalarni hal qilish uchun qo’llaniladigan juda ko’p sonli turli xil asboblar bor. Biz bu yerda asosan tasvir hosil qilishga mo’ljallangan asboblarni va birinchi navbatda mikroskop hamda teleskoplarni ko’rib chiqamiz. Yorug’likning boshqa xil hususiyatlariga asoslangan optika asboblari o’ziga tegishli bo’limlarga bayon qilinadi. Masalan: interferometrlar va difraksion panjaralar yuqorida bayon qilingan edi. Ikkala asbob – mikroskop va telesoplarning obyektiv va okulyarlari bo’ladi. Obyektiv aberrasiyalari yaxshilab to’g’rilangan va buyumga qaratib qo’yilgan linzadan iborat. U optikaviy asbob orqali qaraladigan buyumning haqiqiy tasvirini hosil qilib berish uchun mo’ljallangan. Okulyar ham apperatsiyaga to’g’rilangan linzadan yoki linzalar sistemasidan iborat bo’ladi. Okulyar buyumning obyektiv orqali hosil qilingan tasvirini kattalashga mo’ljallangan. Agar zarur bo’lgan kattalashtirish uncha katta bo’lmasa (10-20 marta bo’lsa) va kattalashgan tasviri olinishi kera bo’lgan buyum kuzatuvchiga bevosita yaqin turgan bo’lsa, u vaqtda lupa vazifasi bajaruvchi birgina okulyar bilan cheklanish mumkin.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling