Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Loyihalar bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy ekspertizani baholash mezonlari
Download 0.65 Mb.
|
133 09.03.2020
7-bob. Loyihalar bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy ekspertizani baholash mezonlari
87. Davlat buyurtmasini amalga oshirish doirasida ilmiy-tadqiqot loyihalari tanloviga taqdim etilgan loyiha talabnomasining ilmiy-texnik darajasini baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi: a) fundamental tadqiqotlar uchun: tashabbuskor loyihalarning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligi; loyihaning maqsadli tanlov mavzusi va shartlariga muvofiqligi; mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning yangiligi va ushbu yo‘nalishda ilmiy natijalarning mavjudligi va darajasi hamda yangi bilimlarni olish, yangi nazariyalar, usullar, tushunchalarni yaratishga qaratilganligi; tadqiqot mavzusi bo‘yicha zarur ilmiy salohiyat va ilmiy ma’lumotlarning mavjudligi (yuqori malakali olimlar jamoasi, so‘nggi besh yil ichida nashr etilgan ilmiy nashrlarning soni va sifati, patentlarning mavjudligi, yetakchi milliy va xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikning mavjudligi va boshqalar); loyiha ijrochilari tarkibida 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarning mavjudligi, ularning soni va sifat xususiyatlari; zarur moddiy-texnik bazadan (binolar, jihozlar, inventarlar, dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasi, axborot resurslari va boshqalar) foydalanish imkoniyati; b) amaliy loyihalar uchun: tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy muammolarni hal qilish uchun yangi usullarni o‘rganishning kutilayotgan samarasi; tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish imkoniyati, shu jumladan sanoat hamkori va loyihani amalga oshirishdagi tomonlar hissasini baholash; loyihani amalga oshirish natijasida kutilayotgan natijalar: ilmiy-texnik hujjatlar to‘plamini (texnologik yoki laboratoriya reglamentlari, texnik pasport, texnik shartlar, loyihalash hujjatlari va boshqalar), eksperimental (laboratoriya, ishlab chiqarish, klinik) sinovlarni o‘tkazish uchun yangi yondashuvlar va usullarni ishlab chiqish; zarur salohiyat — ilmiy (ushbu masala bo‘yicha yuqori malakali olimlar jamoasi) va moddiy-texnik resurslar (asboblar, uskunalar, materiallar va boshqa vositalar)ning mavjudligi; loyiha ijrochilari tarkibida 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarning mavjudligi (doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar, bakalavrlar); loyiha ijrochilarining ilmiy salohiyati: ilmiy nashrlarning mavjudligi (xorijiy nashrlarda maqolalar, patentlar yoki boshqa ilmiy hujjatlar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, dasturiy mahsulotlar), shuningdek, so‘nggi besh yil ichida nashr etilgan xalqaro va milliy konferensiyalarda ilmiy maqola va tezislar; v) innovatsion loyihalar uchun: loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar: import o‘rnini bosuvchi yoki eksportga yo‘naltirilgan yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarishni tashkil etish (tayyorlash) uchun ilmiy-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni (tasdiqlash) rejalashtirish; loyihani tijoratlashtirish istiqbollari va sanoat hamkori darajasini va loyihani amalga oshirishga qo‘shgan hissasini baholash (mahsulot ma’lum bir iste’molchi uchun mos bo‘lgan bozorga kirish va aniq istiqbolga ega bo‘lishi kerak); innovatsiya obyektiga talab darajasi: mahsulotga (texnologiya, ishlanma) talab — sanoat hamkori va (yoki) boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan loyihani amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratishda kafolatlar mavjudligi (loyihani amalga oshirishga qiziqish, zarur materiallar yoki boshqa manbalarni taqdim etishda ishtirok etish); muhofaza qilinadigan hujjatlarning mavjudligi: patent (dasturiy mahsulot uchun guvohnoma) va taklif qilinayotgan mahsulot (texnologiya) uchun ilmiy-texnik hujjatlarning to‘liq to‘plami yoki texnik reglament, sinov sertifikati, texnik shartlar, e’lon qilingan ilmiy maqolalar, patentga (dasturiy mahsulotga) topshirilgan talabnoma (sertifikat) va ishlab chiqarilgan laboratoriya reglamentlari, laboratoriya sinovlari; loyiha ijrochilarining tegishli ilmiy-texnik yoki innovatsion faoliyat va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha amaliy tajribasining mavjudligi: mahsulot tajriba namunasining mavjudligi, ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotning ilmiy-texnik yoki ishchi tajriba-texnologik hujjatlari va/yoki mahsulotning laboratoriya, tajriba namunasining mavjudligi; ishlab chiqarish bazasining texnologik jihatdan ta’minlanganlik darajasi: ishlab chiqarish bazasi, asboblar, uskunalar va boshqa zarur infratuzilma mavjudligi yoki rejalashtirilayotganligi (loyihani amalga oshirish paytida), shuningdek, mahalliy resurslar (xomashyo va butlovchi qismlar) bilan ta’minlanganligi (mavjudligi). [OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish] Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling