Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: tojiboyeva z


Lebedev yorug‘likning qattiq jismlarga bo‘lgan bosimini o‘lchashda katta qiyinchiliklarni yechishga to‘g‘ri keldi. Bu qiyinchiliklar nimadan iborat edi?


Download 489.22 Kb.
bet11/13
Sana11.05.2023
Hajmi489.22 Kb.
#1451834
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Tojiboyeva Z optika kurs ishi 2-G fizika

6-rasm. Yorug‘lik bosimini kuzatish uchun yasalgan a va b qanotchalar

Lebedev yorug‘likning qattiq jismlarga bo‘lgan bosimini o‘lchashda katta qiyinchiliklarni yechishga to‘g‘ri keldi. Bu qiyinchiliklar nimadan iborat edi?

Avvalom ingichka ip bilan osib qo‘yilgan kichikroq yupqa disklar yoritilganda, yorug‘likning bosim kuchidan tashqari, undan necha yuz ming marta katta bo‘lgan radiometrik kuchlar deb ataluvchi kuchlar ham paydo bo‘ladi. Radiometrik kuchlar paydo bo‘lishining sababi shuki, diskning yorug‘lik tushayotgan tomoni yorug‘lik ta’siridan isiydi va shuning uchun, diskning yorug‘likka qaragan tomoni soya tomonidan ko‘ra issiqroq bo‘ladi. Buning natijasida, diskka kelib tekkan gaz molekulalarini diskning isigan tomonidagi molekulalari diskning narigi, sovuqroq tomonidagi molekulalarga qaraganda kuchliroq itaradi. Gaz molekulalarining diskdan qaytishida esa «energiya berish» hodisasi ro‘y beradi. Energiya berish diskning yoritilgan - issiq tomonida yoritilmagan - sovuq tomonidagiga qaraganda kuchliroq bo‘ladi. Ko‘pdan-ko‘p molekulalarning zarbi natijasida energiya berishning teng ta’sir etuvchisi vujudga keladi hamda bu teng ta’sir etuvchi yorug‘likning izlanayotgan bosimi tomonga qarab yo‘nalgan bo‘ladi [13].

Lebedev avval radiometrik kuchlarning ta’sirini va bu ta’sirni kamaytiruvchi sabablarni puxta o‘rganib chiqdi. Bunda gaz siyraklasha borgan va disklar yupqalana borgan sari, radiometrik kuchlarning kamaya borishi aniqlandi. O‘sha vaqt uchun murakkab bo‘lgan muammo, ya’ni yuqori vakuum hosil qilish muammosi maydonga keldi. Lebedev bu muammoni muvoffaqiyat bilan hal qildi.

Disklarga radiometrik kuchlardan tashqari, yorug‘likning bosim kuchidan o‘nlarcha ming marta ortiq bo‘lgan konveksion kuchlar ham ta’sir qiladi. Konveksion kuchlar paydo bo‘lishining sababi quyidagicha: diskning unga tushayotgan nurlar ta’siridan isishi bilan bir vaqtda, diskka yaqin turgan gaz qatlamlari ham isiydi; bunda diskning yoritilgan tomonidagi gazlar bilan soya tomondagi gazlar orasida temperaturalar ayirmasi paydo bo‘ladi, bu esa konveksion oqimlarni vujudga keltiradi. Asbobda vakuum orttirilishi bilan bu kuchlar kamayadi. Lebedev bir manbaning o‘zidan chiqayotgan yorug‘lik nurlarini diskning goh bir tomoniga, goh ikkinchi tomoniga tushirib, yorug‘lik bosimini o‘lchashda konveksion kuchlarni kamaytirdi, buning uchun, 6-rasmda ko‘rsatilgan ko‘zgu S goh u tomonga, goh bu tomonga suriladi. Shunday qilib, Lebedev begona kuchlarni puxta hisobga olishga ularni minimumgacha kamaytirishga muvoffaq bo‘ldi.


Download 489.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling