Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar


- Mavzu: Ilmiy axborotlarni qidirish, to‘plash va qayta ishlash yozish qoidalari


Download 0.76 Mb.
bet15/55
Sana23.09.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1686139
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar

7- Mavzu: Ilmiy axborotlarni qidirish, to‘plash va qayta ishlash yozish qoidalari
Reja:
1 Ilmiy axborot tushunchasi
2. Axborotni izlash va o‘rganish


1. Ilmiyaxborot tushunchasi


Ob’ektnikuzatishdanolinganbirlamchimushohadaliaxborotmatndaqaydqilingandankeyinikkilamchiyozilganaxborotgaaylanadi. Keyinchalik bu axborot tahlil qilinadi, tadqiqot jarayonida qayta ishlab chiqilgan, mavjud nazariy tasavvurlar doirasida umumlashtiriladi. Olingan yangi natija kompyuter saytlariga o‘tkaziladi, ilmiy nashrlarda chop etiladi. Axborot tizimiga o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ilmiy axborotga aylanadi.
Faoliyatni qaysi turi bo‘lmasin, barchasi axborot qabul qilish va qayta ishlashga asoslangan. Insoniyat, u bunyod etgan ijtimoiy tuzilmalar axborot manbalari va oqimlari bilan o‘ralgan. Demak, biz o‘zimiz yaratgan axborot olamida yashaymiz. Bu olamni biosfera, neosfera va texnosferadan farq qilish uchun «informosfera» deb ataydilar.
Axborotni o‘zi nima? Kibernetika fani asoschisi N.Viner axborot materiya ham emas, energiya ham emas, axborot bu axborotdir, degan edi. Bu ta’rif axborotni o‘ziga xos xodisa ekanligiga ishora qiladi xolos, lekin bu o‘ziga xoslik nimadan iborat bo‘lishini ko‘rsatmaydi.Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, axborot mohiyatan o‘z-o‘zini tashkil qiluvchi tizimlarning (jonzot, inson, jamiyat, ijtimoiy tuzilmalar va boshqalar) funksional xossasi, ya’ni faoliyat ko‘rsatish vositasi bo‘lib, shu xossa orqali tizimlarda harakat, o‘zgarish, o‘zaro ta’sir, o‘z-o‘zini tiklash, aloqa va muloqot qilish kabi faollik turlari amalga oshiriladi.
O‘z-o‘zini tashkillashtiradigan tizimlar uchta fundamental asos – moda, energiya va axborotdan foydalanish orqali turli funksiya va amallarni bajaradilar.
Jamiyatda ishlab chiqariladigan axborotlar majmuasi ijtimoiy axborot, deb ataladi. Ijtimoiy axborotni bir ko‘rinishini ilmiy axborot tashkil qiladi.
Fantizimidaqo‘lgakiritilganyanginatijalarmatndaqaydqilinib, ilmiynashrlardachopetiladi, aloqakanaliyokiinternetgauzatilgandankeyinilmiyaxborotaylanadi.
Axborot bilishni zaminida turadi. Axborotda bilim, aniqrog‘i uning mazmuni ifodalanadi, aloqa kanalida bir sub’ektdan boshqasiga yetkaziladi. Shunday qilib, aloqa kanalida bilim axborotga aylanadi. Muloqatni ikkinchi sub’ekti iste’molchi sifatida axborotni qabul qiladi, uni o‘qib, anglab bilimga aylantiradi.
Ayrim adabiyotlarda «axborot» va «bilim» tushunchalari aynanlashtiriladi. Vaholanki, bilim axborot emas, u ongdagi obrazlar, tushunchalar va tasavvurlardan iborat bo‘lib, nutqda, aloqa kanalida axborotni mazmuni bo‘lib qoladi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling