Tadqiqotning maqsadi: O‘smirlar delinkvent xulqi psixologik omillarini o‘rganish.
Tadqiqotning obyekti: Toshkent shahar Olmazor tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 226-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 8, 9 sinf o‘quvchilari 96 nafar respondent ilmiy tadqiqot ishi uchun obyekt sifatida ajratib olindi.
Tadqiqotning predmeti: O‘smirlar xulqida yuzaga keluvchi delinkventlik va tajovuzkorlik xususiyatlari.
Tadqiqotning vazifalari: Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib biz, quyidagi qator vazifalarni belgilab oldik: kalajak avlodni boy ma’naviy xamda ilmiy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol to‘ptirishda o‘smirlar xulq – atvoriga oid psixologik bilimlardan foydalanish;
muammoning dolzarbligi, yangiligi, ilmiy farazni asoslash;
tadqiqotga oid psixologik metodlarni aniqlash;
mavzu bo‘yicha G‘arb va Sharq mutafakkirlarini qarashlarini o‘rganish;
xulq – atvoriga oid nazariyalarni tahlil qilish;
xulq – atvorning namoyon bo‘lishining empirik materiallar asosida amaliy tahlil qilish;
olib borilgan tadqiqot yuzasidan xulosa va tavsiyalar berish;
foydalanilgan adabiyotlarni jamlab, adabiyotlar ro‘yxatini tuzish;
Ilmiy tadqiqot ishi tarkibiga kiritilmagan materiallarni tartibga keltirib ilovaga berish.
Dissertatsiya ishining metodologik asosi - O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124 sonli Qarori, «Sog‘lom avlod», «Yoshlar yili» va «Barkamol avlod» Davlat dasturlari shuningdek, E.G‘G‘oziev, Sh.Do‘stmuhamedova, Z.Nishanova, Sh.Alimbaeva, Z.Sherimbetova, L.S.Vigotskiy, I.P.Pavlovlarning xulq – atvor xaqidagi nazariyasi tashkil etadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: O‘smirlar delinkvent xulqining psixologik omillari ilmiy ishlanganligi va amaliy tadqiq etilganligidir .
Do'stlaringiz bilan baham: |