Ilmiy rahbar: p f. d., prof Ruxiyeva X. A toshkent – 2023 mundarija


Download 347.18 Kb.
bet5/21
Sana19.06.2023
Hajmi347.18 Kb.
#1614783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
01.Magistrlik dissertatsiyasi

Tadqiqotning ilmiy farazi: o‘smirlar delinkvet xulqining psixologik omillari, ular o‘zaro munosabatlarda tajovuzkor va g‘ayratlilik hamda namoyishkorlik xususiyatlarini namoyon qilishlari psixologik omillarga bog‘liq bo‘lib, bu xususiyatlar ijtimoiy muhit oila va tarbiya negizi ta’sirida shakllanadi. Bizning farazimiz bo‘yicha o‘smirlar xulqidagi delinkventlikni, nomoyishkorlik, tajavuzkorlikni oldini olish hamkorlik pedagogikasi bo‘yicha amalga oshirish mumkin.
Tadqiqotning metodlari: kontent analiz (tadqiqot muammosi bo‘yicha psixologik va pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va taxlil qilish); test metodi (Ayzenkning “O‘zining psixik holatlarini baholash” metodikasi”dan hamda, G.S. Nikiforov, V.K. Vasilev, S.V. Firsovlarning “Emotsional soha, faoliyat va xulq atvorda o‘z-o‘zini nazorat qilish ifodalanganligi so‘rovnomasi”, G.Shmishekning “Shaxsdagi xarakter aksentutsiyasini turlarini tashxislash” uchun mo‘ljallangan so‘rovnomasi) matematik-statistik metodlar.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Tadqiqotda olingan natijalar “Umumiy psixologiya”, “Ontogenez psixologiyasi”, “Muloqot psixologiyasi”, ”Konsultativ psixologiya va psixokorretsiya”, “Psixodiagnostika”, “Eksperimental psixologiya va praktikum” kabi psixologiya tarmoqlarini ma’lumotlar bilan boyitadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Tadqiqot davomida to‘plangan ma’lumotlar ichki ishlar xodimlari, yoshlar tashkiloti еtakchilari, maktab psixologi, mahalla, makab o‘qituvchisi, umuman olganda faoliyati o‘smirlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kasb egalari faoliyatida amaliy jihatdan ahamiyatli.
Ishning tuzilishi: Disertatsiya ishi 3 bob, 7 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat .


I BOB O‘SMIRLAR DELINKVENT XULQINI O‘RGANISH PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA
1.1 . Delinkvent xulq tushunchasi mohiyati va uning yuzaga kelishining psixologik sabablari
Deviant xulq-atvor (og‘ma xulq- atvor) tushunchasi. Jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to‘siq bo‘luvchi meyordan og‘ish holatlari ham mavjud bo‘lib, sotsiologiyada bu narsa «Deviantlik holatlari», undan tugiluvchi xulq atvorni «Deviant xulq-atvor» deb nomlanadi.4 Deviant xulq-atvor jamiyatda o‘rnatilgan ahloq meyorlarga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti- harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, og‘irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, oz joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.5
Delinkvent xulq-atvori - deviantlikdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning assotsial hulq-atvori bilan xarakterlanadi. Bu xulqiy harakatlarda huquqiy me`yorlarni bola buzib o‘tsada, biroq huquqiy, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Sababi cheklangan ijtimoiy xavfli yoki bola jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga еtmagan xisoblanadi. Deviant so‘zi - lotincha “deviantio” so‘zidan olingan bo‘lib, chekinish, buzilish degan ma’noni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o‘rnatilgan ahloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat ijtimoiy xodisadir. Ma’lumki, zamonaviy G‘arb sotsiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko‘p tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bo‘lish turi jinoyatchilik bo‘lib, ijtimoiy me’yorning buzilishi sifatida ushbu xodisa fanda juda qadimdan o‘rganilgan.
Deviant so‘zi - lotincha “deviantio” so‘zidan olingan bo‘lib, chekinish, buzilish degan ma’noni anglatadi.6 Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o‘rnatilgan ahloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy xodisadir. Ma’lumki, zamonaviy G‘arb sotsiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko‘p tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bo‘lish turi jinoyatchilik bo‘lib, ijtimoiy me’yorning buzilishi sifatida ushbu xodisa fanda juda qadimdan o‘rganilgan.
Deviant xulq atvor - bu muayyan jamiyatda qabul qilingan huquq va ahloq me’yorlaridan chetga chiqishdir.7
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib pozitivistik maktab shakllanishi bilan, jinoyatchilikni ham sababiylikda o‘rganuvchi ta’limotlar paydo bo‘la boshladi. Jumladan, italiyalik psixiatr Ch. Lombrozo Italiya qamoqxonalaridagi 14 ming maxbus ustida tekshirish olib borib, “jinoyatchilar tug‘ma bo‘lishadi” degan xulosaga keldi. Uning shogirdi E.Ferri jinoyatchilik sotsiologiyasi asarida ushbu omilga qo‘shimcha ravishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillarni ham ko‘rsatadi. Keyinchalik ushbu ta’limotlar turli tanqidlarga uchragan bo‘lsada, hozirgi kungacha ham G‘arb sotsiologiyasining ba’zi namoyondalari ushbu ta’limotning u yoki bu yo‘nalishlarini rivojlantirib kelishmoqda. Ularning ta’limotlariga ko‘ra ichki sekretsiya bezlari, aqliy rivojlanganlik darajasi, xromosomalarning tuzilishi va irsiy sabablar jinoyatchilik va shu kabilarni tug‘ma yoki biologik omillarni shakllanishiga ta’sir qiladi.
Delinkvent xulq atvor - deviantlikning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, bunday hatti-harakat odatda sho‘xlik va ko‘ngil xushlik harakatlarida namoyon bo‘ladi.8 Masalan, o‘smir ko‘p qavatli uy balkonifan turib yo‘lovchilarga og‘ir predmetlarni uloqtirishi va bundan lazzatlanishi mumkin. Bunday hatti-harakatlar bora-bora deviantlikning og‘irroq ko‘rinishi kriminallikka o‘tib ketishi mumkin.
Professional jinoyatchilik - jinoiy faoliyat bilan muntazam mashg‘ul bo‘lish, bu sohada o‘ziga yarasha ko‘nikmalarni va jinoiy aloqalarni shakllantirish. Bunda jinoyat subyekt tomonidan noqonuniy daromadga ega bo‘lishning yagona manbai sifatida qaraladi. Uyushgan jinoyatchilik oddiy biznesga o‘xshagan faoliyat bilan bog‘liq, biroq uning mazmuni qonunga xilof bo‘ladi. Tashkiliy jinoyatchilik - qudratli biznes bo‘lib, uni iqtisodiy faoliyatning har qanday yirik sohasi, masalan avtomobil sanoati bilan qiyoslash mumkin. Milliy va lokal jinoiy tashkilotlar ommaviy iste’molchilarga qonun tomonidan man etilgan tovarlar va xizmatlarni taklif etishadi. Ba’zi kriminal tuzilmalar esa transnatsiolnal hisoblanishadi. Uyushgan jinoyatchilik o‘z ichiga boshqalar bilan bir qatorda, qimor o‘yinlari, fohishabozlik, yirik miqyosdagi o‘g‘irliklar, va reket kabilarni qamrab oladi.
Hozirgi kunda o‘smirlar orasida deviant fe’l-atvorni o‘sishi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. O‘smirlar ko‘pincha chetga og‘uvchi hatti-harakatlarni ongsiz ravishda, behosdan qiladilar. Shuning uchun ularning ko‘pchiligi qilgan ishlarini mohiyatini anglab еtmaydi, o‘z xatosini, aybini ko‘rmaydi. So‘rovlar natijasiga ko‘ra, o‘smirlarni ko‘pchiligi o‘z jinoiy ishlarini sababini tashqi shart-sharoitlardan qidiradilar, tashqi dunyoni ayblaydilar, so‘ralganlarni to‘rtdan bir qismi o‘xshash vaziyatda har biri shuday hatti-harakat qilishini aytib o‘tganlar.
O‘smirlarni hatti-harakatida chetga og‘ish hollarini asosida sotsial-madaniy ehtiyojlarni rivojlanmaganligi, ma’naviy dunyoni yеtishmovchiligi yotadi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, yoshlar deviatsiyasi jamiyatdagi sotsial munosabatlarni aks ettishidir. Chetga og‘uvchi fe’l-atvor sabablarini topish, sotsial yordam tizimini tashkil qilish, tushuntirish tarbiya ishlarini olib borish bo‘yicha yaxshi o‘ylangan, maqsadli yo‘naltirilgan ishlar qilish kerak. Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu - oiladir. Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishdan sog‘lom oila muhitini o‘rni kattadir. Qolaversa, inson hatti-harakati va xulq-atvori, faoliyatini ta’lim muassasalari, mahalla, mehnat jamoasi, umumdavlat miqyosida esa qonunni himoya qilish organlari (sud, prokuratura, militsiya) ham nazorat qilib boradi va ushbu shaxsga nisbatan ijtimoiy nazorat institutlari vazifasini bajarishadi.9
O`smir yoshida (12–17 yosh)gi qonunbuzarlik harakatlari anchagina anglangan va ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu yosh uchun “odatiy” buzilishlar — o‘g‘il bolalarda — o`g‘rilik va bezorilik qizlarda — o`g‘rilik va fohishabozlik bilan bir qatorda yangi shakllar ham keng tarqaldi — giyohvand moddalar va qurol bilan savdo-sotiq qilish, reket, qo`shmachilik, muttahamlik, biznesmen va xorij fuqarolariga tashlanish. 1998 yili 190 mingga yaqin voyaga еtmagan jinoyatchilar (qonunni buzuvchilarning umumiy sonini 10 foizi) ro`yxatga olingandi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda o`smirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning katta qismi guruh bo`lib amalga oshirilgan. Guruhda jazodan qo`rquv pasayadi, tajovuz va shafqatsizlik keskin kuchayadi, o`ziga va sodir bo`layotganlarga nisbatan tanqid susayadi. Guruhli qonunbuzarlik axloqining birmuncha yuqori ko`rsatkich namunasi futbol matchidan keyin yoshlar ko`pchilikni tashkil etuvchi ishqivozlarning “sayri” hisoblanadi.10
O‘smir xulq-atvorida ro‘y beruvchi “og`ishlar” psixopatologik sindromlar (bir qancha-simptomlar yig`indisi)ning, yaqqol ko‘zga tashlanuvchi belgilari quyidagilardan iborat:
Asabiylashish belgilari — tajanglik, intizomsizlik, o‘qituvchilarga qo‘pollik, urishqoqlik, chekishga ruju qo‘yishlik, toksik moddalardan goho foydalanib turishlik, maktabdan qochishlik.
Disforik o‘zgaruvchanlik belgilari — to‘satdan kayfiyatning buzilishi, larzaga kelishi, affektiv, ya`ni hissiy zo‘riqishdan forig`lik, ruhan еngillashish, tajovuzkorlik, bo‘zg`unchilik.11
O‘smirlar oiladagi noto‘g`ri tarbiya, xususan nosog`lom munosabatlarning zarbasiga duchor bo‘ladilar. Ushbu munosabatlarga nisbatan shaxsiy mulohaza, o‘ziga xos “reaktsiya” zamirida ularning ruhiyati va ma`naviyatida turli xil kechinma, intilish, xohish, istak, hadiksirash hislari o‘z ifodasini topadi.
Delinkvent xulq-atvori – deviantlikdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning assotsial xulq-atvori bilan xarakterlanadi. Bu xulqiy harakatlarda huquqiy me’yorlarni bola buzib o‘tsada, biroq huquqiy, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Sababi cheklangan ijtimoiy xavfli yoki bola jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga еtmagan hisoblanadi.
Delinkvent xulq-atvorda: asosan inson shaxsiga qarshi agressiv-zo‘ravonlik xulqi, haqorat, janjalkashlik, o‘t qo‘yish, sadistlik harakatlari ajralib turadi.
Delinkvent (lotin tilidan delinqveng-huquqbuzar)-xulqiy og‘ishgan sub’ekt, o‘z harakatlarida jinoiy jazolanadigan faoliyatlarni amalga oshiradi.
G‘arazli xulq-atvor, o‘zida mayda o‘g‘rilik, bosqinchilik, talochilik, avtotransportni o‘g‘irlash va boshqalarni amalga oshirib, moddiy manfaat ko‘rinishning ilinjida mulkiy tajovuz qilishdan iborat. O‘smirlarda deviant xulq-atvor sabablari. Inson taraqqiyoti ko‘pgina omillar o‘zaro ta’siri bilan asoslanadi: irsiy avloddan-avlodga o‘uvchi, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati kabilarga bog‘liq. Voyaga еtmaganlarning deviant xulq-atvorini asoslovchi asosiy omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
1. Biologik omil. Bola organizmini noqulay fiziologik yoki anatomik xususiyatlari mavjud bo‘lib, uni ijtimoiy moslashuvini qiyinlashtiradi. Bularga: 
- genetik, avloddan avlodga o‘tuvchi xususiyatlar. Ularga aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishda nuqsonli bo‘lganlar, asab sistemasining buzilishi kabilar kiradi. Bunday bolalar hali ona qornidayoq noto‘g‘ri ovqatlanish, onaning ichkilikbozlik, chekishga ruju quyishi, onaning kasallanishi (jismoniy va psixik jarohatlar, surunkali yuqumli kasalliklari); irsiy kasalliklarning ta’siri, ayniqsa, irsiylik, alkogolizm ta’sirida bo‘ladilar;
- inson organizmiga ta’sir etuvchi psixo-fiziologik og‘ir tashvishlar, janjalli vaziyatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, energiyaning yangi turlari, somatic , allergik kasalliklari turlari olib kelishiga sabab bo‘ladi.
- fiziologik, o‘z tarkibiga nutqdagi nuqsonli, tashqi qiyofadagi nuqsonlar, konstituttsion-somatik nuqsonlar sababli atrofdagilar bilan munosabatda negativ holatlarni yuzaga keltiradi va shaxslararo munosabatda bolaning o‘z tengdoshlari, jamoa o‘rtasidagi chekkaga chiqish, turtilishga olib keladi.
2. Psixik omil. Bola psixopatologiyasida yoki aktsentuatsiyasida (haddan tashqari zo‘riqish) xarakterining alohida xususiyati bilan ifodalanadi. Bu hulqiy og‘ishganlik bola asab-ruhiy kasalliklar psixopatiya, nevrosteniya bilan xastalanganligi orqali vujudga keladi. Aktsentuirlashgan xarakter xususiyatiga ega bo‘lgan bolalar turli psixologik ta’sirlarga o‘ta sezgir, psixik me’yorning eng chetki turi bo‘lib, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj va tarbiya xarakteridagi chora-tadbirlarning ko‘rilishini talab etadigan bolalardir.
3. Ijtimoiy-pedagogik omillar. Oila, maktab va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo‘ladi. Bu omil bolani erta ijtimoiylashuvdan og‘ishganlikka, bolalik davridayoq maktabda o‘zlashtirmovchilik tufayli maktab bilan aloqaning uzilishi (pedagogik bo‘sh qo‘yish) olib keladi. O‘smirda maktabga bo‘lgan ongli ravishda qiziqishning shakllanmasligi motiviga sabab bo‘ladi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishidagi og‘ishganlik omillarga yomon oilalar sabab bo‘ladi. Shunday oilaviy o‘zaro munosabatlar usullari mavjudki, ular voyaga еtmaganlarning assotsial xulq-atvorining shakllanishiga olib boradi:
1. Tarbiyaviy va oilaning ichki munosabatlarining disgarmonik usuli. Bu usul o‘zida bir tomondan, bola istaklariga ko‘ra bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bolaning janjalli vaziyatlarga yoki oilada ikki xil axloqiy qarash mavjudligi: oila uchun boshqa, jamiyat uchun umuman boshqacha bo‘lgan tarbiyaviy holatlar.
2. Barqaror bo‘lmagan, janjalli usul noto‘liq oilalarga tarbiyaviy ta’sir etuvchi, er-xotin ajralishi, ota-ona va bolalar uzoq muddat alohida yashashlari sababli yuzaga keladi.
3. Munosabatlarning assotsial usuli yomon tashkil etilgan oilalarda, doimiy spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlikka berilish, axloqsizlik, ota-onaning jinoyatchilik xulq-atvori, “oilaviy qahri qattiqlik” va zo‘ravonlik kabi illatlarda yuzaga keladi. Qahrli munosabatlar (haqorat, xo‘rlash) deb bolaga g‘amxo‘rlik qiluvchi, qaramog‘iga olgan odamlar tomonidan zarar еtkazilishining ko‘pgina harakatlariga aytiladi. Bu harakatlarga bolala jismoniy zarar еtkaziluvchi jismoniy, emotsional (hissiy), jinsiy qiynoqlar bilan azoblash, ko‘p takrorlanuvchi noo‘rin jazolar kiradi. Qahrli munosabatlarga bolalar uyda, oilada, ko‘chada, maktabda, bolalar mehribonlik uylarida, kasalxona va boshqa bolalar muassasalarida duch kelishlari mumkin. Shunday holatlardagi bolalar, xavfsizlik hissini sezmaydilar. Ularning me’yoriy rivojlanishida bu hissiyotning ahamiyati katta. Bu esa bolalaga uni o‘zi haqida, men yomonman, hech kimga kerakmasman, sevimli emasman deb o‘ylashlariga sabab bo‘ladi. Qahrli munosabatlarning har qanday turi bola sog‘lig‘iga katta zarar еtkazadi. Uning hayoti va ijtimoiy moslashuvchanligida xavf tug‘diradi.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlikka sabab bo‘ladi. Jamiyatni boy va kambag‘allar, jamiyat uchun eng ahamiyatli aholining kambag‘allashuvi, ishsizlik kabi qatlamlarga ajratadi. Ijtimoiy qabul qilingan halol ish haqqini (qonuniy) olish usullarining cheklanishi, inflyatsiya va ijtimoiy tartibbuzarlikka olib keladi.
5. Axloqiy-ma’naviy omillar. Hozirgi davrning jamiyatda bir tomondan ma’naviy axloqiy darajaning pasayishi bo‘lsa, qadriyatli, birinch navbatda axloqiy xulqning buzilishi, boshqa tomondan, jamiyatning neytral munosabatlarida deviant xulq-atvor munosabatlarida yuzaga kelishiga olib keladi. Bugungi dunyoda, deviant xulq-muammo ayniqsa dolzarbdir. Iqtisodiy tengsizlik, katta globallashuv, axborot kirish, demokratiya rivojlanishi, shuningdek, ijtimoiy voqealar tez-tez o‘spirin salbiy reaktsiyaga sabab adolatsizlikka qarshi yosh isyonchilar, belgilangan yoki axloqiy tamoyillar tomonidan tayinlangan. Ko‘pincha, bu norozilik nafaqat yosh, "inqilobiy" uchun zararli bo‘lgan, ayniqsa xavfli shakllaridan, balki butun jamiyat aylanadi.12
O‘smirlar o‘rtasida deviant xulq-bu ikki shakllari boshqalardan ko‘ra ko‘proq tez-tez uchraydi. Alkogolizm - ularning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga tahdid voyaga еtmaganlar tomonidan spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste'mol, patologik giyohvandlik qaramligini sabab bo‘ladi, genetik moyillik, tug‘ma sindromi, individual shaxs xususiyatlari, salbiy atrof-muhit, qiziquvchanlik: bir qancha sabablari bor. Spirtli ichimliklarni salbiy ta'siridan uni saqlab qolish uchun tez kompaniyasi xavf kelgan bolani chiqarib normal do‘stlar topish kerak bo‘ladi.
Deviant xatti-harakatlarining oldini olish, ularning ijtimoiy mavqeidan, dinidan, ta'lim darajasidan va boshqa omillardan qat'i nazar aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak. Asosiy vazifa - o‘smir va uning ota-onasi o‘rtasida ishonchli munosabatlarni o‘rnatish. Faqatgina muammoga duch kelganda, talaba shubhali sherigiga emas, balki ota yoki onadan yordam so‘rashiga amin bo‘lishingiz mumkin.13 Deviant so‘zi - lotincha deviantio sozidan olingan bolib, chekinish, buzilish degan manoni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda ornatilgan ahloq meyorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy xodisadir.Malumki, zamonaviy Garb sotsiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng kop tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bolish turi jinoyatchilik bolib, ijtimoiy meyorning buzilishi sifatida ushbu hodisa fanda juda qadimdan o‘rganilgan.

Download 347.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling