Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: tojiboyeva z
Download 489.22 Kb.
|
Tojiboyeva Z optika kurs ishi 2-G fizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 2-G FIZIKA GURUH TALABASI TOJIBOYEVA ZUMRADNING OPTIKA FANIDAN YORUG’LIK BOSIMI VA UNING AMALIYOTDA QO’LLANILISHI MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N. BAJARDI: TOJIBOYEVA Z. NUKUS_2023 MUNDARIJAKIRISH 4 I. BOB. YORUG’LIK NURI VA UNING BOSIMI HAQIDA TUSHUNCHA 6 1.1. Yorug’lik haqida tushuncha 6 1.2. Yorug’lik bosimi haqida tushuncha 8 1.3 Yorug’lik bosimini Eynshteyn gipotezasi orqali foydalanishi 9 II. BOB. YORUG’LIK BOSIMINING AMALIYOTDAGI O’RNI 10 2.1. Yorug’lik bosimini tajribalar orqali o’rganish 10 2.2. Yorug’lik bosimining fotonlar nazariyasida talqin etilishi 17 2.3. Yorug’lik bosimining ba’zi bir kosmik hodisalardagi roli. 18 Lebedev yorug‘likning qattiq jismlarga bo‘lgan bosimini o‘lchashda katta qiyinchiliklarni yechishga to‘g‘ri keldi. Bu qiyinchiliklar nimadan iborat edi? 22 Avvalom ingichka ip bilan osib qo‘yilgan kichikroq yupqa disklar yoritilganda, yorug‘likning bosim kuchidan tashqari, undan necha yuz ming marta katta bo‘lgan radiometrik kuchlar deb ataluvchi kuchlar ham paydo bo‘ladi. Radiometrik kuchlar paydo bo‘lishining sababi shuki, diskning yorug‘lik tushayotgan tomoni yorug‘lik ta’siridan isiydi va shuning uchun, diskning yorug‘likka qaragan tomoni soya tomonidan ko‘ra issiqroq bo‘ladi. Buning natijasida, diskka kelib tekkan gaz molekulalarini diskning isigan tomonidagi molekulalari diskning narigi, sovuqroq tomonidagi molekulalarga qaraganda kuchliroq itaradi. Gaz molekulalarining diskdan qaytishida esa «energiya berish» hodisasi ro‘y beradi. Energiya berish diskning yoritilgan - issiq tomonida yoritilmagan - sovuq tomonidagiga qaraganda kuchliroq bo‘ladi. Ko‘pdan-ko‘p molekulalarning zarbi natijasida energiya berishning teng ta’sir etuvchisi vujudga keladi hamda bu teng ta’sir etuvchi yorug‘likning izlanayotgan bosimi tomonga qarab yo‘nalgan bo‘ladi [13]. 22 Lebedev avval radiometrik kuchlarning ta’sirini va bu ta’sirni kamaytiruvchi sabablarni puxta o‘rganib chiqdi. Bunda gaz siyraklasha borgan va disklar yupqalana borgan sari, radiometrik kuchlarning kamaya borishi aniqlandi. O‘sha vaqt uchun murakkab bo‘lgan muammo, ya’ni yuqori vakuum hosil qilish muammosi maydonga keldi. Lebedev bu muammoni muvoffaqiyat bilan hal qildi. 23 Disklarga radiometrik kuchlardan tashqari, yorug‘likning bosim kuchidan o‘nlarcha ming marta ortiq bo‘lgan konveksion kuchlar ham ta’sir qiladi. Konveksion kuchlar paydo bo‘lishining sababi quyidagicha: diskning unga tushayotgan nurlar ta’siridan isishi bilan bir vaqtda, diskka yaqin turgan gaz qatlamlari ham isiydi; bunda diskning yoritilgan tomonidagi gazlar bilan soya tomondagi gazlar orasida temperaturalar ayirmasi paydo bo‘ladi, bu esa konveksion oqimlarni vujudga keltiradi. Asbobda vakuum orttirilishi bilan bu kuchlar kamayadi. Lebedev bir manbaning o‘zidan chiqayotgan yorug‘lik nurlarini diskning goh bir tomoniga, goh ikkinchi tomoniga tushirib, yorug‘lik bosimini o‘lchashda konveksion kuchlarni kamaytirdi, buning uchun, 6-rasmda ko‘rsatilgan ko‘zgu S goh u tomonga, goh bu tomonga suriladi. Shunday qilib, Lebedev begona kuchlarni puxta hisobga olishga ularni minimumgacha kamaytirishga muvoffaq bo‘ldi. 23 Lebedev tajribalari: 23 tushayotgan yorug‘lik nurlari dastasini yutuvchi sirtlarga ham, qaytaruvchi sirtlarga ham bosishini; 23 yorug‘likning bosim kuchi tushayotgan nur energiyasiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, yorug‘likning rangiga bog‘liq emasligini ko‘rsatdi. 23 Lebedev yorug‘lik ham har qanday modda singari, massaga ega ekanligini, bu esa ularning umumiy xossasi ekanligini dunyoda birinchi bo‘lib ko‘rsatdi, bu usha vaqtda muhim fakt edi. 24 Yorug‘lik bosimi hodisasi korpuskulyar yoki to‘lqin nazariyasida qanday talqin etilgan bo‘lmasin, bunday bosimning mavjudligini tajribada aniqlashning o‘zi juda katta ahamiyatga ega. Bu fakt yorug‘lik nuri energiyagagina emas, balki impulsga ham ega ekanligini ko‘rsatib, yorug‘likning moddiy ekanligini, yorug‘lik ham modda bilan birga materiyaning bir ko‘rinishi ekanligini shak-shubhasiz isbotlaydi. Yorug‘likning moddaga ko‘rsatadigan turli ta’sirlari orasida uning bosimi juda katta ahamiyatga ega. Yorug‘likning bosimi yorug‘lik elektromagnitik nazariyasining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 24 III. XULOSA 25 IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 27 Download 489.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling