Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini monitoring qilish
Download 0.65 Mb.
|
133 09.03.2020
9-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini monitoring qilish
91. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari monitoringi ularning tasdiqlangan rejasiga ko‘ra bajarilishini, moliyaviy mablag‘larning maqsadga muvofiq sarflanishini, belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishini va olingan natijalarning samaradorligini baholashni o‘z ichiga oladi. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarning natijalari monitoringi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. 92. Ijrochi tashkilotlar Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilgan loyihalarning hisobotlarini (oraliq va yakuniy) Buyurtmachiga shartnomalarda belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Sanoat hamkorlari ishtirokida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha tayyorlangan hisobotlar sanoat hamkorlari tomonidan ham tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 93. Buyurtmachi hisobotlarni qabul qiladi, shuningdek, davlat buyurtmasini bajarish bo‘yicha axborot va boshqa tahliliy materiallarni tayyorlaydi hamda tegishli ITKga taqdim etadi. Hisobotlar va moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha tahlil qilish, ko‘rib chiqish va fikr berish buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. 94. Buyurtmachi fan yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik kengashlar bilan birgalikda zarur hollarda mustaqil ekspert va mutaxassislarni jalb etgan holda, loyihalarning bajarilishi monitoringini amalga oshiradi. Monitoring quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: taqdim etilgan hisobotlarni ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqish; ITK yig‘ilishlarida ilmiy-tadqiqot loyihasi rahbari tomonidan hisobotlarni himoya qilish; zarur hollarda loyihani bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, bunda quyidagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratish: ilmiy-tadqiqot ishlarining loyiha bo‘yicha imzolangan shartnoma va uning kalendar rejasiga asosan bajarilish holati; ijrochi tashkilot tomonidan ilmiy-texnik loyihaning amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilganligi; ajratilgan moliyaviy mablag‘ning maqsadli sarflanayotganligi; ilmiy loyihalar natijalari bo‘yicha yetakchi xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish borasida erishilgan natijalar va ularning mavjud salohiyatga nisbatan qiyosiy tahlili; har bir loyiha doirasida qo‘lga kiritiladigan yakuniy natijalar va ularni tijoratlashtirish imkoniyatlari. 95. Buyurtmachi tomonidan ijrochi tashkilot bilan kelishilgan holda oraliq hisobotlarni monitoring qilish hamda qabul qilish jarayonida, agar sanoat hamkori mavjud bo‘lsa, tadqiqot dasturiga va kelishuv shartlariga aniqliklar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 96. Belgilangan ishlarning alohida bosqichlarining rejalashtirilgan hajmlarini o‘z muddatida bajarmaslik, shuningdek, hisobotlarni topshirish muddatlarini va moliyaviy intizomni buzish Buyurtmachining tashabbusi bilan moliyalashtirishni to‘xtatilishiga va shartnomani bekor qilinishiga asos bo‘lishi va ijrochi tashkilotga nisbatan tegishli choralar ko‘rishga olib kelishi mumkin. 97. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari monitoringi natijalari bo‘yicha ITK xulosalari Buyurtmachi tomonidan ilmiy yo‘nalishlarning istiqbolini belgilash, ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishni davom ettirish yoki to‘xtatish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun asos hisoblanadi. 98. Ilmiy-tadqiqot loyihasini moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror kollegial organ tomonidan ITK xulosasi asosida yoki loyihani amalga oshiruvchi tashkilot talabiga binoan qabul qilinadi. 99. Agar kelishmovchilik yoki farqli natija ijrochi tashkilotga ma’lum bo‘lsa, bu haqda besh kun ichida buyurtmachiga ma’lum qilinishi kerak. Buyurtmachi taqdim etilgan hujjatlar asosida (bildirishnoma, tadqiqot loyihalari to‘g‘risidagi hisobot), aniqlangan o‘zgarishlar yoki olingan natijalar kutilganidan o‘zgacha bo‘lsa, loyihalarni kelgusida moliyalashtirish yoki loyihaning maqsadli parametrlarini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Buyurtmachi taqdim etilgan hujjatlar (ariza-xabarnoma, hisobot ilmiy-tadqiqot loyihalari) asosida kutilgan natijalardan farqli o‘laroq, natijalar ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lmaganligi aniqlangan bo‘lsa, ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Moliyalashtirilishi to‘xtatilgan loyihalardan bo‘shagan mablag‘lar mazkur loyihalar amalga oshirilgan ijrochi tashkilotda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan boshqa ilmiy loyiha(lar)ga (bunda loyihaning kalendar rejasiga qo‘shimcha mablag‘ hisobidan amalga oshiriladigan ishlarni nazarda tutgan holda o‘zgartirish kiritilishi lozim) yoki yangi istiqbolli amaliy va innovatsion loyiha(lar)ni, shu jumladan ijrochi tashkilot tomonidan tayyorlangan loyiha(lar)ni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bunda yangi istiqbolli amaliy va innovatsion loyiha(lar)ni amalga oshirish muddati moliyalashtirilishi to‘xtatilgan loyiha(lar)ning yakunlanish muddati bilan mos bo‘lishi lozim. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan loyihalarning hisobotlari buyurtmachi tomonidan majburiy elektron ro‘yxatga olinishi lozim. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling