Ilmiy raxbar: Sh. Jo’rayev Qo‘qon-2023 Mundarija Kirish Asosiy qism


Download 258.84 Kb.
bet1/10
Sana11.05.2023
Hajmi258.84 Kb.
#1453040
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AbdullayevaN01.21Funksiya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA KAFEDRASI

60110600-MATEMATIKA VA INFORMATIKA TA’LIM YO‘NALISHI
01/21-guruh talabasi
Abdullayeva Nulizar Valijon qizi
MATEMATIK ANALIZ FANIDAN
“Tabiatda, texnikada, iqtisodda funksiyalar”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

KURS ISHI



Ilmiy raxbar: Sh. Jo’rayev

Qo‘qon-2023


Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………...….3
Asosiy qism:
1-§. Funksiya tushunchasi……………………………………………………….....5
2-§. Tabiatda funksiyalar………………………………………………………...…9
3-§. Texnikada funksiyalar……………………………………………………..…14
4-§. Iqtisodda funksiyalar………………………………………………………....21
Xulosa…………………………………………………………………………….28
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….30
Kirish

Mamlakatimizda ilm-fan rivojiga alohida e`tibor qaratilmoqda . So`nggi to`rt yilda 28 ta ilmiy tashkilot va 4 ta innovatsion texnopark tashkil etildi. Davlatimiz rahbari akademik va tadqiqotchilar bilan bir necha bor uchrashib, ular ko`targan barcha masalalarni hal qilib berdi. Olimlarning ish haqi 3 baravar oshirildi. Ilmiy tashkilotlarning moddiy texnik bazasini yangilash uchun katta mablag`lar yo`naltirildi.


Bir so`z bilan aytganda, soha uchun ham moddiy ham tashkiliy jihatdan barcha sharoit yaratilmoqda. Lekin,100 dan ziyod ilmiy tashkilotlar faoliyatida , ular tomonidan olib borilayotgan izlanishlarda hali sezilarli o`zgarish bo`lgani yo`q. Masalan, 24 ta muassasa o`tgan yili xalqaro tan olingan jurnallarda birorta ham ilmiy maqola chiqarmagan. Innovatsion ishlanmalar uchun budjetdan 100 milliard so`m ajratilayotgan bo`lsada, tanlov natijasi bo`yicha bor-yo`g`I 29 milliard so`mlik 51 ta loyiha shakllantirildi, xolos.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ,, Matematika sohasidagi ta`lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to`g`risida’’ gi qarori qabul qilindi. O`tgan davr ichida matematika ilm-fani vat a`limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi.
Birinchidan, ilog`or ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh matematik olimlarning taklif qilinishi va xalqaro ilmiy tadqiqotlar olib borilishi uchun zarur shart sharoit yaratildi;
Ikkinchidan, xalqaro fan olimpiadalarida g`olib bo`lgan yoshlarimiz va ularning murabbiy ustozlari mehnatini rag`batlantirish tizimi joriy etildi;
Uchinchidan, oily ta`lim va ilmiy tadqiqotlarning o`zaro integratsiyalashuvini ta`minlash maqsadida talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barobarga oshirildi, budjet mablag`lari hisobidan superkompyuter, zamonaviy texnika va asbob uskunalar xarid qilindi;
To`rtinchidan, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashning birlamchi bosqichi sifatida stajyor tadqiqotlik instituti joriy etildi;
Bechinchidan, ilm-fan sohasidagi ustuvor muammolarni tezkor bartaraf etish, fan, ta`lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini hukumat darajasida belgilash maqsadida O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raisligida Fan va texnologiyalar bo`yicha respublika kengashi tashkil etildi;
Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar matematika sohasidagi ta`lim sifati va ilmiy-tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko`rsatmoqda.
Jumladan:
Birinchidan, matematika ta`limotining ta`lim olish bosqichlari o`rtasidagi uzviy bog`liqlik to`liq ta`minlanmagan;
Ikkinchidan, umumta`lim maktablarida matematika darsliklari o`quvchilarning yoshiga nisbatan fanni o`zlashtirishni qiyinlashtiruvchi murakkab masalalardan iborat va boshqa fanlardan o`tiladigan mavzular bilan uyg`unlashtirilmagan;
Uchinchidan, matematikaga qiziquvchan, xalqaro olimpiadalar g`oliblari bo`lgan aksariyat iqtidorli yoshlarimiz hududlardan bo`lishiga qaramasdan ularning kelgusi rivojlanishi uchun oily ta`lim va ilm-fan sohasida zarur shart – sharoit yaratib berilmagan;
To`rtinchidan, matematika sohasidagi ilmiy tadqiqotning amaliyot va ishlab chiqarish bilan bog`liqligi zaifligicha saqlanib qolmoqda;
Beshinchidan, sohadagi olimlarning xorijiy ilmiy va t a`lim muassasalari bilan ko`plari milliy matematikani jahon miqyosiga olib chiqish, xalqaro hamjamiyatda nufuzinioshirish uchun yetarli emas.
Funksiyaninfg hosilasi va differensialashni o`rganish tabiatda yuz beradigan jarayonlarni o`rganishning universal apparati ilgari ham ko`pgina olimlarning e`tiborini tortib kelmoqda.
Bunda asosiy masala berilgan misolning yechimini toppish ya`ni hosilasini topishdan iborat.

Download 258.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling