Ruhiy faoliyatning davomiy-ligiga ko’ra: a) qisqa muddatli; b) uzoq muddatli; v) operativ. Ruhiy faoliyat qo’zg’atuvchisining sifatiga qarab: musiqiy eshitish.
Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga e’tiboran: fenomenal kasbiy [3].
TASAVVUR – idrok qilingan, his etilgan narsa, hodisa va jarayonning kishi ongida paydo bo’lishi hamda ular to’g’risidagi ta’surotlarning gavdalanishi.
DIQQAT–falsafa, ruhshunoslik tushunchasi; inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri. SHaxs faoliyati qanchalik murakkab, mashaqqatli, mas’uliyatli bo’lsa, u diqqatga shunchalik yuksak talablar qo’yadi. Insonning ziyrakligi, sezgirligi, farosatliligi, sinchkovligi, dilkash-ligi, hozirjavobligi uchun turmush sharoiti va shaxslararo munosabatida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning hatti - harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Ongni muayyan bir nuqtaga to’plab, muayyan bir ob’ektga faol qaratilishidan iborat bo’lgan psixik faoliyatga diqqat deyiladi [3].
IRODA – insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxiriga yetkazish qobiliyati – bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidir.
IDROK – insonning bilish, tushinish qobiliyati va zehni hamda fahm-farosati.
Do'stlaringiz bilan baham: |