Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Ilmiy-tadqiqot loyihalarini davlat buyurtmasi asosida moliyalashtirish
Download 0.65 Mb.
|
133 09.03.2020
8-bob. Ilmiy-tadqiqot loyihalarini davlat buyurtmasi asosida moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang. 88. Davlat buyurtmasi asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan hamda ushbu maqsadlar uchun jalb qilingan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda tarmoq va sanoat korxonalari muammolarini hal etishga qaratilgan davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari tarmoq va sanoat korxonalari bilan kelishuvlar asosida sheriklikda moliyalashtirilishi mumkin. Davlat buyurtmasi asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarni moliyalashtirish tegishli moliya yilidan boshlab quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Ilmiy-tadqiqot loyihalari Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay’atining tegishli qarorlari asosida Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) orqali moliyalashtiriladi; Har bir ilmiy-tadqiqot loyihasini moliyalashtirish uchun alohida shaxsiy hisobvaraq ochiladi; Ijrochi tashkilot tomonidan har bir ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha belgilangan tartibda xarajatlar smetasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. (88-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son) Oldingi tahrirga qarang. 89. Har bir ilmiy-tadqiqot loyihasi hamda hisobotlarni (oraliq va yakuniy) mustaqil ekspertlar tomonidan ilmiy ekspertizadan o‘tkazilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmiga teng hajmda gonorar to‘lanadi. (89-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son) Oldingi tahrirga qarang. 90. Loyiha doirasida ajratilgan mablag‘lar ilmiy izlanishlar olib borishga, shuningdek, ish haqidan tashqari, umumiy mablag‘ning kamida 40 foizi ilmiy asbob-uskunalar, xomashyolar hamda boshqa zarur materiallarni xarid qilish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarga yo‘naltirilishi lozim, bunda fundamental, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi loyihalarda mazkur miqdor 20 foizgacha kamaytirilishi mumkin. (90-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling