Ilmiy tadqiqot asoslari


Ilmiy muammo va uning dolzarbligi


Download 250.57 Kb.
bet16/25
Sana18.06.2023
Hajmi250.57 Kb.
#1564004
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot asoslari

1.5. Ilmiy muammo va uning dolzarbligi

Tayanch iboralar va atamalar: mavzu, otash arava, ilmiy muammo, ijodiy jarayon, demografik va siyosiy sohalar, ilmiy izlanishlar, komil inson tarbiyasi, muammo dolzarbligi, ob’ektiv dunyo, ilmiy fikrning teranligi, tanqidiyligi, uyg’unligi, kengligi va tezligi.


Mavzuning matni: Ilmiy muammo va uning dolzarbligi.

Avvalo mavzu o’zi nima?
Mavzu (arabchada – joylashtirilgan, qo’yilgan, degan ma’noni anglatadi) – muhokama, ma’ruza, suhbat, dars, ilmiy asar va boshqalarning asosiy mazmunini hzida o’iso’a va ixcham ifoda etgan nomlanish.
Mavzu, odatda ijodkor tomonidan tanlanadi va asoslanadi. Mavzu ijodiy faoliyat jarayonining g’oyasini ifodalaydi va uni tanlashda muallifning g’oyaviy (fikr, g’oya, qarash va h.k.) mavqei va ijodiy kamolati darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Ulardan tashqari muammo qo’yilishi va uni hal qilishdagi vazifalar ko’lamiga qarab mavzu va mavzuchalar tanlanishi mumkin hamda bularning har biri muammo yechimining biror tomonini ifodalaydi.
Muammo, odatda kishilik jamiyati oldiga qo’yilgan insonlarning orzu-istagi sifatida paydo bo’ladi. Masalan « Uchar gilam»(Samalyotlar), «Oynai jahon» (Televideniya), «Otash arava» (Poezdlar) va h.k.
Yozma manbalardagi yoki xalq og’zaki ijodidagi kishilarning bunday orzu –istagini ilm-fan yuzaga chiqaradi va natijada odamlarni qiynab yotgan og’ir jismoniy mehnatlar aqliy mehnatga almashtirilib tabiat va jamiyatdagi muammoli vaziyatlar asta – sekin barham topadi. Bu esa ilmning xosiyati bo’lib, u kishilarning intellektual salohiyatga bog’liq.
Endi ilmiy muammo haqida qisqacha tushuncha beraylik. Mazkur darslikning «Kirish» qismida «Ilm»ning qichqacha ta’rifini keltirgan edik. Ma’lumki, ilmiy muammo bevosita «Ilm» bilan bog’liq. SHu sababli ham ilmiy muammoni quyidagicha ifodalasak, maqsadga muvofiq bo’ladi:
Ilmiy muammo – bu tabiat va jamiyatning ayni paytida noma’lum, ammo kelajakda yuzaga kelishi yoki o’rganilishi mumkin bo’lgan voqea va hodisalarni, jarayon va predmetlar (qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya va h.k.)ni ilmiy qonuniyatlar asosida ochib berish.
Ilmiy muammo ijodiy jarayon bo’lib, uning yordamida tabiat va jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv qonunlari yaratiladi va natijalar ilm – fanning tegishli sohalarida o’z o’rnini topadi.

Download 250.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling