Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 493.35 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod — Vatanning baxti BU SONDA: 8 ( 172)- son 2 0 1 0 - y i l , a v g u s t Muqovamizda: B i r i n c h i b e t : Muassislar: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi «Sog‘lom avlod uchun» Xalqaro xayriya jamg‘armasi «Sog‘lom avlod uchun» jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 13-aprel 127-sonli qaroriga asosan «Maktabgacha tarbiya» jurnali negizida tashkil etilgan. 1996-yil yanvardan chiqa boshlagan. ©
Yosh xonanda Janibek Piyazov «Nihol» mukofotining 2010-yilgi sovrindorlaridan biri bo‘ldi. Muhammad AMIN suvratga tushirdi. Mustaqillik ufqlari Alp o‘g‘illar, alp qizlar, davomchimiz sizlar 2 Barkamol avlod — mamlakat kelajagi «Nihol» sahnasida 4 Alpomish avlodlari Jahon olimpiya harakati bilan uyg‘unlikda 6 Karvon qo‘ng‘irog‘i Kelajak avlodlar oldidagi burch 8 31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni Mangu ehtirom 11 Ibn Sino darsxonasi O‘zlikni namoyon qilish, maqsadga erisha bilish 12 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatidan «Ustoz — shogird» maktabi saboqlari 15 2010-yil — Barkamol avlod yili Bunda kuy, soz bor, ohang bor, jo‘rovoz bor 16 Maktabgacha ta’lim Ijodkorlik har kuni kerak 18 Hakimlar va hikmatlar Go‘zallik bilan ezgulik uzviy 20 Vatannoma «Osiyo» yoki «Aziya» makrotoponimlari hamda «os», «az» va «mang» atamalari borasida 22 Sog‘lom oila Ishimizning maqsadi — oilaviy hayotga tayyorlash 28 Jamg‘arma faoliyati «Kichkintoy — shirintoy» sport musobaqasi davom etmoqda 30 Xizr suvi Tabiiy muvozanatni asrab 31
2 A M L A K A T I M I Z mustaqilligining muhim vazifalaridan biri — jami- yatning barqaror rivojlanishi hamda sog‘lom turmush tarzini ta’minlashdir. Jamiyatni sog‘lomlashtirish va sog‘lom ijtimoiy muhitni qaror toptirish eng dolzarb, obyektiv zaruriy omillardan biri ekanligi xalq salomatligi, uning turmush tarzini yanada takomillashtirish orqaligina amalga oshirilishida o‘z isbotini topmoqda. Zero, xalq salomatligini saqlash, mustah- kamlash tabiiy muhit bilan bir qatorda ijtimoiy muhitning holati bilan chambarchas bog‘liqdir. Binobarin, inson biosotsial salo- matligini asrash yo‘li orqali ijtimoiy muhit holatini mo‘tadil saqlashga intilish — davlat ahamiyatiga molik vazifalardan hisoblanadi. Shuni ham alohida e’tirof etish lozimki, faqat tana salomatligi muvaffaqiyatlar garovi bo‘la olmasligi mumkin. Tana salomat bo‘lgani bilan ruh, fikr nosog‘lom bo‘lsa, albatta, bunda ham noqulay vaziyatlar yuzaga keladi. Bu esa, jamiyatga, sog‘lom turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, «Azizlarim, Alloh taolo bergan sog‘ligimizni asraylik! Chunki, sog‘lom odamgina chinakam baxtli bo‘ladi, chunki faqatgina sog‘lom xalq, sog‘lom millat buyuk ishlarga qodir bo‘ladi!», — deb ta’kidlaydi. Demak, insonning jismoniy salomatligi hamda ma’naviy- axloqiy kamolotida ijtimoiy muhitni takomillashtirish bugun- gi kunda eng dolzarb vazifalardan bo‘lib qolmoqda. Istiqlol tufayli shaxsning erkin rivojlanishiga keng yo‘l ochildi. Bu esa, jamiyatdagi hurfikrlilik, ko‘ppartiyaviy siyosiy muhitni vujudga keltirdi, mulk muno- sabatlari o‘zgardi, unga yangicha munosabat shakllandi va erkin rivojlanishga davlat mulkining hukmronligi tugatilib, xilma-xil mulk shakllarining paydo bo‘lishiga va shu orqali jamiyatdagi ijtimoiy muhit va tarbiyaning tubdan o‘zga- rishiga olib keldi. Chunki, inson tug‘ilib, yashab, ijod qilar ekan, u biron-bir muhit ta’sirida bo‘ladi. Muhit tushunchasi o‘rganilayot- gan predmetga ta’sir qiluvchi hodisa, jarayon va sharoitlarning majmuasini aks ettiradi. Hech shubhasiz, kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni komillikka yo‘naltirib tarbiyalashda sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, milliy qadriyatlarni tiklash va e’zozlash muhim jarayondir. Zero, Prezidentimiz aytganlaridek: «Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadri- yatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon ham- jamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin». Shu bois, ijtimoiy muhit va tarbiya — sog‘lom turmush tarzini vujudga keltirishning muhim jihatlari ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Bu esa oldimizga qator mas’uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Albatta, mustaqil fikr yurita oladigan, jamiyat va shaxs man- faati uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklar yaratishga, hayotni aniq manfaat va maqsadga muvofiq istiqbolli tomonga o‘zgar- tirishga qodir komil insonni ijtimoiy muhitning ham obyekti, ham subyekti sifatida o‘rganish eng muhim muammolardan biri bo‘lmog‘i lozim. Modomiki, shunday ekan, ijtimoiy muhit va tarbiya jara- yonlarining uzviy aloqadorligini falsafiy tahlil etish bugungi kunda tadqiqotchilar oldida turgan dolzarb ilmiy-nazariy va amaliy vazifadir. Aytish joizki, o‘zbek xalqi ma’naviyatining uzviy qismi bo‘l- gan tarixiy-milliy qadriyatlarimiz mustaqilligimiz tufayli qayta tiklanmoqda, voyaga yetib kela- yotgan yosh avlod bu jarayonlarda komil ishonch bilan faollik ko‘r- satmoqda, ularda vatanparvarlik, millatparvarlik hislari qaror top- moqda. Bu esa ular ong-u shuuriga milliy mafkurani singdirish orqali optimal ijtimoiy muhitni yaratish va tarbiya tamoyillarini takomil- lashtirish zaruriyatini vujudga keltiradi. Shu bois ham, bugungi yoshlarimizni ma’rifatli, dono, axloqan pok, bir so‘z bilan ALP O‘G‘ILLAR, ALP QIZLAR, DAVOMCHIMIZ SIZLAR Barkamol avlod tarbiyasida sog‘lom ijtimoiy muhitni qaror toptirishga doir M
3 aytganda, mukammal insonlar etib tarbiyalash — muqaddas burchimizdir. Mantiqiyki, barkamol avlod tarbiyasida ijtimoiy muhitni sog‘- lomlashtirish va jamiyat ilgari surayotgan dolzarb muammolarni hal qilishda O‘zbekiston Respubli- kasi Prezidenti Islom Karimov ta’limotidan nazariy-metodologik asos sifatida samarali foydalanish lozim. Zero, mamlakatimizda ta’- lim tizimini isloh etishning asosiy qo‘llanmasi bo‘lgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning yuzaga kelishi — eskicha usulda tayyorlangan kadrlar bilan yangi- cha ishlab bo‘lmasligida ham oydinlashdi. Buni Yurtboshimiz «Tafakkur» jurnalining bosh muharriri bilan bo‘lgan suhbatida yana bir bor ta’kidladilar: «Men ko‘p yillar davlat rejalashtirish idoralarida ishlaganman. Xizmat taqozosiga ko‘ra fan va ta’lim masalalari bilan ham shug‘ullan- ganman. Shu sababli, sovet ta’lim tizimining barcha jihatlarini yaxshi bilaman, deb ayta olaman. Bizga meros bo‘lib qolgan ta’lim-tarbiya tizimining ma’lum bir ma’qul jihatlari bilan bir qatorda uning eng nomaqbul tomoni shundan iborat ediki, o‘quv jarayonida o‘quvchi va talabalarni mustaqil va erkin fikrlashga yo‘l qo‘ymaslik, har qaysi o‘quv yurtini bitiruvchi- larning bilimiga qarab emas, avvalo, ularning sobiq sovet tuzumiga va soxta g‘oyalarga sadoqatini hisobga olib baholash va hayotga yo‘llash tamoyili asosiy o‘rinni egallar edi. Ko‘p joylarda sifat o‘rniga son ketidan quvish ustunlik qilardi. Ko‘pchilik haqiqiy bilim yoki malaka orttirish maqsa- dida emas, amal-taqal qilib diplomli bo‘lib olish ilinjida texnikum yoki institutlarga kirar edi. Bu tuzumdan bizga qolgan meroslar ichidagi shunga o‘xsha- gan salbiy asoratlarni, afsuski, hozir ham sezib turibmiz. Bu tizim vataniga, xalqiga, millatiga fidokor, mustaqil fikr- laydigan, biron-bir masalani ongli ravishda, mas’uliyat bilan hal qiladigan, izlanuvchi, yangilikka intiluvchi kadrlarni emas, asosan sayoz saviyali kadrlarni, mute kishilarni ming-minglab yetishtir- gan edi. Jamiyatimizni yangilash, islohotlarni hayotga tatbiq etish, bozor iqtisodiyoti asoslarini barpo qilishga o‘tar ekanmiz, ana shun- day ongi qotib qolgan, azm-u shijoatdan yiroq, el-yurt manfaati uchun kuyib yonmaydigan kadrlar muttasil ravishda ishning beliga tepib turishini his qildik, ochig‘ini aytsam, hozir ham sezyapmiz». Tabiiyki, ijtimoiy tuzum o‘zgarishi bilan ijtimoiy muhit o‘zgaradi. Ijtimoiy muhitning asosiy funksiyalaridan biri — shaxsning xatti-harakati, uning taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omil- lar yig‘indisidir. Ijtimoiy muhit shaxs imkoniyatlarini shakllan- tirib, hayotga joriy etadigan, har bir inson jamiyat hayoti bilan bevosita aloqadorligidagi aniq ijtimoiy faoliyat va muloqot maydonini namoyon etadi. Shu boisdan ham globallashuv sharoitida — xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va fundamen- talizm kabi turli g‘ayriinsoniy oqimlar mavjudligi, mintaqaviy nizolar, giyohvand moddalar va qurol-yarog‘ bilan noqonuniy savdo qilish, transnatsional uyushgan jinoyatchilik, odam savdosi va boshqa salbiy holatlar jamiyatning barqaror taraqqiyotiga salbiy ta’sir qilib kelmoqda. Bunday o‘ta zararli illatlar mafkuraviy ta’sirlarga berilmay- digan barkamol avlodni tarbiya- lash, ijtimoiy muhitning tamoyil va omillarini yanada mustahkam- lash lozimligini ilmiy asoslashni talab qiladi. Bu shuning uchun ham zarurki, mustaqil fikr yurituvchi komil insongina ijobiy narsalarni bunyod qilishga, zarur moddiy va ma’naviy boyliklar yaratishga, hayotni yaxshi to- monga o‘zgartirishga qodir bo‘la oladi. Shu boisdan ham O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilingan birinchi kunlar- danoq hurfikrli, mutelik va jur’atsizlikdan xoli bo‘lgan, o‘z bilimi va kuchiga ishonib yashay- digan insonni tarbiyalashga katta ahamiyat berilib, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan qator islo- hotlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentining 2002-yil 25-yanvar PF- 3017-sonli «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab- quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘ri- sida»gi, 2003-yil 26-fevral PF- 3214-sonli «Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2004-yil 21-may PF-3431-sonli «2004— 2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi, 2005-yil 14-sentabr PF-3659-sonli «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24- avgustdagi 434-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to‘- lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom, 1994-yil 24-avgust 319-sonli «Bolalikdan nogironlarga, qariya- larga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING 19 YILLIGI
4 to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi qarori, 1996-yil 10-dekabr 437-sonli «Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlashni kuchaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi, 1996-yil 10-dekabr 437-sonli «Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvat- lashni kuchaytirish chora-tadbir- lar to‘g‘risida»gi qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgust 464-I-sonli «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni kabi misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash joizki, XXI asr, ya’ni globallashuv davrida shaxs murak- kab bir ijtimoiy muhit sharoitida faoliyat ko‘rsatmoqda. Inson yashayotgan zamini, tinch va barqaror kechirayotgan hayoti- ning mohiyatini to‘la anglashi, AMLAKATIMIZ yosh- lari o‘zlariga yaratib be- rilgan keng imkoniyat- lardan oqilona foydalanib, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etmoqdalar. Bundan o‘n yil avval — 2000-yili Prezidentimiz tashab- busi bilan Vazirlar Mahkamasi- ning «Yosh iste’dodlar uchun «Nihol» mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilin- gan edi. Endilikda har yili musta- qillik bayrami arafasida «Nihol» mukofoti sovrindorlarining e’lon qilinishi an’ana tusini oldi. Ularning ko‘pchiligi ushbu nufuzli tanlovga qadar ham o‘z san’atlari bilan xalq nazariga tushib, ustozlar e’tirofiga sazovor bo‘lishgan. Darvoqe, har yili «Nihol» mukofotiga nomzodini qo‘ygan yoshlar orasidan eng munosiblarini tanlab olish hay’at a’zolari uchun oson kechmaydi. Chunki, ularning har birining o‘z ijro yo‘li, shirali ovozi, tug‘ma iste’dodi bor. O‘tgan davr mobay- nida «Nihol» mukofotiga sazovor bo‘lgan yoshlar orasidan o‘n olti nafari «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» unvoniga sazovor bo‘ldi. 2006-yildan buyon «Nihol» mukofoti nomzodlari o‘rtasidagi tanlov jarayoni 3 bosqichli tizimda o‘tkazib kelinmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, yurti- mizning barcha hududlarida ijod etayotgan iqtidor egalari erishgan yutuqlarni el e’tiboriga yetkazish va targ‘ib qilishdan iboratdir. «Nihol» mukofotining bu yilgi saralash bosqichlarida 10 mingga yaqin iste’dodli yoshlar ishtirok etdi. Tanlovda ular estrada san’ati, mumtoz musiqa, raqs san’ati va opera ijrochiligi yo‘nalishlarida mahoratlarini namoyish qildilar. Bu esa O‘zbekiston yoshlarining san’- atga bo‘lgan muhabbatini oshiradi. Bu yil mumtoz qo‘shiq yo‘na- lishida — Lola Maxamatdinova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), Jonibek Piyazov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), Ro‘zixon Nurma- tova (Andijon viloyati), Yulduz Turdiyeva (Buxoro viloyati), Sayyora Mamatqulova (Farg‘ona viloyati), estrada san’ati bo‘yicha — Malika Egamberdiyeva (Naman- gan viloyati), «Durdona» guruhi (Toshkent shahri), Madinabonu Musayeva (Toshkent shahri), raqs qadrlashi, ya’ni ijtimoiy muhit obyekti sifatida namoyon bo‘lishi lozim. Shulardan kelib chiqib, mamlakatimizda ijtimoiy muhit- ning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni, qo‘yilgan muammo bilan bog‘liqligi bu masalalarning ijobiy hal bo‘lishi bilan belgilanadi deya olamiz. Gulsanam TILLAYEVA, falsafa fanlari nomzodi san’ati bo‘yicha — Nigina Shorah- metova (Toshkent viloyati), Dilnoza Artiqova (Xorazm viloyati), opera ijrochiligi bo‘yicha — Ma’sumaxon Boltaboyeva (Toshkent shahri), Barnoxon Ismatullayeva (Toshkent shahri) «Nihol» mukofoti sovrin- dorlari bo‘lishdi. «Shu kungacha sahnaga chiqqanimda hayajonlanardim, ammo bugungi hayajonim bosh- qacha. Tengdoshlarimni ushbu sahnada ko‘rar ekanman, ularning nigohlaridagi ishonch, mas’uliyat va so‘nmas shijoatni kuzatdim. Istardimki, bu ishonch barcha «nihol» chilarga qanot baxsh etib, yangi ijodiy parvozlarga chorlasin», — dedi Yulduz Turdiyeva. Yosh iste’dodlarni kuzatar ekansiz, ularning ijrosidagi kuy- qo‘shiq va raqslardan zavq olasiz, mustaqilligimizga, farovon hayoti- mizga shukronalar aytasiz. Zero, tinchlikning har bir oni — shodi- yona. Ijod esa ertangi kun samara- lariga, yutuqlarga, shuningdek, san’atimiz, madaniyatimizning yanada yuksak rivojiga zamin hozirlaydi. Dilafruz IMOMOVA M «NIHOL» SAHNASIDA «NIHOL» SAHNASIDA «NIHOL» SAHNASIDA «NIHOL» SAHNASIDA «NIHOL» SAHNASIDA BARKAMOL AVLOD — MAMLAKAT KELAJAGI
5 Azal-azaldan musiqa insonning estetik tarbiyasida muhim o‘rin tutib kelgan. Ota-bobolarimiz kuy tinglab, uning ohangidan rohatlanishgan. Lekin XX asrning turli musiqiy uslublar ta’sirida ba’zi yoshlar kishini aqlidan ozdiradigan kuylar- ning domiga tusha boshlagan. Bugungi kunda esa kuni kecha unuti- lish darajasiga borgan kuy-qo‘shiq- larimiz yoshlarimizning asosiy qismi tomonidan yana kuylanmoqda, muxlislar tomonidan olqishlan- moqda. Shu yilning may oyida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Talabalar kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan o‘tka- zilgan “Latofat — 2010” ko‘rik- tanlovida “Sallamno” deb nom- langan milliy musiqamizni tinglab, men o‘zim ham o‘sha, yengil-yelpi musiqa ta’sirida bo‘lganimni angla- dim, kuy-qo‘shiqlarimizning qay darajada jozibali ekanligini ularni tinglagandagina his qilish mumkin- ligini tushundim. Bu kuylar zamo- naviy texnikaning “ko‘magiga” muhtoj emas, faqatgina milliy sozlar va ularni “sayratuvchi” cholg‘uchilar bo‘lsa — kifoya. Dunyodagi ko‘pchilik mamla- katlarda milliy musiqa asboblari yordamida ijro etiladigan kuylar mashhurdir. Nima sababdan shotland xalqining sevimli cholg‘u asbobi bo‘lmish shotland nayi butun Yevropada mashhur ekanligini aynan bu musiqa asbobidan taraladigan sadolardan ham bilish mumkin. Jahonga tanilgan mashhur basta- korlarning o‘lmas asarlari hali-hanuz turli davlatlardagi opera va balet teatrlarida qo‘yilayotganligiga sabab aynan ularning kishi qalbini jun- bushga keltiradigan ohangidadir. Bizning mamlakatimizda ham musiqiy tarbiya yordamida yoshlarni tarbiyalashga e’tibor juda katta, ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2008-yilda qabul qilingan, bolalar musiqa va san’at maktab- larining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning fao- liyatini yaxshilash bo‘yicha 2009 — 2014-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi amalga oshirilayotgani naqadar uzoqni ko‘zlab qilingan ish ekanligini tushunish mumkin. Zero, shunday sharoitda yoshlarimizni milliy va jahon musiqiy merosi bilan tanishtirish juda katta ahamiyatga ega. “Shashmaqom”, katta ashulalar — umrboqiy asarlar. Umuman, mumtoz kuylarni bugun qaysi ijodkor zamonaviy usulda ijro eta olsa, u o‘z muxlislariga ega bo‘l- moqda. Bunga misollar ko‘p. Milliy cholg‘u vositalarida yaratilgan musiqalar unchalik ommalashmaganini ko‘rgach, turkiyalik bastakor Kirach bir necha yillar ijodiy izlanib, ayni yoshlar xohlayotgan ohanglarni yaratishga muvaffaq bo‘ladi. “Zamonaviy yosh- lar ommaviy musiqalarni yoqtirisha- di va aynan o‘shanday kuy-qo‘shiq- lar yozilgan disk va plastinkalarni oladilar, — deydi u. — Shu sabab- dan eskicha qolipda ijro etuvchi sozandalar bugun hech kimga kerak bo‘lmay qolmoqda, lekin men milliy seriallarga bastalayotgan kuylarimda o‘tmishdagi va zamonaviy musiqiy asboblardan taralayotgan ohangni birlashtira oldim, deb o‘ylayman va shu kuylarim ommalashib, yoshlari- mizning yuraklaridan joy oldi va aynan shuning uchun milliy musiqiy asboblarda yaratilgan kuylarga bugun e’tibor juda katta”. Bozor iqtisodiyoti sharoitida zarar keltiradigan tarmoqlar odatda tugatiladi. Lekin bugungi yoshla- BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA QADRIYATLARNING O‘RNI rimizga yaratilgan imkoniyatlardan so‘ng ular har qanday sohani ham rivojlantira oladilar, deb o‘ylayman, ya’ni biz, yoshlar bir narsani anglab yetishimiz kerakki, milliy qadriyat- larimizni buzmay, ularga zamonaviy tus berilsa, ular har qanday davrda ham o‘z muxlislarini topadi. Shunda aynan bugungi kun talab qila- yotgan musiqani topamiz va o‘tmish- da ijro etilgan milliy musiqalarimizni qaytadan sahnalarga olib chiqib, jahon miqyosida taratamiz. Barkamol avlod bugun shaklla- nayotgan avloddir va ular har qan- day sharoitda ham o‘zlari uchun yo‘l topa oladigan, o‘zlari uchun kelajakni barpo etadigan yoshlardir. Ota-bobo- larimiz o‘z zimmalaridagi qarzlarini uzib, ma’naviy merosimizni bizgacha yetkazib berdilar. Endi navbat biz, yoshlarga, biz ulardan qolgan merosni asrab-avaylab kelajak avlodga yetkazib berishimiz kerak. Ayrim g‘arb mamlakatlarida bo‘lgani singari, bor narsani navbatdagi naslga yetkaza olmaslikdan xudo asrasin. Bugun Download 493.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling