Ilmiy rahbar: f f. d.,dotsent, Bekova N. J


-bob: Navoiyning muxtara’ g‘azaallarining mavzu va g‘oyalar olami, badiiyati


Download 173.43 Kb.
bet13/26
Sana21.06.2023
Hajmi173.43 Kb.
#1639938
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
Sayidova Firuza Dissertatsiya

2-bob: Navoiyning muxtara’ g‘azaallarining mavzu va g‘oyalar olami, badiiyati
2.1. Muxtara’ g‘azallar va ularning turlari
“Devoni Foniy”dagi she’rlar mavzu doirasi, g‘oyaviy-badiiy qimmati, nafisligi va til boyligi jihatidan “Xazoyinul-maoniy” qatoridan o‘rin olishga sazovor. Ikki tildagi she’rlar go‘yo bir-biriga egizak, bir-biriga uyg‘un, bir-biridan go‘zal she’rlardir. Bu, ayniqsa, Foniy-Navoiyning muxtare’larida – ixtiro g‘azallarida yorqin ko‘zga tashlanadi. “Devoni Foniy” tarkibida javobiya va yo tatabbu’ tarzida aytilgan g‘azallar bilan bir qatorda bevosita Alisher Navoiyning o‘z kashfiyoti bo‘lgan she’rlar ham talaygina uchraydi. Ushbu kulliyotning Toshkent nashrida shu xususiyatga molik asarlarning miqdori yuzdan ortiqdir45. SHoirning muxtara’ g‘azallari soni haqida turli-tuman fikrlar bor. Olim Davlatov esa “Foniyning muxtara’ g‘azallari” maqolasida ularning soni Alisher Navoiy to‘la asarlar to‘plami 10 jildlikda 95 ta ekanligini qayd etadi46. Biz esa shoir mukammal asarlari to‘plami 20-jildlikning 18, 19 va 20-jildlarini nazardan o‘tkazib, muxtara’ g‘azallarning bu nashrda 88 ta ekanligiga guvoh bo‘ldik.
Ma’lumki, mumtoz she’riyatning bosh mavzuini ishq-muhabbat madhi tashkil qiladi. Alisher Navoiy muhabbatni oddiy insoniy muomala-munosabat doirasida cheklashga tarafdor emas. U bu mavzuni katta ijtimoiy hodisa sifatida tushunadi va talqin etadi. Uning talqinicha, ishq dardiga mubtalo bo‘lish – halovatdan, rohat-farog‘atdan kechish demakdir. Yoxud visol onlarining nash’asi yonida firoq soatlarining achchiq iztirobi, kutish onlarining intizorligiyu, mashaqqatli, raqiblar hujumiga bardosh berish azoblari turadi. Navoiy tasviridagi lirik qahramon – oshiq o‘zini ana shu murakkab ruhiy jarayonning barcha imtihonlaridan o‘tishiga kamarbasta deb biladi. SHoirning o‘sha xususiyatga molik mana bu she’rini olib ko‘raylik:
Mo ba kucho, zuhdu ibodat kucho?
Mast kucho, taqviyu toat kucho?
G‘uncha ba zaxmastu dilam dardmand,
Dard kucho binu charohat kucho?
Az gulu sarvam digar, ey bog‘bon,
Dam mazan, on orazu qomat kucho?
Koni namak noyadam, ey dil, ba kor,
Go‘y, ki on koni malohat kucho?
Xonaqohi zuhd zi mo shud ba tang,
SHoh raxi dayri malomat kucho?
SHayx riyo, piri mug‘on may namud.
Zarq kucho, go‘yu karomat kucho?
Fony agar be tu naxohad hayot,
Kor chu sa’b omada, toqat kucho?47
Bu g‘azal, eng avvalo, vaznining musiqiy va ravonligi bilan e’tiborni o‘ziga qaratadi. Muallif tanlangan she’riy o‘lchovga mos tushadigan ohangdor so‘zlarni ham topa olgan. “Ibodat, toat, jarohat, qomat, malohat, malomat, karomat, toqat” so‘zlari qofiyadosh bo‘lib kelgan. Ushbu g‘azal yashovchanligini tayin etgan yana bir omil bor. U ham bo‘lsa shaklga to‘la mos tushuvchi mazmundir. Darhaqiqat, mazkur she’r sog‘lom g‘oyaviy mazmuni bilan ham katta qimmat kasb etadi. SHe’rning boshidan oxirigacha o‘sha san’at amal qiladi. SHu asnoda g‘azalda dunyoviy va diniy qarashlar bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi. SHoir muqobala san’atining go‘zal namunasini yaratib qo‘ygan. Muqobala “qarshi qo‘yish” ma’nosini ifodalaydi va she’r baytlarida bir-biriga zid tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni keltirib, ular vositasida muayyan bir g‘oya, fikrni ta’sirchan ifodalash san’ati sanaladi. Lirik qahramon – oshiq uchun dunyoda yagona sajdagoh bor – u mahbuba. O‘sha dilbar mahbuba vasliga etish uchun oshiq barcha to‘siqlarni engishga tayyor. SHuning uchun ham uning ko‘ziga na toatu ibodat, na zuhdu taqvo, na shayx ko‘rsatmasiyu xonakoh ko‘rinadi. Aslida oshiq bularga tarafdor ham emas. Uning uchun mayu mayxona, dardu jarohat afzal. SHoir shuni bila turib, so‘roq alomati bilan yuzlanib, tajohuli orifona san’atidan juda ustalik bilan foydalanadi:
Mo ba kucho, zuhdu ibodat kucho?
Mast kucho, taqviyu toat kucho?
G‘uncha ba zaxmastu dilam dardmand,
Dard kucho binu charohat kucho?
Oshiq o‘z yorini dildan sevadi, uni qadrlaydi. Oshiq uchun dunyodagi barcha nafosat ash’yolari uning mahbubasi qiyofasida mujassamlashgan. Bog‘dagi gulu sarvning nazokati yor jamolu qomati oldida hech gap emas. Malohat bobida ham oshiq aqidasi shunday; hatto tuz konidagi tam’ ham yor labi oldida ojizlik qiladi. Xullas, oshiq uchun yorsiz hayot lazzatsizdir. SHubhasiz, bunday dadil fikrlarning XVasrda aytilishi Alisher Navoiyda poetik jur’atning balandligidan dalolat beradi.
Muhimi shundaki, shu xususiyatga molik asarlar buyuk mutafakkir ma’naviy merosi uchun onda-sonda uchramaydi. Ular Navoiy-Foniy she’riy bisotining etakchi qismini tashkil etadi. An’anaga binoan, g‘azal janridagi asarlarning deyarli to‘qson to‘qqiz foizi ishq-muhabbat talqiniga qaratilgan bo‘ladi. Xuddi shunday holatni biz Alisher Navoiyning o‘zbek va fors-tojik tilidagi she’riyatida ham his etamiz. Aslida, g‘azalchilikdagi ana shunday an’ananing SHarq xalqlari badiiy so‘z san’atida uzoq asrlar davomida ustivor bo‘lib turishi ayrim takror va monandliklarning doyasidir. SHu ma’noda necha yuz yillar davomida, an’anaviy obrazlar, tashbeh va obrazli iboralar she’rdan-she’rga ko‘chib kelgan. Xuddi shunday monandlik, umuman, badiiy so‘z san’atida, jumladan, nazmiy asarlar bezagi bo‘lmish tasvir vositalarini qo‘llashda ham namoyon bo‘ladi. Sa’diy va Hofizlarning g‘azaliyotida qo‘llangan Maseho, sarv (qomat), gul (yuz), Xizr, shayx, zohid, Rind, Ag‘yor, g‘uncha, la’l, xonaqoh, maykada kabi talaygina obraz, tashbeh vositalari, tarixiy, afsonaviy, diniy shaxs va aqidalarning yillik tarixi bo‘lgan fors-tojik hamda o‘zbek adabiyotlari taraqqiyotining hamma davrlaridan topish mumkin. Modomiki, shunday ekan, badiiy ijod bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘zidan ma’naviy meros qoldirishga muyassar bo‘lgan har bir qalam sohibidan yangi uslub, batamom yangi kashfiyotlar, u yoki bu she’riy shakl takomili uchun qo‘shilgan qo‘shimchalar kutish amri mahol. Bunday deyish bilan biz necha yuz yillar davomida bunyod etilgan asarlarni bir-birining takrori