Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: ikromov sh
Download 0.81 Mb.
|
Ikromov Sh 2-G fizika optika kurs ishii
III. XULOSAXulosa qilip shuni aytamanki, odam ko‘zi o‘ziga xos optik asbob bolib, u optikada alohida o‘rin tutadi. Bu, birinchidan, ko‘p optik asboblarning ko‘z sezishiga mo‘ljallangani, ikkinchidan, odamning (va hayvonning) ko‘zi evolyutsiya jarayonida taqsimlashgan biologik sistema sifatida, bionika doirasida optik sistemalarni loyihalash va yaxshilashga doir ba’zi g‘oyalarni vujudga keltirishi bilan tushuntiriladi. Ko‘z tibbiyotchilar uchun faqat funksional buzilish va kasallanish qobiliyatiga ega bo‘lgan a’zo hisoblanmay, balki ba’zi ko‘zga taalluqli bo‘lmagan boshqa kasalliklar to‘g‘risidagi axborot manbai hamdir. Ko‘rish tizimiga tushgan yorug‘lik elektr impulsiga aylanadi va u ko‘rish nervlari orqali miyadagi markaziy nerv tizimiga beriladi. Fotoretseptorlar sezgirligi juda yuqori bo‘lib, unga tushgan kuchsiz yorug‘likni ham elektr impulsiga aylantirib beradi. Yorug‘lik ta'sirida retseptor hujayralarida ma'lum biokimyoviy reaksiyalarni hosil qildiradi va harakat potensiali yuzaga keladi. Ko‘z nafaqat elektromagnit to‘lqinni qabul qiladi, balki ularni farqlay oladi ham. Buyum tasvirini va rangini, qanday masofada joylashganini ham aniqlaydi. Tabiat bunga uzoq evolyusiya tufayli erishdi. Ba'zi umurtqali hayvonlar ham odam kabi ranglarni ajratadi. Masalan, otlar, qo‘ylar va cho‘chqalar faqat qizil va zangori ranglarni farqlaydi. Tunda ov qiluvchi hayvonlar, masalan, mushuklar, bo‘rilar rangni farqlamaydi. Hayvonlar ultrabinafsha va infraqizil nurlarni farqlay olmaydi. Bunga sabab quyoshdan yerga amalda 290 nmdan kichik to‘lqinlar yetib kelmaydi. Shu sababli hayvon va odamlarda bu to‘lqin uzunligini sezuvchi organlar rivojlanmagan. Lekin, bundan ancha katta to‘lqin uzunlikli ultrabinafsha nurlarni ham ko‘z sezmaydi. Bunga asosiy sabab yuqori energiyali ultrabinafsha nurlar ko‘zdagi yorug‘likka sezgir pigmentlarni buzishidadir. Shu sababli gavhar va shishasimon suyuqlik nafaqat ultrabinafsha nurlarni, balki to‘lqin uzunligi 400 nmga yaqin ba'zi nurlarni ham kuchli yutadi. Agar bu nurlar energiyasi katta bo‘lsa to‘r pardani kuydiradi. Infraqizil nurlarni oladigan bo‘lsak, uni hayvonlar tanasining o‘zi ham chiqaradi. 370 C da maksimal nurlanish 9-10 mkm to‘lqin uzunlikka mos keladi. 1sm2 hayvon tanasi 50 mW quvvatli energiyani nurlaydi. Bu esa ko‘zga quyoshdan tushadigan energiyadan ancha kattadir. Ko’z optik sistema bo’lib buyumning tasvirini ko’z soqqasining yorug’likka sezgir bo’lgan to’rsimon pardasida hosil qiladi. Ko’z tashqi tomondan uchta parda bilan o’ralgan. Tashqi parda sclera yoki oqsil parda deyiladi. Bu zich parda ko’zni tashqi tasirlardan saqlaydi. Oqsil pardaga sertomirli parda va o’lchamlari 0,001 sm dan kichik bo’lgan juda kichik yorug’lik sezgir elementlardan tuzilgan to’rsimon parda yoki to’r parda kelib tutashgan. Bu elementlar ko’zni bosh miya bilan bog’lovchi ko’rish nervi tolalarining uchlaridir. Ko’zga tushadigan nurlar shox parda sirtida eng ko’p sinadi. Gavhar ham nurni qo’shimcha ravishda ozroq sindiradi. Biz ko’z bilan ko’rayotgan buyumning tasviri to’r pardada joylashadi; u haqiqiy, kichiklashgan va teskari tasvir bo’ladi. Biz miyamizning korrektlash tasiri ostida buyumning joylashishi to’g’risida to’g’ri taassurot olamiz. Buyumning ko’zdan uzoqligi o’zgarishiga qaramay, uning to’r pardadagi tasviri aniqligicha qolaveradi. Buning sababi shuki, ko’z gavhari o’z egriligini va shu bilan birga, o’z optik kuchini o’zgartira oladi. Ko’zimizga ancha yaqin turgan buyumga qaraganimizda ko’z muskullarini gavharning qavariqligini oshiradi va gavhar o’zidan o’tayotgan nurlarni kuchliroq sindiradi. Uzoqda turgan buyumlarga qaralganda esa gavhar yassiroq bo’lib qoladi hamda uning sindirish qobilyati kuchsizlanadi. Demak, ko’z gavharining fokus masofasi o’zgarib turadi. Ko’z gavharining fokus masofasini kuzatilayotgan buyumgacha bo’lgan masofaga moslash qobilyati akkomodatsiya deyiladi. Lekin ko’z akkomodatsiyasini malum bir chegarasi bo’ladi: biz juda yaqin turgan buyumlarni aniq ko’ra olmaymiz, chunki ko’zning to’r pardasida bu buyumlarning aniq tasviri hosil bo’lmaydi. Ko’rish burchagi qancha katta bo’lsa, buyumning tasviri ham shuncha ravshan ko’rinadi. Buyumni ko’rish uchun eng qulay masofa eng yaxshi ko’rish masofasi deb, ko’zdan shu masofada turadigan nuqta esa akkomodatsiyaning eng yaqin nuqtasi deb ataladi. Normal ko’z akkomodatsiyasining eng uzoq nuqtasi cheksiz uzoqlashgan nuqtadir. Bu nuqta ko’zning zo’riqmagan holatiga muvofiq keladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling