FIKR – bu narsa, hodisa yoki jarayon to’g’risidagi insonning o’yi yoki xayoli.
ILM – insonning o’qish, o’rganish va shaxsiy hayotidagi tajribalar, kuzatishlar natijasida shakllangan bilim va malakalar majmuasi. Inson kamolatidagi ilm egallash qobiliyati, uning ulkan fazilatlardan biri hisoblanadi. CHunki, inson ilm bilan shon- sharafga erishadi –shuhrat qozonadi.
BILIM – kishining tabiat va jamiyat hodisalari asosida shakllangan axborotlari majmui. XOTIRA – atrof-muhitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda,
passiv va aktiv holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon, alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha ta’sirlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik xotira, faoliyat. Xotirani 5 ta muhim mezonga muvofiq ravishda turlarga (ko’rinishlarga) ajratish mumkin:
Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira quyidagi tarlarga bo’linadi: a)harakat va motor harakatli xotira; b) obrazli xotira; v) his-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi; g) so’z-mantiq xotirasi.
Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan: a) ixtiyorsiz, ixtiyoriy, mexanik.
Do'stlaringiz bilan baham: |