ham demoqchi emasmiz, albatta. CHunki har bir ijodkor (agar u tom ma’nodagi talant sohibi bo‘lsa) adabiyot gulshaniga nimadir qo‘shishga intilgan. Bu intilishlar ko‘pincha ijobiy yakunlarga olib kelgan. Tabiatda jilg‘achalar irmoqlarni, irmoqlar tutashib yirik oqimni bunyodga keltirgani singari, adabiyotda o‘sha mayda-mayda uslubiy jilolar yakuni sifatida badiiy so‘z san’atidagi ijodiy oqimlar, u yoki bu janr takomilidagi jiddiy o‘zgarishlar vujudga keladi. Zero, taniqli tojik adabiyotshunosi R.Hodizodaning mana bu ta’kidi ham adabiy jarayondagi o‘sha hodisani e’tirof qilishi bilan qimmatlidir. “Men qasddan “hofizona” va jomiyona” deyman, deb yozadi prof. R.Hodizoda Navoiy-Foniy poetik merosiga bag‘ishlangan tadqiqotida, - zero, bu uslubiy mayl (Foniy she’rlarida Hofiz va Jomiy g‘azallaridagi ravonlik hamda poetik usullarning uchrashi ko‘zda tutiladi. –N.B.) garchi ularning nazmiy asarlarida ko‘p uchrasa-da, ularni shu san’atkorlargagina tegishli deb qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. CHunki bu hodisa g‘azal janri taraqqiyoti muayyan davrining mahsuli sifatida o‘rtaga kelgandir”48. SHunday ekan, Navoiy-Foniyning fors-tojik tilidagi she’riyati ustida mushohada yuritganda, masalaning ana shu tomonini hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Omad bahori dilkashu gulhoi tar shukuft,
Dilho az on nashot zi gul beshtar shukuft,
Dil az sabohati ruxi xubat kushoda shud,
Monandi g‘unchae, ki ba vaqti sahar shukuft.
Meoyad az guli chamani ishq bo‘i xun,
Go‘yo, ki g‘unchaho-i zi xuni jigar shukuft.
Gar xanda zad zi giryai chashmam, achab madon,
CHun abr ashk raxt guli toza bar shukuft.
Soqyo, bahor shud qadaham rez lab-balab,
Xossa, ki az shukufa chaman sar-basar shukuft.
Zon naxli noz xanda ba ushshoqu vasl ne,
Xamchun gule, ki az shajari besamar shukuft.
Fony, achab madon agar on gul shukufta ast,
Az ashki abrsoni tu bishukuft, agar shukuft49.
SHoir she’rning ibtidosidan intihosiga qadar tabiat va yor tasvirini yonma-yon tarzda olib boradi. G‘azalda qo‘llangan bunday tadbir undagi hayotiylik ruhini kuchaytirishga xizmat qilgan. Aytish lozimki, realistik maylning kuchliligi Alisher Navoiyning nafaqat ushbu she’rida, balki uning aksariyat asarlari uchun xos fazilatdir. Bahor – tabiatning erka fasli. Uning nafasidan tabiat uyg‘onadi, mavjudot harakatga keladi. Daraxtlar kurtak tugadi, qushlar nag‘ma boshlaydi. Ariqlar suvga to‘lib oqadi. Alisher Navoiy ana shunday dilkash manzaraning maftuni bo‘lib, uni she’rga soladi, shu xush manzaradan o‘zi ololgan katta nafosat va zavqni kitobxonlari bilan birga baham ko‘radi. Qizig‘i shundaki, shoir bahor fasli va ishq dardi o‘rtasida yaqinlik ko‘radi. SHuning uchun ham satrlarda ana shu ikki tuyg‘u uyg‘otgan his-hayajon yonma-yon yoritiladi. Buning uchun parallelizm, o‘xshatish, jonlantirish kabi vositalar to‘la mos tushgan. Lirik qahramon atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatadi, tabiat yaratgan manzaradan sarmast bo‘lib, zavqu-shavqqa to‘ladi, dili gul-gul ochiladi. Biroq bunday shavqangez lahzalar uzoqqa cho‘zilmaydi. SHoir tabiatning nafis manzarasini chizishga xotima beradi. Buning evaziga uning ijtimoiy mohiyatini ochish, shu vositalar yordamida davri jarohatlarini qalamga olish yo‘lidan boradi. Alisher Navoiy – hassos ijodkor. SHuning uchun shoirning asarlarida hayot haqiqati bilan badiiy haqiqat muvozanati masalalariga jiddiy e’tibor qilinadi. SHoir lirik qaxramon – oshiq dilining ochilishini g‘unchaning gulga aylanishiga qiyoslab, tashbehning go‘zal namunasini insho etadi.
Dil az sabohati ruxi xubat kushoda shud,

Download 173.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling