Ilmiy tadqiqot va akademik ko’nikmalar
Download 105.06 Kb.
|
biznes boshqaruvi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mundarija. Kirish……………………………………………….. Asosiy qism
- Xulosa…………………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………….. Kirish.
Tashkent International University of Education KURS ISHI “Ilmiy tadqiqot va akademik ko’nikmalar” fanidan Biznes boshqaruvi Bajardi:_ BM 22-01 Makhkamov J. X Ta’lim yo’nalishi: Biznes menejment Tashkent – 2022 y. Mundarija. Kirish……………………………………………….. Asosiy qism: 1. Bugungi kundagi zamonaviy kompaniyalar infratuzulmasining umumiy tendensiyalari………………………………… 2. Biznes boshqaruvida menejer faoliyatining funksional vazifalari va uning madaniyatining ahamiyati……………………. 3. Zamonaviy bizneslarda samarali infratuzulma yaratishda davlatning roli va rag’bati……………………………………… Xulosa…………………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………….. Kirish. Butun dunyoda iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchi sifatida kichik biznesning ahamiyati juda katta hisoblanadi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari xususan Germaniya, Fransiya , Yaponiya , AQSH davlatlarida YAIM ning ulushi 50-60 foizi atrofida bo`lib , mamlakatlarning rivojlaning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Oxirgi yillarda Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohot va yangilanishlar avvalida iqtisodiyotimizdagi miqdor va sifat o'zgarishlari qamrovini kengaytirish, uning bevosita aholi turmushiga ta'sirini oshirishga e'tibor qaratilayotgani, kichik biznesni yanada rivojlantirishga etibor qaratilyotganligini ko`rishimiz mumkin. Ma'lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jahon mamlakatlari tajribasida o'zining yuksak natija va muvaffaqiyatlari bilan mustahkam o'rin egallagan bo'lib, aksariyat xalqlarda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60-70 foizni tashkil etadi. Kichik biznesning rivojlanishi iqtisodiyotdagi jo'shqinlik va samarali raqobat muhiti uchun qulay shart- sharoitlarni yaratish, iste'mol sektorini kengaytirish orqali talabni rag'batlantirish, iste'mol bozorini tovar va xizmatlar bilan to'ldirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, byudjet tushumlarini kengaytirishga xizmat qiladi. SHunga ko'ra, ko'plab rivojlangan davlatlar kichik biznes faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga intiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida “Haqiqatan ham, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz”, deya ta'kidlagan so'zlari xalqimizga yanada ishonch, kuch berdi. Iqtisodiyotimizning etakchi soha va tarmoqlarida kichik tadbirkorlik ulushining oshishi iqtisodiy o'sish va ijtimoiy barqarorlik ta'minlanishining mustahkam poydevori hisoblanadi.Islohat va harakatlar natijasida umumiy korxona va tashkilotlar tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 2021-yilda 86,5 foizga qadar o'sdi. Raqamlarga qaraydigan bo'lsak, 2017—2021-yillar mobaynida mamlakatimizda jami 288 mingdan ortiq korxonalar tashkil etildi.Shundan 14,8 mingtasi yirik korxonalar, 273,2 mingtasi kichik biznes korxonalari hissasiga to'g'ri keladi. Kichik biznesga xuddi iqtisodiyotga yangi kuch, yangi quvvat baxsh etuvchi soha sifatida qarash mumkin. 1Yangidan tashkil etiluvchi korxonalar keyingi paytda vujudga kelgan talabni, so'nggi texnologik yangilik va yutuqlarni ma'lum darajada o'zida jamlaydi va amaliyotga joriy etadi. Shunga ko'ra, korxonalarning yangilanish darajasi o'ziga xos ko'rsatkich hisoblanadi.Mamlakatimizdagi ushbu ko'rsatkichning holatini tahlil qiladigan bo'lsak, uning kichik biznes korxonalaridagi darajasi yirik korxonalarga nisbatan 2016-yilda 6,2 marta, 2021-yilda esa 6,9 marta yuqori bo'lganligini kuzatish mumkin. Ya'ni, aynan kichik biznes korxonalari iqtisodiyotimizni modernizatsiyalashda o'z faolligini namoyon etmoqda. Eng muhimi, kichik tadbirkorlik subyektlari qandaydir ko'rsatma yoki undovlar ostida emas, balki iqtisodiyotdagi kon'yunkturani hisobga olgan holda erkin va mustaqil tashkil etilyapti. Aynan shu holat iqtisodiyot tarmoqlarining umumiy ko'lamiga o'ziga xos tuzatishlar kiritadi. Jumladan, 2017—2021-yillar davomida yangidan tashkil etilgan kichik biznes korxonalarining eng katta salmog'i savdo (jami korxonalarning 32 foizi), sanoat (21 foizi), qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi (12 foizi), qurilish (10 foizi), yashash va ovqatlanish (7 foizi) tarmoqlariga to'g'ri keladi. Bu esa mamlakatimiz yetakchi tarmoq va sohalari o'rtasidagi maqbul nisbatning shakllanishiga xizmat qiladi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini yanada rag‘batlantirish maqsadida keng ko‘lamli institutsional va tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni 1 1 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining « 0 ‘zbekiston Respublikasinyanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947- sonli Farmoni 13.02.2017-y. ko‘paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor kon'yunkturasi o‘zgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishni ta'minlash maqsadida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etildi Yaratilayotgan bunday imkoniyatlar shubhasiz iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirishga, uning tayanchi bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada rivojlanishiga, ularning qulay ishlab chiqarish muhitida faoliyat olib borishiga va pirovardida eksportni yanada rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokni kamaytirish , xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish,kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini yanada rag`batlantirishga qaratilgan isntitutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish Xususiy mulk huquqi kafolatlarini ishonchli himoya qilishni taminlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo`lidagi barcha to`siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to`liq erkinlik berish ,”Agar xalq boy bo`lsa davlat ham boy va kuchli bo`ladi “ degan tamoyilni amalga oshirish: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzulmalaring faoliyatiga davlat , huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qatiy oldini olish kabi muhim vazifalar amalga oshirilishi ko`zda tutilgan eng muhim vazifalar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzeyoyevning PF-60 “ 2022 -2026 yillarga mo`ljallangan yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi” da ham muhim vaziflar belgilandi. Kelgusida bu barcha olib borilayotga ihsohotlar o`z natijasini yurtimizning rivojlanishing har javhasida namoyon qiladi. Download 105.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling