Ilmiy rahbar: p f. d., prof Ruxiyeva X. A toshkent – 2023 mundarija


*** Bezovtalik 1,846 ,002**


Download 347.18 Kb.
bet12/21
Sana19.06.2023
Hajmi347.18 Kb.
#1614783
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
01.Magistrlik dissertatsiyasi

,000***

Bezovtalik

1,846

,002**

Frustratsiya

2,274

,000***

Agressivlik

1,078

,017*

Rigidlik

1,549

,006**

Gipertim

1,991

,001***

Xavotirlanuvchi

1,651

,009**

Distim

1,377

,045*

Pedant

1,698

,195

Qo‘zgaluvchan

2,247

,000***

Emotiv

1,554

,016*

Rigid

1,812

,003**

Namoyishkor

1,376

,045*

Sikloid

2,031

,001***

Ekzaltr

2,606

,000***

Tadqiqotimizda G.S. Nikiforov, V.K. Vasilev, S.V. Firsovlarning Emotsional soha, faoliyat va xulq atvorda o‘z-o‘zini nazorat qilish ifodalanganligi so‘rovnomasi bo‘yicha emotsional sohadagi o‘z-o‘zini nazorat qilish shkalasi ( =1,875; p<0,01), faoliyatdagi o‘z-o‘zini nazorat qilish ( =2,042; p<0,001), ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish ( =2,187; p<0,001) hamda Ayzenkning “O‘zining psixik holatlarini baholash” metodikasi natijalari bezovtalik shkalasi bo‘yicha ( =1,846; p<0,01), frustratsiya ( =2,274; p<0,001), rigidlik ( =1,549; p<0,001) normal taqsimlanishga agressivlik shkalasi ( =1,078; p<0,05) va G.Shmishekning shaxsdagi xarakter aksentutsiyasini turlarini tashxislash uchun mo‘ljallangan so‘rovnoma o‘tkazilgan bo‘lib ushbu metodika natijalari quyidagicha Gipertim ko‘rsatkichi bo‘yicha ( =1,991; p<0,001), qo‘zg‘aluvchan ko‘rsatkichi ( =2,247; p<0,001), rigid ko‘rsatkichi ( =1,812; p<0,01) sikloid ( =2,031; p<0,001), ekzaltr ( =2,606; p<0,001), xavotirlanuvchi ko‘rsatkich ( =1,651; p<0,01), emotiv tipi ko‘rsatkichi ( =1,554; p<0,05), distim tipi ko‘rsatkichi ( =1,377; p<0,05), namoyishkorona tipi ko‘rsatkichi ( =1,376; p<0,05) normal taqsimlanish qonuniga mos kelmadi demak bu shkalani biz noparametrik me’zonlar orqali tahlil qilamiz hamda Mann Uitni, Vilkokson, Spirman, Krusskal Uollis me’zonidan foydalanishimiz maqsadga muvofiq.


Pedant tipdagi ko‘rsatkich ( =1,698; p>0,05) esa normal taqsimlanish qonuniga mos keladi.
O‘smirlik davri aqliy va shaxsiy rivojlanishning muhim bosqichidir. Intellektual, rag‘batlantiruvchi va hissiy-irodaviy sohalarni rivojlantirish, o‘z-o‘zini anglashni shakllantirishda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradigan davrdir. O‘smirlik davri o‘tish davri, murakkab, qiyin, tanqidiy davr sifatida tavsiflanadi. Ko‘pincha bu og‘ir boshdan kechiriladi, bu esa voyaga еtmaganlarning xatti-harakatlarida ularning xarakteridagi tiplardagi og‘ishlarni keltirib chiqaradi: qonun buzarliklarda faol qatnagshish, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalarni iste’mol qilish, o‘smirlarning teatrlashtirilgan suitsid ularning turli guruhlarga, submadaniyatlarga qo‘shilishida ko‘rinadi.
Tadqiqotimizning vazifalariga ko‘ra biz yuqorida olingan natijalarimizga asosan noparametrik mezonga mosligini ko‘rib chiqdik va keyingi ishlarimizda bu natijalarni jins, yosh hamda o‘smirlarning norma va delinkvent ko‘rsatkichlarida tahlil qilishimiz maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra G.S. Nikiforov, V.K. Vasilev, S.V. Firsovlarning Emotsional soha, faoliyat va xulq atvorda o‘z-o‘zini nazorat qilish ifodalanganligi so‘rovnomasining ko‘rsatkichlari o‘rtasida o‘smirlarning yoshlarida (14-15) ishonchli tafovutlar kuzatildi.
3.2 -jadval
Emotsional soha, faoliyat va xulq atvorda o‘z-o‘zini nazorat qilish ifodalanganligi” (G.S.Nikiforov, V.K.Vasilev, S.V.Firsov) so‘rovnomasi, “O‘zining psixik holatlarini baholash” (Ayzenk) metodikasi, “Shaxsdagi xarakter aksentuatsiyasining turlarini tashxislash” (G.Shmishek) so‘rovnomasinig Mann-Uitni U-mezoni bo‘yicha yosh tahlili



Ko‘rsatkichlar

yoshi

N

O‘rtacha rang

U

P

Emotsional sohadagi o‘z-o‘zini nazorat qilish

14

45

66,30

-5,888



,000***

15

51

32,79

Jami

96




Faoliyatdagi o‘z-o‘zini nazorat qilish

14

45

69,36

-6,899



,000***

15

51

30,10

Jami

96




Ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish

14

45

67,98

-6,443



,000***

15

51

31,31

Jami

96




Bezovtalik

14

45

49,33

-,279



,781

15

51

47,76

Jami

96




Frustratsiya

14

45

48,69

-,064



,949

15

51

48,33

Jami

96




Agressivlik

14

45

48,44

-,018



,985

15

51

48,55

Jami

96




Rigidlik

14

45

46,80

-,566



,571

15

51

50,00

Jami

96




Gipertim

14

45

48,37

-,045



,964

15

51

48,62

Jami

96




Xavotirlanuvchi

14

45

49,68

-,399



,690

15

51

47,46

Jami

96




Distim

14

45

46,99

-,510



,610

15

51

49,83

Jami

96




Qo‘zgaluvchan

14

45

47,88

-,214



,830

15

51

49,05

Jami

96




Emotiv

14

45

49,66

-,388



,698

15

51

47,48

Jami

96




Rigid

14

45

50,06

-,527



,598

15

51

47,13

Jami

96




Namoyishkor

14

45

49,86

-,456



,648

15

51

47,30

Jami

96




Sikloid

14

45

49,56

-,363



,716

15

51

47,57

Jami

96




Ekzaltr

14

45

49,33

-,293



,769

15

51

47,76

Jami

96




Emotsional sohadagi o‘z-o‘zini nazorat qilish shkalasida (U=-5,888; p<0,001), faoliyatdagi o‘z-o‘zini nazorat qilish (U=-6,899; p<0,001), ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish (U=-6,443; p<0,001) ko‘rsatkichlarda 14 yoshli o‘smirlarda yuqori ekanligi 15 yoshli o‘smirlarda past ekanligini aniqlandi.



3.4-rasm. Emotsional sohadagi o‘z-o‘zini nazorat qilish shkalasida yosh tahlili

Shaxsning hissiy emotsional sohasi uni ongi va irodasi kabi muhim va dolzarb xisoblanadi, chunki ushbu soha inson fikridan ongidan kam emas. Hissiyotlarga ega bo‘lish, hissiyotga bo‘ysunish, uni boshqa xulq-atvor shakllari bilan bog‘lash, uning maqsadga yo‘naltirilganligi va emotsional sohani boshqarish o‘smirning va nafaqat o‘smir balki shaxsning barcha xulvq atvor shakllariga, tarbiya jarayoniga shaxs shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.41


O‘smir o‘z-o‘zini anglash jarayoni rivojlanishi bilan o‘zining emotsional holatini aks ettira oladi va uning xatti-harakatlarini tartibga soladi, lekin bu ushbu davr uchun juda murakkabdir. O‘smirlik davrida emotsional holatlarni tartibga solish mexanizmi rivojlana boshlaydi.42
O‘smirlik davrida ko‘plab bolalar (albatta, hammasi emas) hissiylik, impulsivlik, tajovuzkorlik, isyonkorlik va kattalar dunyosiga qarshilik ko‘rsatish tendensiyasi bilan ajralib turadi. Bu yoshda o‘zini tuta olmaslik eng oldindan aytib bo‘lmaydigan va zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ko‘plab psixolog olimlar o‘smirlikni shaxsiy o‘zgarishlar, hissiy qo‘zg‘alishlar davri, shaxs rivojlanishidagi ziddiyatli davr sifatida tavsiflaydilar. Boshqa tomondan, o‘smirlarning hissiy moslashuvchanligini qo‘zg‘atadigan ko‘plab omillar mavjud. O‘smirlar bolalar yoki kattalar kabi muomala qilganda noaniqlik holatini boshdan kechirishadi. Bir tomondan, ular o‘smirni bola kabi ko‘p jihatdan cheklashga moyildirlar, boshqa tomondan, kattalarning talablari ortib boradi va ular ulardan kattalarning ishonchli xatti-harakatlarini kutishadi. Bunday nomuvofiqlik o‘smirning ongida tushunmovchilikni keltirib chiqaradi.
O‘smirlik davridagi hissiy kompetensiyaning rivojlanishi hissiy farovonlikka va u uning ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lib, empatiya qobiliyatini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi hamda o‘z his-tuyg‘ularini shuningdek boshqa odamlarning his-tuyg‘ularini o‘zini o‘zi boshqarishni farqlash qobiliyati muhim xisoblanadi. Hissiy barqarorlik shaxs rivojlanishining muhim jihatlaridan biri va u psixologik еtuklik ko‘rsatkichidir. Emotsional tartibga solish rivojlanishining ontogenetik xususiyatlaridan tashqari, muloqotda hissiy o‘zini o‘zi boshqarishning namoyon bo‘lishini tavsiflash kerak. Avvalo, hissiyotlar va shaxslararo munosabatlar o‘rtasida bog‘liqlik mavjud.
Hissiy barqarorlikning namoyon bo‘lishining muhim jihatlaridan biri bu asabiy vaziyatlarga, shu jumladan noqulay aloqa sharoitida adekvat qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir. Bu darajaning oshishiga olib keladigan asabiylashtiruvchi jihat tashvish, tajovuzkorlik, o‘ziga shubha qilish, muvaffaqiyatsizlik qo‘rquvi xisoblanadi.
Shaxsning hissiy sohasining rivojlanishi ichki va tashqi omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan murakkab jarayondir. Ichki ta’sir qiluvchi omillari irsiyat bo‘lsa, tashqi ta’sir omillari ijtimoiy muhitdir.
Tadqiqotchilar hissiy barqarorlikning rivojlanishini inson psixikasining boshqa sohalari masalan, motivatsion soha, kognitiv soha (intellektual hissiyotlar) va xulq-atvorni ixtiyoriy tartibga solish bilan bilan bog‘liqligini ta’kidlaydilar.
Bolaning shaxsining rivojlanishiga oila ham tashqi omillar ham ta’sir qiladi. Oilaviy munosabatlar bola shaxsini shakllantirish va rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri bo‘lib, bundan tashqari, ular inson tug‘ilgan paytdan boshlab uchrashadigan ijtimoiy munosabatlarning birinchi o‘ziga xos modelidir. Oilaviy tarbiya bolaning shaxsiyatini har tomonlama rivojlantirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojlarini qondirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga yordam beradi.43 Tadqiqotimiz natijalaridan ko‘rinib turibdiki 14 yoshli o‘smirlarda aynan emotsional o‘z o‘zini boshqari va nazorat qilish ko‘rsatkichi yuqori ekanligi ko‘rishimiz mumkin. 15 yoshli o‘smirlarda ushbu ko‘rsatkich ancha pasayishini ko‘rishimiz mumkin. O‘smirda o‘z-o‘zini nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan miya sohasi hali еtarlicha kuchli bo‘lmagan bo‘lsa, unda jinsiy gormonlar ta’sirida limbik tizim, aksincha ular juda faollashadi. Aynan shu bo‘shliq tufayli o‘smir doimo yangi his-tuyg‘ularni qidiradi, oqibatlari haqida o‘ylamasdan xavfli xatti harakatlar qiladi, haddan tashqari o‘z hissiyotni namoyon qiladi.
Keyingi tahlilimiz faoliyatdagi o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘lib ushbu ko‘rsatkich o‘smirning yoshi o‘rtasida farqlar aniqlandi. 3.5-rasm


Download 347.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling