Ilmiy tadqiqot va akademik ko’nikmalar
Zamonaviy bizneslarda samarali infratuzulma yaratishda
Download 105.06 Kb.
|
biznes boshqaruvi
3. Zamonaviy bizneslarda samarali infratuzulma yaratishda davlatning roli va rag’bati
Navqiron avlod tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda respublikamizda tashkil etilayotgan “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari va “Yoshlar mehnat guzarlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini egallagan yoshlar mustaqil faoliyatini boshlashmoqda. Qishloq joylarida esa “Har bir yoshga – bir gektar” loyihasining amalga oshirilishi natijasida 65 mingga yaqin yosh dehqonlarga 54 ming gektardan ziyod yer ajratib berildi. Bundan tashqari yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Prezident qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar hamda biznes sohasi vakillarini qo‘llab- quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan qarorda aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mikromoliyalash tizimini takomillashtirish, tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish hamda yagona davlat tashkiloti tomonidan muvofiqlashtirib borish nazarda tutilgan. Mazkur qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash “Nazorat rejasi” ning 5-bandida “Mikrokreditbank” ATB tomonidan nodavlvat ta’lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan, tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha miqdordagi mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi. Mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab- quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi va boshqa ta’minot turlari asosida 225 million so‘mgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi. “Mikrokreditbank”ka kasb- hunar va tadbirkorlikka o‘qib, sertifikat olgan yoshlarga imtiyozli foizlarda mikrokreditlar ajratish choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi. Bunday kreditlar 3 yil imtiyozli davri bilan 7 yil muddatga beriladi. Bank tomonidan ushbu maqsadlar uchun kelgusi yilda 45 million dollarlik mikrokreditlar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Yoshlar loyihalarini moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etilib, ushbu jamg‘armaga 100 million dollar mablag‘ ajratiladi. Ushbu jamg‘arma yoshlarning loyihalariga qulay shartlarda va past foizlarda kredit beradi. Bu 2021 yilning o‘zida yilda kamida 500 ming yoshga ish joyi yaratish imkonini beradi. Shuningdek, respublikamiz hududlarda “ustoz-shogird” an’anasi yanada kuchaytirilib, ana shu ezgu ishga jalb etiladigan hunarmand ustalarni Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi. Yurtimizda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil etish tajribasidan foydalangan holda barcha shahar va tumanlarida “Yoshlar kichik sanoat zonalari” tashkil etiladi. Ushbu sanoat zonalarida yoshlar loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘ladigan barcha infratuzilma ob’yektlari joylashtiriladi. Tijorat banklarining hududlarda faoliyat boshlagan “Loyihalar fabrika”lari yoshlarimizning ilg‘or g‘oyalari asosida loyihaviy taklif va biznes rejalarini tayyorlab beradi. Yoshlar loyihalarini moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etilib, ushbu jamg‘armaga 100 million dollar mablag‘ ajratiladi. Ushbu jamg‘arma yoshlarning loyihalariga qulay shartlarda va past foizlarda kredit beradi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘shmaganda tadbirkorlik sub’yektlari soni qariyb 408 mingtaga yetgan. Shundan 90 ming 161 tasi xususiy korxonadir. E’tiborlisi, xususiy korxonalar soni bo‘yicha poytaxtdan keyingi o‘rinlarni mehnat resurslari nisbatan yuqori bo‘lgan Farg‘ona, (11 061 ta), Qashqadaryo (9 200 ta), Namangan (7 188 ta) viloyatlari band etdi. Bu esa ushbu hududlarda yoshlar bandligini ta’minlashda jiddiy siljishlar bo‘lishiga katta umid uyg‘otadi.Umumiy olib qarasak yurtimizda kichik biznesni yanda rivojlantirishga juda katta etibor qaratilmoqda. Prezidentimiz SHavkat Mirzeyoyev tomonidan ko`plab qaror va farmonlar qabul qilinmoqda buning zamirida yanaqa kichik biznes sohasini rivojlantirish , yoshlarni ish bilan taminlash , ularning o`z biznesiga ko`maklashish , daromadlarini oshirish umuman xalqimizning hayotdn rozi bo`lib yashashi uchun barcha shart –sharoitlarni yaratish, shu orqali ko`zlagan maqsadlarimizga yetish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini yanada rag‘batlantirish maqsadida keng ko‘lamli institutsional va tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tizimi qaytadan isloh qilinib, biznes rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda yangi yondashuvlar tadbiq etilgani, tadbirkorlik sub'yektlarining qonuniy manfaat va huquqlarini himoya qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etilgani, biznes bilan muloqot qilishning, ayniqsa viloyat, shahar va tumanlarda samarali mexanizmi joriy etilgani mamlakatimizda ushbu sohada olib borilayotgan ishlarga misol bo‘la oladi. Kichikbiznesnirag’batlantiruvchi texnoparklar, tijorat banklari, axborotkonsalting markazlari, auditorlik firmalari, o`qitish markazlari, baholash kompaniyalari, to varxom ashyo birjasining savdo maydonchalari, mikrokredit tashkilotlari, kredit uyushmalari, biznesinkubatorlar, brokerlik idoralari, lizing kompaniyalari, biznei nkubatorlar va boshqa tashkilotlarni o`z ichiga olgan innovatsiya infratuzilmasi tas hkil etilgan. Kichik biznes innovatsiya infratuzilmasining asosiy funktsiyasi tad birkorliksub`ektlariga u yoki bu turdagi (kerakli ma`lumot bilan ta`minlash, moliyaviy qo`llab-quvvatlash, bino hamda asbob uskunalar bilan ta`minlash, konsultatsiya berish, kadrlar tayyorlash va h.k.) xizm atlarni ko`rsatishdan iboratdir. Bugungi kunda kichik biznes sub`ektlarining inno vatsion faoliyatini rivojlantirishda innovatsion infratuzilma o`rni ortib bormoqda Bizning fikrimizcha, kichikbiznesg xizmat ko`rsatuvchi infratuzilmani tuzis asosiy maqsad uning ob`ektlari samarali faoliyat ko`rsatishigina emas, balki ularning faoliyatlarini jamiyat manfaatlari, xususan, tizimli o`zgartirish hamda mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini kengaytirish, ularning raqobatbardoshligini ta`minlash, yangi ish o`rinlarini yaratish uchun yo`naltirishdan iboratdir. Respubli ka hududlarida tadbirkorlik sub`ektlariga xizmat ko`rsatuvchi Biznes markazlar fa oliyatini tashkil qilish Dasturi tadbirkorlik muhitini muvaffaqqiyatli shakllantir ishdatadbirkorlik sohasidagi milliy axborot- maslahat ta`minotining tahlili va konsalting xizmatidagi jahon tajribasi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda hududlarda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes ni jadal rivojlanishinirag’batlantirishga yo`naltirilgandir. Umumiy qilib aytadigan bo`lsak yurtimizda kichik biznesni rag`batlantirishning institutsional asosi sifatida Prezidentimizning qaror va farmonlari bilan tashkil etilgan jamg`armalar va agentliklar kabilarni misol qilib olishimiz mumkin. Masalan eng muhimlaridan biri bu Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab –quvvatlash davlat jamg`armasi hisoblanadi va bu jamg`arma yurtimizdagi kichik biznes vatadbirkorlikni rivojlantirishning institutsional asoslaridan biri hisoblanadi. So`ngi yilllarda yurtimizda Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmonlar va qarorlar kichik biznes va tadbirkorlikni yurtimizda yanada rivojlantirish maqsadida imtiyozli kreditlar berishni yanada jadallashtirish, bu orqali yangi ishchi o`rinlarini yaratish m muhim hisoblanadi.va shu kabi banklar ham tadbirkorlikni rag`batlantirishning institutsional asoslaridan biri hisoblanadi. Xulosa. Kurs ishini yakunlash natijasida biz quyidagi xulosa va takliflarga keldik. Biznesni boshqarishda menejerning madaniyatida notiqlik nutqining, vazifasi va tuzilishiga ko’ra sO’zlashuv nutqi, kundalik gaplashishdan farq qilinishi lozim. Oddiy sO’zlashuv nutqidagi sodda va qisqa replikalar yoki to’liq bo’lmagan gaplarning bo’lishi va bunda ikki yoki undan ko’proq shaxsning ishtirok etishidan farqli o’laroq, orator nutqi monolog shaklida tashkil etiladi hamda kengaytirilgan va uzoq nutqdan iborat bo’lib, bu nutq odatda ko’pchilikni boshqara bilishi shart. Menejer ishining samaradorligini ish vaqtidan oqilona foydalanish va ish vaqti fondining oqilona tuzishi lozim. Olingan ma`lumotlar va bilimlarni kundalik tajribada qo’llashda menejer O’z ishida mustahkamlaydigan ijobiy tomonlarni joriy qilishi va o’tkazilgan tahlil natijasida aniqlangan salbiy xususiyatlarga barham bera olishni qo`llash kerak. Menejer anketa orqali va og’zaki savol-javoblar qilishda mehnatni tashkil etish va ish vaqtidan foydalanishning mavjud holatini o’rganish yo`llarini to`g`ri tahlil qilib boshqaruv madaniyatini rivojlantirish. -Yapon boshqaruv san`atining eng samarali uslublaridan biri qo`li ostidagi ishlayotgan xodim bilan tez-tez muloqotda bo`lish, norasmiy sharoitda uchrashib, suhbat qurish usulini qo`llash boshqaruv madaniyatida ijobiy xol keltiradi. Boshqaruv madaniyati funksiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishda zamonaviy menejer: rahbar – boshqaruvchi, rahbar – diplomat, rahbar - murabbiy, tarbiyachi, rahbar – inson, rahbar - innovator sifatida maydonga chiqadi usulini bilish lozim. Menejerning har kuni ish vaqtida qanday qilib maqsadga muvofiqroq foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qilish yo`llarini bilishi kerak. ish vaqtini rejalashtirish va kutilgan natijalarni uzviy ravishda bog’lay olish qonunlarini amalga oshirish muhimdir. Download 105.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling