Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 493.35 Kb. Pdf ko'rish
|
42,8 31,2
18,2 7,9
30 yetkazish va sog‘lom nasl-nasabni davom ettirishdir. O‘g‘il uylantirib, qiz chiqarmoqchi bo‘lganda, bo‘lg‘usi qudalarning yetti pushtini surishtirib, har taraflama sog‘lom oilalar bilan quda-anda bo‘lishga harakat qilishimizning sababi — shu. Bu bilan kelajakdagi yetti avlodimizning ham jismonan, ham ma’nan salomatligini ta’minlashga intilamiz. Respondentlarga: “Sog‘lom bolani dunyoga keltirish, ya’ni reproduktiv salomatlik deganda nimani tushunasiz?” — deb beril- gan savolimizga olingan javoblar tahlili jadvalda keltirilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, Jizzax viloyatidan 51,8 foiz, Samarqand viloyatidagi 42,8 foiz respondentlar “bola tug‘ilishidagi oraliq 2,5 — 3 yildan kam bo‘lmasligini, 31,2 foiz samarqandlik, 22,2 foiz jizzaxlik respondentlar esa nikohgacha tibbiy ko‘rikdan o‘tish lozimligini, har ikkala viloyatdan 18,5 foiz respondentlar “yetti pushti salomatligini bilish” deb javob berishgan bo‘lsa, 7,9 foiz samarqandlik, 7,4 foiz jizzaxlik respondentlar «hamma javob variantlari reproduktiv salo-matlik tushunchasini bildiradi” deb ko‘rsatishgan. Nikoh munosabatlarini mus- tahkamlash, ahil, hamjihat oilani barpo etish, oiladagi ma’naviy muhitga, er-xotinning ham, bola- larning ham salomatligiga mos ravishda so‘zsiz ijobiy ta’sir etadi. Yoshlarni nikohga, bo‘lg‘usi oila hayotiga tayyorlash, repro- duktiv salomatlik va reproduktiv madaniyatga ega bo‘lish — o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiya- lashning ajralmas tarkibiy qismidir. Ko‘p sonli ijtimoiy, pedagogik, tibbiy-psixologik tadqiqotlar natijasi bizga shuni ma’lum etadiki, o‘smir yigit va qizlarni nikohga hamda oila qurishga tayyorlash ishimizning maqsadiga aylanmog‘i zarur. Hafiza MAMADALIYEVA, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori o‘rinbosari, iqtisod fanlari nomzodi Poytaxtimizdagi Yakkasaroy tumani, «Qushbegi» sport majmuasida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi, uning Toshkent shahar tayanch maskani hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, «Bolalar sportini rivojlantirish» jamg‘armasi hamkorligida «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlanib, xalq ta’limi tizimidagi maktabgacha ta’lim muassasalarining 5-6 yoshli tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Kichkintoy — shirintoy» sport musobaqasining shahar bosqichi maroqli, zavqli tarzda o‘tdi, g‘oliblar va barcha ishtirokchilarga o‘quv qurollari, sport anjomlari, o‘yinchoqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Muhammad AMIN suvratga tushirdi. « KICHKINTOY — SHIRINTOY» SPORT MUSOBAQASI DAVOM ETMOQDA 31 TABIIY MUVOZANATNI ASRAB Prezidentimizning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bar- taraf etishning yo‘llari va chora- lari» kitobida mamlakatimizning Inqirozga qarshi dasturi «Inqi- rozdan so‘ng O‘zbekiston iqti- sodiyotining yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlangan holda maydonga chiqishi, jahon bozorlarida o‘zimizning mustah- kam o‘rnimizni egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish bo‘yicha oldimizda turgan ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun ishonchli zamin yaratadi», — deyilgan. Bu xalq xo‘jaligining barcha sohalarini qamrab oluvchi dasturulamal fikrdir. Ya’ni biz yetishtirayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ham jahon bozori talablariga javob beradigan dara- jada sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi zarur. Shu ma’noda, qishloq xo‘jaligining barcha soha- larida o‘tkazilgan tub islohotlar, mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar e’tiborni tortadi. Dehqonning mehnati tabiat- ga, ob-havo, shart-sharoit, atrof- muhitga chambarchas bog‘liq. Zararkunanda hasharot va kemi- ruvchilar xavfining oldi olinmasa, ular hosilning ofatiga aylanishi mumkin.
Aslida zararkunandalarning keskin ko‘payishi tabiiy uyg‘un- likning buzilishi sababli yuzaga keladi va ularga qarshi sun’iy yo‘llar bilan kurashish yanada salbiy oqibatlarga olib kelishi sir emas. Keyingi yillarda qishloq xo‘- jaligi ekinlarini zararkunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlash uchun kimyoviy dorilar qo‘llash bir muncha kamaydi. Chunki kimyoviy dorilarni o‘y- lamay qo‘llash natijasida, tabiatda foydali va zararli hasharotlar o‘rtasida muvozanat buziladi. Ba’zi bir hasharotlarning kimyoviy dorilarga chidamlilari vujudga keladi. Endilikda atrof-muhitni avaylab-asrash, ekologik toza mahsulotlarni olish va zararli hasharotlarni kimyoviy dorilarga chidamli shakllari yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun foydali hasharotlardan, ya’ni entomo- faglardan foydalanish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bundan tashqari, kimyoviy vositalarni me’yoridan ortiq qo‘l- lash oqibatida turli xil kasalliklar paydo bo‘lib, jumladan, ona va bola salomatligiga zarar yetkazishi, chaqaloqlarning har xil nuqson- lar bilan dunyoga kelishiga sharoit yaratishi ilmiy aniqlangan. Shu sababli, yurtimizda o‘simliklarni turli zararkunandalar va kasallik- lardan himoya qilishda biologik usulning qo‘llanishiga katta ahamiyat berilmoqda. Bu chora- larni qo‘llashning ham tabiat, ham jamiyat uchun ahamiyati beqiyosdir. O‘simliklarni biologik himoya qilish fanning dolzarb sohalari- dan biridir. Shu sohani tanlab, ustozlarimdan yo‘l-yo‘riq olib, yangi tur trixogrammani intro- duksiya qilish va uni mamlakatimiz sharoitida o‘rganishga kirishdim. Jumladan, 2008-yili Xitoydan issiqqa chidamli va dunyo bo‘yicha keng qo‘llanib kelinayotgan trixo- grammaning bir turi olib kelindi. Bu issiqsevar tur bo‘yicha bir qator olimlar tajriba va izlanishlar olib borgan. Ammo turli tunlam kapalaklari tuxumlariga qarshi qo‘llanilmagan. Havo harorati qancha yuqori bo‘lsa, u, ya’ni Trichogramma chilonis Ishii shuncha tez va faol harakat qiladi. Rangi to‘q sariq. Shuningdek, bu tur Tailand, Indoneziya, Hind- iston, Pokiston, Yaponiya, Xitoy kabi davlatlarda ko‘paytiriladi va qo‘llaniladi. Bu turni biz bir nechta laboratoriya tajribalari orqali o‘rganganimizda, uning ko‘rsat- kichlari boshqa mahalliy turlarga qaraganda ancha yuqori darajani ko‘rsatdi. Ayni turni mamlakatimiz sharoitiga moslashtirib ko‘pay- tirish, zararkunanda tuxumlariga qarshi qo‘llash va biologik sama- radorlikka erishish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilishda entomofaglardan, tuxumxo‘r trixogrammalardan foydalanish alohida o‘rin tutadi. Respublika- mizda biologik usul bilan himoya qilinayotgan umumiy yer maydo- ni 76 foizni tashkil qiladi. 900 dan ziyod biofabrika va biolaborato- riyalarda trixogramma ommaviy ravishda ko‘paytirilmoqda.
32 Jamoatchilik kengashi: Turg‘unpo‘lat DAMINOV, Svetlana INOMOVA, Turobjon JO‘RAYEV, Tatyana KARIMOVA, Abdulla ORIPOV, To‘lepbergen QAIPBERGENOV, Gulnora YO‘LDOSHEVA Bosh muharrir: Muhammadali QO‘SHMOQBOY Tahrir hay’ati:
Avaz MANSUROV, Abdulla OCHILOV, Shomirza TURDIMOV, Nuriya TUREYEVA, Feruza VAHOBOVA, Dilorom SHARIPOVA, Anvar SHEROV Manzilimiz: 100170. Toshkent, I.Mo‘minov ko‘chasi, 9. Telefon: 262-30-44 (faks), 262-30-11. E-mail: jlsaumt@mail.ru “Sog‘lom avlod uchun”, 2010-yil, 8-son. “Sog‘lom avlod uchun” jurnali O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. “Sog‘lom avlod uchun” jurnali matbaa (komputer) bo‘limi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2004-yil 17-may kuni 10 — 0654-tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Biror asar yoki undan parcha ko‘chirib bosilganda, “Sog‘lom avlod uchun” jurna- lidan olindi” deb izohlanishi shart. Muallif tahririyatga yo‘llayotgan qo‘l- yozmasiga o‘z soliq to‘lovchining identi- fikatsiya raqami (STIR)ni, shaxsiy jam- g‘arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasini ilova qilishi so‘raladi. Jurnal maketi tahririyatning matbaa (komputer) bo‘limida tayyorlandi. Navbatchi muharrir: Abdusaid NURBOYEV. Matbaa (komputer) ishlari bo‘yicha mas’ul: Feruza NURITDINOVA. Matnni teruvchi: Valida UMAROVA. Korrektor: Nigora YODGOROVA. Bosmaxonaga 2010-yil 16-avgust kuni topshirildi. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi 60x84 1 /
. Qog‘oz hajmi 4,0 bosma tabaq. Nashriyot hisobida 3,8 bosma tabaq. Tiraji 1838 nusxa. 10-770-buyurtma. “O‘zbekiston” NMIUda bosildi. 100129, Toshkent, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. Trixogramma mayda hasharot bo‘lib, kattaligi 0,3 – 0,5 mm ni tashkil etadi. Ularning rangi va kattaligiga qarab turi farqlanadi. Ular mamlakatimiz sharoitida 10-15 martagacha urchiydi. Trixogrammalar zararkunanda tuxumlarga katta-kichikligiga qarab bittadan bir nechtagacha tuxum qo‘yadi. Jahonda trixogrammaning 143 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning atigi bir nechta turi laboratoriyada ko‘paytirilib, dala ekinlarida zararli tunlam tuxum- lariga qarshi qo‘llaniladi. Yuqoridagi fikr-mulohazalarni umumlashtirib, qanday yakuniy xulosaga kelish mumkin? Masala- ning mohiyati shundaki, ko‘klamgi urug‘ kuzda mo‘l-ko‘l hosil bo‘lib, el dasturxoniga qaytadi. Bu orada qancha mehnat-mashaqqatlar kechadi. Hosilning bus-butun, nest-nobud bo‘lmay yetilishida o‘simliklarni himoyalash jabhasida xizmat qiluvchi xodimlar, ilm ahlining xizmatlari katta. Xususan, tabiatdagi muvozanatni tiklash, uyg‘unlikni ta’minlash XXI asr iqtisodiyoti va ilmiy amaliyotidagi eng istiqbolli sohalardan bo‘lib qoladi. Azim ANORBOYEV, aspirant Har bir kasb- korning o‘ziga xos mashaqqatlari bor. Dehqon mehnati ekin-tikin parvarishini mohirona — ayni vaqtida amalga oshirishni talab etadi. — Yerga mehr bersangiz, u sizga ortig‘i bilan qaytaradi. 30 gektar yerga g‘alla ekib, xirmonimiz donga to‘ldi. G‘o‘zalarimizda 40-60 tagacha ko‘sak sanayapmiz, demak, paxtadan ham mo‘l hosil olamiz, — deydi chiroqchilik fermer O‘ktam Yorbozorov. Burxon RIZOQULOV suvratga tushirdi. KASB-KORINGIZGA BARAKA BERSIN Download 493.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling