Ilmiy ta’lim fanining nazariy metodologik asoslari, ilmiy faoliyat tushunchasi va uning boshqa sohalarda ahamiyati


Download 224.5 Kb.
bet5/18
Sana27.01.2023
Hajmi224.5 Kb.
#1129880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ilmiy ta\'lim fanidan nazorat savollari

Fundamental tadqiqotlar prinsipial yangi bilimlarni (yaratish) barpo
etish va oldinda mavjud bilimlar sistemasini rivojlantirishga qaratiladi va
undan maqsad tabiatning yangi qonunlarini yaratish (kashf etish) voqeliklar
orasidagi bog‘liqliklarni ochib berish va yangi nazoratlar yaratishdir.
(Masalan, elektromagnit maydon nazariyasi agroinjeneriyada resurslar
tejamkorligi ilmiy – metodologiyasini yaratish, energiyani muhitda
harakatlanishi qonunini va h.k.lar).
Amaliy tadqiqotlar texnika sohasida yangi ishlab chiqarish vositalarini,
iste’mol mahsulotlarini va h.k.larni yaratish yoki mavjudlarini takomil
lashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, uni maqsadi fundamental tadqiqotlarda
to‘plangan ilmiy omillarni amaliy tadqiqotlar orqali o‘z o‘rniga qo‘yishdir.
(Masalan, urug‘lik mahsulotlarni saralash elektrotexnologiyasi va texikasini
yaratish, energiya tejamkor meva quritish texnikasini yaratish, asinxron
motorlarni quvvat koeffitsiyentini (cos ö) oshirish teznik vositasini ishlab
chiqish va h.k.lar).
Ishlanmalar yoki loyiha-konstruktorlik ishlari (LKI) amaliy tadqiqotlar
natijalarini (masalan texnika sohasida) texnik yechimlarni (mashina,
qurilma, material, mahsulot) ishlab chiqarish texnologiyalarini tajriba nusxa
larini yaratish va sinab ko‘rish, yangiliklarni takomillashtirishda foydala
nishga qaratilgan ilmiy tadqiqotning yakuniy qismidir. (Masalan, elektr
maydoni yordamida urug‘lik donlarni saralash texnologiyasini amalga
oshiriuvchi texnik qurilmani yaratish, dielektrik don quritish usulni amalga
oshirish texnik qurilmasini ishlab chiqish, ichimlik suvga impulsli ishlov
berish elektr qurilmani tajriba nusxasini ishlab chiqish va h.k.).
Yuqoridagi ilmiy-tadqiqotlar klassifikatsiyasi va ularni chegaralanishi
ko‘pchilik hollarda shartli bo‘lsada, ularni fanning muayyan bir sohasiga
tegishliligi birlashtirib turadi. (2.1-rasm).
2.1-rasmda keltirilgan sxemada loyihalash va o‘zlashtirish bosqichlari
bir vaqtning o‘zida fan va texnika sohalariga tegishli hisoblanadi. Shuningdek,
fundamental tadqiqotlar va ishlab chiqarish oralig‘ida o‘zaro bog‘langan
bosqichlar: amaliy tadqiqotlar – ishlanma – loyiha joylashgan.

Download 224.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling