Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 493.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana20.09.2017
Hajmi493.35 Kb.
#16103
1   2   3   4   5   6   7

ma’naviy jihatdan qo‘llab-quv-

vatlab keladi. Markaz tomonidan

har o‘nta qishloq vrachlik punktiga

bittadan mas’ul shaxs biriktirilgan.

U o‘ziga biriktirilgan vrachlik

punktlari ishi samaradorligiga

javobgar hisoblanadi. Faoliyati-

mizdagi bu tajriba ham o‘zini

oqlamoqda. Onalar va bolalarning

reproduktiv salomatligini mustah-

kamlash maqsadida, Toshkent

shahridagi tibbiyot muassasalarida

faoliyat ko‘rsatayotgan yuqori

malakali mutaxassislar, tibbiyot

xodimlariga ehtiyoj sezilgan chekka

qishloq tumanlariga borib, aholini

to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib

kelmoqdalar. «2009 — 2013-yillarda

aholining reproduktiv salomat-

ligini mustahkamlash, sog‘lom bola

tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy

barkamol avlodni voyaga yetkazish

borasidagi ishlarni yanada

kuchaytirish va samaradorligini

oshirish chora-tadbirlari» dasturi

qabul qilingandan buyon,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

tomonidan 500 dan ortiq tibbiyot

xodimlari qishloq aholisiga mala-

kali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun

viloyatlarga jalb etildi. Bu tibbiy

tekshiruvlar aholi sog‘ligini saq-

lashga yordam berdi.

Hayotiy tajribalar shuni ko‘r-

satmoqdaki, shifokor huzuriga

kelgan ko‘pgina ayollar kasallik

tarixi o‘rganilganda, ba’zi xastalik-

larga ular homiladorlik yoki qo‘lida

yosh go‘dagi bo‘lgan paytida

duchor bo‘lganlari, lekin vaqtida

davolanmaganlari — oqibatda

kasallik surunkali tus olgani bili-

nadi. Shuning uchun qishloq

vrachlik punktida ishlovchi shifo-

korlar, ayniqsa, tug‘ish yoshidagi

va homilador ayollarga alohida

e’tibor berishadi.

Gap ayol, bo‘lg‘usi nasllarni

dunyoga keltiruvchi ona haqida

borar ekan, uning salomatligini

faqat shifokor yoki dori-darmon-

gina tiklaydi, degan  fikr  eskirdi.

Homilador ayolga yoki ko‘zi

yorigan onaga uning atrofidagi

barcha odamlar e’tiborli bo‘lishi

kerak. Ayol ko‘zi yorigach, shifo-

xonadan 3-4 kunda oilasiga qayta-

di. Chilla davrida uni ehtiyotlash,

turli kasalliklarga chalinmasligining

oldini  olish uchun eri ham,

qaynonasi ham, umuman, oila

a’zolarining barchasi g‘amxo‘r

bo‘lmog‘i kerak. Shu maqsadda, biz

mahallalarda “Qaynonalar mak-

tabi”ni tashkil qildik. Eng avvalo,

mana shu maktablar orqali

reproduktiv salomatlik bilan bog‘liq

masalalarni qaynonalarga tushun-

tirmoqdamiz. O‘zbek oilalarida


11

qaynonaning o‘rni katta. Yosh

kelinlar birinchi homiladorlik

davrida ayniqsa, qaynona ko‘ma-

giga muhtoj bo‘lishadi. Kelgusida

tug‘iladigan farzand onaning

homiladorlik davridagi kayfiyati,

sog‘lig‘i qanday bo‘lganiga qarab —

sog‘lom yoki nuqson bilan tug‘ilishi

mumkinligi, yosh onaning tug‘u-

ruqdan keyingi salomatligi ham

homiladorlik payti qanday kech-

ganiga bog‘liqligini tushuntirgani-

mizda, qaynonalar o‘z zimma-

laridagi mas’uliyatni tushunib

yetishmoqda. Oilada sog‘lom

farzand  dunyoga kelishida

qaynonaning vazifasi, ishtiroki,

yordami zarurligi shu maktablar

orqali ham ommalashtirilmoqda.

Sog‘lom avlodning dunyoga

kelishi, eng avvalo, ayolning

zimmasida ekan, unga har tomon-

lama ko‘mak berish, atrofidagi

barcha yaqinlariga va tibbiyot

xodimlariga katta mas’uliyat

yuklaydi. Bu mas’uliyatni nafaqat

vazifa, balki kelajak avlodlarimiz

oldidagi majburiyatimiz, qarzi-

miz ham deb bilmog‘imiz shart.

Feruza RAHMATULLAYEVA,

Respublika Reproduktiv salomatlik

markazi direktori o‘rinbosari

Mustaqillik — erk va ozodlik,

tinchlik va taraqqiyot mujassami.

Bu muqaddas Vatanda azizdir

inson. Ayni ezgu tushunchalar bir-

biri bilan uyg‘un. Eng aziz, eng ulug‘

qadriyatimiz, xalqimizning tarixiy

yutug‘i — Mustaqillik xalqimiz

hayotining ma’no-mazmunini

belgilaydi. Prezidentimiz Islom

Karimov rahnamoligida barcha

sohalarda izchillik bilan amalga

oshirilayotgan tub islohotlar,

ulug‘vor bunyodkorlik ishlari

mamlakatimiz obro‘yiga obro‘

qo‘shmoqda. Ma’naviyatni yuksal-

tirish borasidagi ezgu ishlar ham

e’tiborga  loyiqdir. Ajdodlarimiz

xotirasini aziz bilib, ularga hurmat

va ehtirom ko‘rsatish azaliy va abadiy

an’analarimizdan biridir. Ikkinchi

jahon urushi janggohlarida halok

bo‘lganlarning xotirasini abadiy-

lashtirish maqsadida mamlakati-

mizda 9-may «Xotira va Qadrlash»

kuni  deb e’lon qilindi. Poytaxti-

mizda, Mustaqillik maydoni yonida

«Xotira maydoni» barpo etilib,

undagi  «Xotira kitobi»ga fashizm

balosiga  qarshi kurashib, yurtimiz

ozodligi va tinchligi yo‘lida halok

bo‘lgan barcha vatandoshlarimizning

nomlari zarhal harflar bilan bitib

qo‘yildi.

31-avgust esa mamlakatimizda

Qatag‘on qurbonlarini yod etish

kuni sifatida nishonlanadi. Shu

munosabat bilan Davlatimiz rahba-

rining tashabbusiga ko‘ra poytaxti-

mizda, Bo‘zsuv sohilida «Shahidlar

xotirasi» yodgorlik majmui bunyod

etildi. Istiqlol orzusi bilan yashagan,

kurashgan, lekin, afsuski, qatag‘on

qurboni bo‘lgan vatandoshlarimiz

xotirasi shu tariqa e’zozlandi.

Ziyoratchilar qadami uzilmaydi

bu joylardan. Mazkur qadamjolar

doimo yurtdoshlarimiz bilan gavjum.

Bu qadamjolar nafaqat o‘tganlar

yodini ifoda etadi, balki bugungi

MANGU  EHTIROM

31-AVGUST — QATAG‘ON QURBONLARINI YOD ETISH KUNI

avlodni, aziz o‘g‘il-qizlarimizni

mustaqillikni ko‘z qorachig‘idek

asrab-avaylashga undaydi. Bu yerga

ziyoratga kelgan yosh-u qari,

jumladan, maktabgacha yoshdagi

bolalar-u maktab, litsey va kollej

o‘quvchilari, talabalar qalbida ozod

va obod yurt taqdiriga daxldorlik

tuyg‘usi jo‘sh uradi. Yod etish

marosimiga kelganlarning tilovat va

duolari esa o‘tganlar ruhini shod

etadi. Bu tabarruk qadamjolarga

jilolanib, ifor sochib turgan

guldastalar qo‘yiladi har kuni.

Abdusaid NURBOYEV

Muhammad AMIN suvratga tushirdi.

«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuining muzey qismi ko‘rinishi.


12

MIJ,


 bir tomondan,

inson hayot faoliyatining

natijasi bo‘lsa, boshqa

tomondan, uning hayot imkoniyat-

larini boshqarish vositasidir.

O‘z imijini izchil rivojlantirish-

ga ko‘pincha mashhur kishilar,

chunonchi, siyosatchilar, fan va

san’at arboblari, sportchilar, jur-

nalistlar, yirik biznesmenlar e’tibor

beradilar. Imijni shakllantirish (imij-

lashtirish) mamlakatimizda so‘nggi

yillardagina rivojlana boshladi.

Imij — ijtimoiy-ruhiy hodisa

sifatidagi inson imijining har xil

qirralarini o‘z ichiga oluvchi va ayni

vaqtda muayyan odamga xos bo‘lgan

imijning (ichki va tashqi) o‘ziga

xosligini aks ettiruvchi murakkab

tizimdir. Birinchi holda imij —

muayyan imijda o‘z aksini topgan

ijtimoiy, kasbiy darajalarining

xossalari majmui nazarda tutiladi.

Ikkinchi holda individual imij

shaxsning o‘ziga xosligi, uning

betakror bo‘lishining muhim jihati

sifatida namoyon bo‘ladi. Shakl va

mazmunning eng yaqin aloqasi

aynan shaxsiy darajada yuz beradi.

Inson tomonidan o‘zlashtirilgan

o‘ziga xoslik, betakrorlik kasb etadi,

shaxsning individual o‘ziga xosligini

aks ettiradi.

Kasbiy imij — shaxs imijining

muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ijtimoiy hayotda insonni mehnat

jabhasida muvaffaqiyatga erishishga

yo‘naltiradi. Kasbiy muvaffaqiyat

ijobiy kasbiy imijning rivojlanish

darajasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.

Inson shaxs va faoliyat subyekti

sifatida rivojlanishi uning qarshisida

mansab pillapoyalaridan ko‘tarilish,

o‘z hamkasblari orasida e’tibor

qozonish imkoniyatlarini ochadi.

Imij  o‘z shaxsiy va kasbiy qobi-

Shaxs imijini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari

O‘ZLIKNI  NAMOYON  QILISH,

MAQSADGA  ERISHA  BILISH

liyatlarini ro‘yobga chiqarish omili

bo‘lib xizmat qiladi. Jamuljam

holda ular o‘z hayot yo‘li subyekti

sifatidagi shaxsning muhim xusu-

siyatlari hisoblanadi.

Imijlashtirish jarayonida inson-

ning shaxsiy xususiyatlarini rivoj-

lantirish, ijobiy shaxsiy o‘sish,

kasbda yutuqlarga erishish, kishida

qobiliyatlarni yuzaga chiqarishi-

ning muhim omilidir.

Jozibali kasbiy imijni yaratish-

ning muhim omillari sifatida ma’-

naviyat va axloq qayd etiladi, ish-

bilarmonlik va liderlik fazilatlari,

nizolarni hal qilish, hamkorlik muno-

sabatlarini o‘rnatish ko‘nikmasi,

kommunikativ qobiliyatlar, mosla-

shuvchanlik, optimizm va xayrxohlik

esa uning negizi hisoblanadi.

Yaxshi kasbiy imij tashkilot va

xodimlarning manfaatlarini uyg‘un-

lashtira olish, korporativ siyosatni

amalga oshirishda qat’iyat ko‘rsatish,

odamlarga nisbatan e’tiborli, halol,

intizomli bo‘lishni nazarda tutadi.

Kasbiy imijning muhim ko‘r-

satkichlari:

tashkilot qo‘llab-quvvat-

lovchi ijtimoiy qadriyatlar;

tashkilot uslubining mav-

judligi va uning rivojlanish darajasi;

tashkilot xodimlari bilan

aloqalar hamkorlar va iste’mol-

chilarni qoniqtirishi;

xodimlar o‘z mehnatidan

qoniqishi;

xodimlar o‘rtasidagi muno-

sabatlardan qoniqish;

nizolar darajasining pastligi

va ularning boshqariluvchanligi;

tashkilot rasmiy va norasmiy

tuzilmalarining optimal uyg‘unligi;

mutaxassis tashkilotda va

undan tashqarida obro‘-e’tiborliligi.

Ommaviy kasblar aholining

keng qatlamlari orasida mashhurlik,

obro‘-e’tiborlilik bilan bog‘liq,

ularning kasbiy muvaffaqiyati esa

jozibali imij bilan belgilanadi. Bunday

mutaxassislar kasbiy jihatdan kamol

topish uchun o‘z imijini shakllan-

tirish va unga tuzatish kiritish texno-

logiyasini o‘zlashtirishlari lozim. Bu

odamlar bilan muloqot va ularga

shaxsiy ta’sir ko‘rsatish kasbiy

faoliyatning muhim vositasi sanalgan

odamlar uchun ayniqsa foydalidir.

Imijni o‘zlashtirish “inson —

inson” tizimida ishlovchi kasb egalari

uchun ayniqsa muhimdir. O‘tish davri

qiyinchiliklari natijasida ko‘p sonli

odamlar, shu jumladan, mijozlar

yangi muhitga ijtimoiy-ruhiy jihatdan

moslasha olmasligi mutaxassislar o‘z

faoliyatida duch keluvchi asosiy psixo-

logik muammodir. Bunday odamlar

bilan muloqot qilish mutaxassisga

ba’zan ruhiyatni shikastlantiruvchi

ta’sir ko‘rsatadi. Yuzaga keluvchi

kasbiy va shaxsiy muammolar ruhiy

ish jarayonida eng samarali yo‘l bilan

imijlashtirish vositasida hal qilinadi.

Imijlashtirishning dastlabki bos-

qichi — o‘z ma’naviy mohiyatini o‘zi

anglab yetish. Aynan ma’naviyat

tegishli individual imijni yaratishning

asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Uning boshqa bosqichlari: insonning

o‘z-o‘ziga munosabatini obyektiv-

lashtirish (uning tashqi qiyofasi va

ichki ruhiy-emotsional holati,

muloqot jarayonining verbal va

noverbal elementlarini uyg‘unlash-

tirish); xulq-atvor andozalariga

tuzatish kiritish; hamkasblar va

atrofdagilar ishonchini oqlovchi

oqilona o‘zaro aloqa ko‘nikmalarini

shakllantirish; mutaxassisning ichki

imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga

ko‘maklashuvchi vositalarni indi-

vidual tanlash; kasbiy imijga mos

I


13

keluvchi barqaror kommunikativ

ko‘nikmalarni shakllantirish;

hayotning turli sharoitlarida mulo-

qot qilish individual uslubini model-

lashtirish, nizoli vaziyatlarda imijni

himoya qilish texnologiyasini o‘z-

lashtirish ham muhim ahamiyat

kasb etadi.

Individual imijlashtirish kasbiy

imijga va umumiy qabul qilingan

kasbiy-axloqiy standartlarga ko‘proq

darajada mos keluvchi kommuni-

kativ ko‘nikmalar tizimini, shuning-

dek, nizoli vaziyatlarda psixologik

himoyani kuchaytirish uchun imij-

ning individual vositalarini o‘zlash-

tirish imkonini beradi.

Imijlashtirishning asosiy vazi-

fasi, uning strategik maqsadi muayyan

odamning ideal imijini u hayotda

muvaffaqiyatga erishishiga ko‘mak-

lashuvchi vosita sifatida shakllanti-

rishdan iborat. Chunki har bir odam

o‘zining hayotdagi muvaffaqiyatini

o‘zicha tushunadi.

Hayotdagi muvaffaqiyatning

imijlashtirishning asosiy vazifalari

sifatida amal qiluvchi uch omilni

farqlash mumkin:

imijlashtirish shaxsiy

muammolarni yechish vositasi

sifatida;

imijlashtirish muloqot ma-

daniyatini rivojlantirish vositasi

sifatida;

imijlashtirish mansab pilla-

poyalaridan ko‘tarilishga ko‘mak-

lashuvchi vosita sifatida.

Imijlashtirish — ijobiy imijni

shakllantirish bo‘yicha mutaxassislar

— imijmeykerlarning kasbiy faoliyat

jabhasidir. Mamlakatimizda imij-

meyker kasbi yaqinda paydo bo‘ldi.

Imijmeyker ixtisosligi yuksak fan

va nafis san’at, inson hayot faoliyati

nazariyasi va amaliyoti, odamlar

o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning

o‘ziga xos va betakror sintezidir.

Imijlashtirish, bir tomondan,

bilimlarning shaxs va muloqot

psixologiyasi kabi nazariy sohalarni,

psixoterapiya, axloq, estetika, kon-

fliktshunoslik, tibbiyotni, boshqa

tomondan esa — amaliyotga qarab

mo‘ljal oluvchi sohalar: ritorika,

jestika, etiket, kosmetologiya, moda,

kiyim-kechak va aksessuarlar dizayni,

sartaroshlik san’ati, sport-sog‘lom-

lashtirish va hokazolarni qamrab

oladi.

Imijlashtirishning asosiy g‘oya-



si shundan iboratki, individual

imijning negizini tashkil etuvchi

qiyofa va xulq-atvor andozalarining

o‘zgarishlari salbiy ruhiy-emotsional

holatlarga tuzatish kiritish bilan

amalga oshirilishi va inson ruhiy

maqomining uyg‘unlashuvi bilan

mushtarak bo‘lishi lozim.

Imijlashtirish ikki shaklda:

gruppaviy va individual shakllarda

amalga oshiriladi.

Gruppaviy imijlashtirish grup-

paviy maslahatlashuv va gruppaviy

mashg‘ulotlar (ma’ruza, amaliy,

trening mashg‘ulotlari) tarzida

amalga oshiriladi. Bu mashg‘ulotlar-

ning asosiy vazifalari quyidagilardan

iborat: imijlashtirish zamonaviy

vositalari va texnologiyalarini rekla-

ma qilish; mijozlarga o‘z-o‘zini

imijlashtirishning asosiy usullari

haqida axborot berish.

Individual imijlashtirish ikki xil:

moddiy yo‘naltirilgan va shaxsga

yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Moddiy yo‘naltirilgan imij-

lashtirish ikki bosqich: model-

lashtirish (ruhiy turini aniqlash,

diagnostika natijalariga muvofiq soch

turmagi, makiyaj, kiyim-kechak,

aksessuarlar va shu kabilarni tanlash)

va maslahat berish (tuzatish kiritilgan

imij elementlarini o‘zlashtirish va

o‘z-o‘zini imijlashtirish usullarini

o‘rgatish)ni o‘z ichiga oladi.

Shaxsga yo‘naltirilgan imij-

lashtirish bir qancha mustaqil bos-

qichlardan tashkil topadi: 1) mijoz-

ning ideal imijini yaratish; 2) shunga

muvofiq rivojlanuvchi imijni va uni

taqdim etish ko‘nikmalarini shakl-

lantirish; 3) o‘z-o‘zini imijlashtirish

va imijga qarab muhitni yaratish

usullarini o‘rgatish.

Birinchi bosqich — mijozning

ideal imijini yaratish quyidagilarni

o‘z ichiga oladi: subyektning menta-

liteti, uning antropologik, yosh,

jins, tashqi estetik ko‘rsatkichlari,

ma’naviy-axloqiy, shaxsiy, kasbiy

rivojlanish darajasi, ijtimoiy yetuk-

ligi va hokazolarni hisobga olgan

holda ideal imijni yaratish.

Shaxsga yo‘naltirilgan imij-

lashtirishning ikkinchi bosqichi

imijning yangi elementlarini mod-

diylashtirish, yangi xulq-atvor

andozalarini o‘zlashtirish, o‘ziga

munosabatni obyektivlashtirish,

oqilona o‘zaro aloqa qilishning

barqaror ko‘nikmalarini shakl-

lantirish, munosabatlar va o‘z-o‘ziga

munosabat tizimini qayta qurish,

insonning ichki imkoniyatlarini

ro‘yobga chiqarish imkonini beruvchi

vositalarni individual tanlash, turli

vaziyatlardagi individual xulq-atvor

uslubini modellashtirish va hoka-

zolarni o‘z ichiga oladi. Shunday

qilib, ikkinchi bosqichning asosiy

vazifasi — insonning ichki tuyg‘u-

lari va kechinmalari uning xulq-

atvoriga muvofiqligini ta’minlash,

shaxsning ichki nizolarini hal

qilishdir.

Uchinchi bosqich — o‘z-o‘zini

imijlashtirish usullarini mijozga

o‘rgatish, xulq-atvor va o‘zini o‘zi

namoyon etishning yangi andoza-

larini o‘zlashtirishga ko‘makla-

shuvchi  amallarni bajarish orqali

amalga oshiriladi.

Xulosa qilib, shuni aytish

mumkinki, imij insonning hayotga

va o‘ziga bo‘lgan munosabatini

rivojlantiradi, uning faolligini rag‘-

batlantiradi, o‘zini o‘zi kamol

toptirish borasida muttasil ish olib

borishga turtki beradi, hayotda

muvaffaqiyatga erishish vositasi

bo‘lib xizmat qiladi.

Shohida SODIQOVA,

sotsiologiya fanlari nomzodi,

Dilmurod SHARAPOV,

tadqiqotchi


14

BIZNING


«MAYDANAK»

Maydanak observatoriyasi

Markaziy Osiyodagi yirik —

muntazam ishlab turgan ilmiy

tekshirish markazi hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda unda eng zamonaviy

asbob-uskunalar mavjud. Misol

uchun, observatoriyamizdagi

Markaziy Osiyodagi eng yirik

astronomik uskuna hisoblangan

AZT-22 rusumli teleskopida

sezgirligi juda yuqori bo‘lgan

16 Mp kamerasining o‘rnatilgan-

ligi kuzatuvlar sifatini oshirdi.

Bu yerda Quyosh sistemasi

jismlaridan boshlab, Galaktikadan

tashqari jismlargacha qamrab,

kuzatuv olib boriladi, ilmiy tad-

qiqot qilinadi. Misol uchun,

Quyosh sistemamizdan Oy

o‘rganilmoqda. Galaktikamizning

tashkil etuvchilaridan bo‘lmish

o‘zgaruvchan yulduzlar, Galakti-

kamizdan tashqari obyektlardan

kvazarlar o‘rganilmoqda. Albatta,

bu yerda ilmiy izlanishlar ko‘lami

sanab o‘tilganlar bilan cheklan-

maydi va har bir yo‘nalish o‘zining

nozik qirralariga ega.

QIZIQARLI

VOQEALARDAN BIRI

Bahor kunlarining birida,

to‘g‘rirog‘i, 1-aprel  arafasida  kuza-

tuvchilarimizdan biri to‘satdan,

noma’lum uchar jism (uchar

likopcha)ning aniq tasvirlarini

oladi... Va, katta hayajon bilan,

Hurmatli tahririyat!

«Samarqand» kichik say-

yorasining kashf etilishi muno-

sabati bilan televideniyada tayor-

langan ko‘rsatuvni tomosha qil-

dik, radioda eshittirish tingla-

dik, vaqtli matbuotda maqola-

lar o‘qidik. Shoirlarimiz bu haqda

she’rlar yozishmoqda. Iltimos,

bu kichik sayyora kashfiyot-

chilari  — Bahodir Hafizov va

Aleksey Sergeyevlarning o‘zlari

ishlayotgan “Maydanak”

observatoriyasi, eslab yuradigan

qiziqarli voqealari, oila,

farzandlari, ustozlari haqidagi

dil so‘zlarini ham yoritsangiz.

Ulardan kerakli o‘rinlarda

foydalanar edik.

Anora HAMROQULOVA,

Farg‘ona viloyati,

O‘zbekiston tumanidagi

37-maktabning I toifali

nemis tili o‘qituvchisi

QUYOSH  SISTEMAMIZDAN  TO

GALAKTIKADAN  TASHQARI  JISMLARGACHA...

T a h r i r i y a t d a n :   biz bu xatni

elektron pochta orqali egalariga

yetkazdik. B.Hafizovdan javob keldi

— uni e’tiboringizga havola etmoq-

damiz.


HAR  BIR  VOQEADA  —

HAYOT  IFODASI

hammani chaqirib, kengashga

to‘playdi. Odatda, bunday holatlarda

tezlik bilan observatoriyadagi ilmiy

xodimlar va kuzatuvchilardan

iborat muhokama kengashi yig‘iladi.

Kuzatuvchimiz bu an’anaga sodiq

qolib, muhokama kengashi a’zo-

larini to‘plab, ular bilan birgalikda

tasvirlar tahlil qilinadi. Bir necha

soatlik tekshiruv va muhokamadan

so‘ng ma’lum bo‘ladiki, dasturchi

do‘stlarimizdan biri 1-aprel hazili

sifatida bu “sovg‘a”ni kuzatuvlar

boshqaruv komputeriga joylash-

tirib qo‘ygan ekan...

OILAM, FARZANDLARIM

HAQIDA

Oilaliman, ikki nafar far-



zandim bor. Kelajakdagi orzuim —

farzandlarimni Vatanga sodiq

qilib tarbiyalash.

USTOZLARIM

TO‘G‘RISIDA DIL

SO‘ZLARIM

Mening shu darajaga yetishi-

shimda ustozlarimning xizmatlari

katta. Shu o‘rinda  Sh.Egamber-

diyev  va M. Ibragimov hamda

maktab davridagi ustozlarimdan —

R.Haqnazarova, Sh.Abdiyevlarni

alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman

va ularga o‘z minnatdorchiligimni

bildiraman.

Bahodir HAFIZOV,

O‘zR FA Ulug‘bek nomidagi

Astronomiya instituti ilmiy

xodimi

Hurmatli do‘stlar!



Bizga xat yo‘llab, ishlarimiz bilan qiziqqaningiz uchun rahmat.

Javoban shularni aytgim bor...



15

OGIRD


 borki, ustoz

bo‘lishga intiladi. Bu

intilishni jamiyatimiz

hamisha qo‘llab-quvvatlaydi.

Prezidentimizning «Qishloq joy-

laridagi bolalar sporti obyekt-

larida band bo‘lgan ayol sport-

ustozlari mehnatini rag‘batlantirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi

Qarorida ustozlarga yana bir bor

e’tibor qaratildi. Bu mamlakati-

mizda ustozlarga berilayotgan

yuksak e’tiborning izchil davomidir.

Ta’lim muassasalarida ta’lim

sifatini oshirish, o‘qituvchilarga

amaliy-metodik yordam berish,

yosh o‘qituvchilarga ish jarayonini

to‘g‘ri tashkil etish uchun masla-

hatlar berish — bular pedagogik

jamoalardagi tajribali o‘qituvchi-

larning doimiy e’tiborida.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq

ta’limi vazirligi tashabbusi bilan

joylarda «Ustoz — shogird»

maktablari ish boshladi.

Ustoz murabbiylarga xalqimiz

o‘zgacha hurmat bilan qaraydi.

«Ustoz otangdek ulug‘» degan

hikmat bejiz aytilmagan. O‘zimdan

qiyos: 1-sinfda «Alifbo»ni o‘rgat-

gan, maktabda va oliy o‘quv


Download 493.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling