Lebedev tajribalari: tushayotgan yorug‘lik nurlari dastasini yutuvchi sirtlarga ham, qaytaruvchi sirtlarga ham bosishini; yorug‘likning bosim kuchi tushayotgan nur energiyasiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, yorug‘likning rangiga bog‘liq emasligini ko‘rsatdi. Lebedev yorug‘lik ham har qanday modda singari, massaga ega ekanligini, bu esa ularning umumiy xossasi ekanligini dunyoda birinchi bo‘lib ko‘rsatdi, bu usha vaqtda muhim fakt edi.
Bosim kuchi yorug‘likning intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Yorug‘lik nurlari parallel dasta tashkil qilgan holda Maksvellning hisobi bo‘yicha р bosim yorug‘lik energiyasining u zichligiga, ya’ni hajm birligidagi energiyaga teng bo‘ladi.
Yorug‘lik bosimi hodisasi korpuskulyar yoki to‘lqin nazariyasida qanday talqin etilgan bo‘lmasin, bunday bosimning mavjudligini tajribada aniqlashning o‘zi juda katta ahamiyatga ega. Bu fakt yorug‘lik nuri energiyagagina emas, balki impulsga ham ega ekanligini ko‘rsatib, yorug‘likning moddiy ekanligini, yorug‘lik ham modda bilan birga materiyaning bir ko‘rinishi ekanligini shak-shubhasiz isbotlaydi. Yorug‘likning moddaga ko‘rsatadigan turli ta’sirlari orasida uning bosimi juda katta ahamiyatga ega. Yorug‘likning bosimi yorug‘lik elektromagnitik nazariyasining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
III. XULOSA
Xulosa o’rnida quyidagi fikrlarni bayon qilsak bo’ladi, yorug’likning moddaga ko’rsatadigan turli ta’sirlari orasida uning bosimi juda katta ahamiyatga ega ekan. Yorug’liklarning bosimi yorug’liklar elektromagnitik nazariyasining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ladi bundan tashqari, yorug’likning tabiatdagi ya’ni kosmik sohadagi hodislarni mohiyatini ilmiy asoslash uchun ham keng qo’llaniladi ekan. Yorug’lik o’zi yoritayotgan jismlarga bosim berishi kerak degan g’oyani Kepler ilgari surib bu sohaga yo’l ochib bergandan buyon yorug’lik bosimi tabiatini o’rganish uchun ko’plab tajribalar o’tkazildi hamda Keplerning yorug’lik bosimi borasidagi gipotezasini barcha tajribalar tasdiqladi. Ya’ni, kometalar quyruqlarining paydo bo’lishi, kometalar quyoshga yaqinlashgan sari bu quyruqlarning kattalashib borib quyoshdan teskari tomonga qarab joylashishi uni kometalarning quyruqlari zarralar oqimidan iborat bo’lib kometa quyoshga yaqinlashayotganida bu zarralar yorug’lik bosimi ta’sirida quyoshdan uzoqlashadi, degan xulosaning ilmiy asoslanishiga yordam berdi. Kepler ushbu o’rganishlari orqali yorug’lik bosimini qanchalik ahamiyatli ekanligini isbotlab berdi. U bu izlanishlari natijasida o’lchamlari ancha kichik bo’lgan zarralarni quyosh nurlari ta’sirida quyoshdan itarilishi quyosh massasi ta’sirida quyoshga tortilishiga qaraganda kuchliroq ekanligini aniqlash mumkin, bu esa astronomiya sohasida kometalar va yulduzlar ichki bosimi haqidagi ma’lum xulosalarni keltirib chiqardi. Hozirgi paytdagi izlanishlar natijasida yorug’lik bosimi yulduzlarning chegaraviy o’lchamlari to’g’risidagi masalada muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatildi. Keyinchalik Maksvell yorug’likning elektromagnitik nazariyasi asosida yorug’lik bosimining bo’lishi zarurligini keltirib chiqarganidan va hatto bu bosimning kattaligini hisoblab bergandan so’ng yorug’lik bosimini aniq qiymatini aniqlashni iloji topildi. Uning nazariyasiga ko’ra, jism sirtiga tik tushuvchi yassi elektromagnit to’lqin yuzaga keltiruvchi bosim elektromagnit energiyaning sirt yaqinidagi zichligiga teng. Ushbu energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi to’lqinlar energiyasidan tashkil topadi. Bu bilan elektromagnit nazariyada yorug’lik bosimini qanchalik o’rinli ekanligini isbotlab berdi.
Buni amaliyotda birinchi bo’lib P. N. Lebedev tajribalarida aniqlaganini va o’lchash jarayonlarini ko’rib chiqdik. Lebedevning natijalari Maksvellning elektromagnit nazariyasini tasdiqladi hamda o’lchangan yorug’lik bosimi nazariy hisoblangan yorug’lik bosimiga 20 foiz xatolik bilan mos kelishi kabi ushbu olimlarning izlanishlari natijalari orqali yorug’lik bosimi nimaligini, uni tabiatdagi rolini va alamliyotda qo’llanishini anglab olishimizga katta yordam berdi va keyingi ilmiy tadqiqod ishlarida qo’llash uchun asos bo’lishga xizmat qiladi deya olishimiz mumkin. I bob yuzasidan quyidagilarni xulosa o`rnida keltirish mumkinki, yorug`li inson ko`zi sezadigan elektromagnit to`lqin. Yorug`likni zarra va moddalarga beradigan ta`sirlari orasida uning bosimi ham yorug`lik elektromagnit nazariyasi rivoji uchun katta ahamiyarga ega. Men bu bobda yorug`lik va uning bosimi haqida to`lacha ma`lumot keltirib o`tishga harakat qildim va uning mazmun –mohiyati, uning kelib chiqish formulalari, yorug`lik bosimini Eynshteyn gipotezasi orqali ifodalanishi bilan tanishdim. II bobda keltirib o`tilgan ma`lumotlardan quyidagilarni xulosa qilish mumkin, yorug`lik o`zi yoritadigan jismlarga bosim beradi degan fikrni ilk bor Kepler ilgari surib bu sohaga yo`l ochib berganidan buyon yorug`lik bosimi tabiatini o`rganish uchun ko`plab tajribalar o`tkazildi va Keplerningyorug`lik bosimi borasidagi gipotezasini barcha tajribalar tasdiqladi. Bundan tashqari yorug`lik bosimining bazi kosmik hodisalarda katta ahamiyatga ega ekanligi keltirib o`tildi. Qator olimlarni tajriba va fikr-mulohazalari yorug`lik bosimining tabiatdagi rolini amaliyotdagi qo`llanilishini anglab olishimizga katta yordam berdi va keying ilmiy tadqiqotlarda qo`llash uchun yetarlicha asos bo`lishga xizmat qiladi deya olishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |