Ilmiy tadqiqot va ijod tizimida dalil (fakt)


Download 0.97 Mb.
bet2/3
Sana15.02.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1201134
1   2   3
Bog'liq
1535643575 67642

Dalillar to’plashda uslublarni to’g’ri tanlay bilish katta ahamiyatga ega bo’lib, to’g’ri uslub tanlanganda xatolardan xoli bo’lishi mumkin. Aniqrog’i, ilmiy tadqiqotning ravnaqi, kelajagi uslub tanlashda mujassamlashgan. Ilmiy tadqiqotga dalillar hayot baxsh etadi. Natijada fan taraqqiyoti ham jadallashadi. Uning tizimida yangi sohalar paydo bo’ladi.

  • Dalillar to’plash fan nuqtai nazarida cheksizdir. Sababi, bilishning o’zi ham cheksizdir. Bu cheksizlik olamdagi narsa va hodisalarning bitmas-tuganmasligiga olib boradi. Ana shu tariqa dalillar to’plash inson faoliyatidan doimiy o’rin olgan.
  • Ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchi o’z ijodida dalil aytmasligini sezgan holat ijobiy holatdir. Ushbu yetishmaslik olimning ilmiy salohiyatini, dunyoqarashini oshirishga majbur qiladi. Bundan har qanday fan ham, izlanuvchining o’zi ham foyda ko’radi, xolos.

Dalillarni izlash jarayonida yangi dalillarga duch kelinadi. Bu esa o’z navbatida yanada yangi dalillarni ochishga imkon yaratadi.

Dalil sub’yekt va ob’yektning faolligi natijasi sifatida


Sub’yekt va ob’yekt ham falsafiy kategoriyalardir.
Sub’yekt – bu ob’yektiv olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish va ularni nisbatan o’zgartirishga ta’sir etadigan faoliyat egasidir.
Ob’yekt – bu sub’yektning izlanish manbai bo’lib, sub’yektga bilim beradigan voqelikdir.
Sub’yekt deganda, ko’proq shaxs, inson faoliyati tushuniladi. Shu bilan birga ilmiy izlanishda ishtirok etadigan zamonaviy texnik vositalarni ham, insonning o’zini ham sub’yekt qatoriga kiritish mumkin. Asosiy sub’yekt boshqa jonli mavjudotdan o’zining amaliy faoliyati bilan farq qiladi.

Har bir ob’yektda dalillar alohida-alohida bo’lishi mumkin. Ob’yekt o’z faoliyatida jiddiy e’tibor berishni talab etadi. Bunda sub’yekt ob’yektga nisbatan aniq yondashadi. Ya’ni, tabiat va jamiyat hodisalarini inson(sub’yekt) o’z hayotiga yaroqli shaklda o’zlashtirib olish uchun turli vositalardan, qo’l va oyoq, ong va ko’z, quloq va hid bilish organlari, harakat hamda boshqa jarayonlardan foydalanadi, ularni ishga soladi. Shu sababli sub’yekt ob’yektga nisbatan tubdan farq qiladi.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling