Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 493.35 Kb. Pdf ko'rish
|
Tasavvuf estetikasiga doir tadqiqot ishlarini olib borgan olim A. Qurbonmamadov tasavvufda go‘zallikning uch asosiy bosqichini quyidagicha ko‘rsatib o‘tadi: birinchisi — mutloq o‘zgarmas ilohiy go‘zallik; ikkinchisi — inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan botiniy, ma’naviy go‘zallik; uchin- chisi — mutloq go‘zallikning aksi sifatida namoyon bo‘luvchi narsalar va moddiy olam go‘zalligi. (Qarang: Kóðáàíìàìåäîâ A. Ýñòåòè÷åñ- êàÿ äîêòðèíà ñóôèçìà. — Äó- øàíáå, «Äîíèø», 1983. ñòð.9). Bundan anglanadiki, tasavvuf estetikasi ma’naviy go‘zallikni ulug‘lashi barobarida moddiy go‘zallikka ham befarq muno- sabatda bo‘lmaydi. Bu esa o‘z navbatida tasavvuf hurfikrlilik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ta’limot ekanligidan dalolat beradi. Tasav- vuf ana shu ikki yo‘l bilan insonni tarbiyalaydi, boqiy haqiqat sari boshlaydi. Tasavvufdagi, jumla- dan, naqshbandiya tariqatidagi estetik g‘oyalar axloqiy g‘oyalar bilan uyg‘unlashib ketgan. Zero, naqshbandiya tariqatidagi «Dil — yorda, qo‘l — ishda» tamoyilining mohiyatida ham barkamollik moddiy va ma’naviy asosning uyg‘unligiga, mukammalligiga tayanadi, degan g‘oya mujassam. Tasavvuf ta’limotining ayrim yo‘nalishlarida “Avom shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat, singari tasavvuf bosqichlarini bosib o‘tmay turib, Xudoning go‘zalli- gidan bahramand bo‘la olmaydi”, — degan qarash ustuvor mavqeni egallagan bo‘lsa, ikkinchi bir qarash esa «Olloh hamma uchun sevimlidir» degan g‘oyaga asosla- nadi. Lekin, ahamiyatli jihati shundaki, har ikkala qarash orqali tasavvuf ta’limotining namoyon- dalari Xudoni eng Oliy go‘zallik sohibi sifatida e’tirof etadi va ayni paytda real olam go‘zalligiga befarq munosabatda bo‘lmaydi. Tasavvuf falsafasiga ko‘ra, haqiqiy go‘zallik — bu, Mutlaq Zot Parvardigorning yakka-yu yagona vujudidan iborat. Boshqa go‘zalliklar shu vujud ijodining in’ikosidir. Mutlaq Zotni Al-haq (Real borliq), Ahad (Birlik) deb ham ataydilar. U o‘zi yaratgan olam ashyolarida (olami shahodat, olam- ul xalq) O‘zini namoyon etib, zohirlanib turadi va shu orqali O‘zi O‘zini idrok etadi. Bu cheksiz va mavhum Mutlaq Zotning shahodat (moddiy) olamida tinimsiz jilo- lanishi «tajalliy» deb atalgan. Tajalliy — barcha harakat va faoliyat, tiriklik va hayot ijodkori Parvardigorning o‘zi yaratgan olamda doimo hozir bo‘lishidir. Tasavvufdagi go‘zallik tajalliy orqali namoyon bo‘ladi. Tasavvufda go‘zallik ideali — jami ideallar ideali — Uning O‘zi, Yaratgan deb olinadi. Tasavvufda go‘zallikdan maqsad tafakkur go‘zalligini anglamoq, oliy javhar — Ruhi azaliyga monand narsalarning go‘zalligini qabul qilmoqlikdir. Bu «Dil — yorda, qo‘l — ishda» g‘oyasida go‘zallik bilan ezgulik- ning uyg‘un ekanligiga asoslanadi. Gulandom BAHROMJON qizi, tadqiqotchi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirilishi jarayonida Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizi- mida sifat o‘zgarishlari hosil bo‘ldi. Bu sifat o‘zgarishlari o‘quvchilar, talabalar, aspirantlar yoki ta’limning ma’lum bosqichini tugallab, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotgan yoshlar erishayotgan natijalarda yaqqol ko‘rinadi. Maktab yoki kollej, akademik litsey o‘quvchilari mamlakatimizda, shuningdek, xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida ishtirok etib, yuqori natijalarga erishish uchun intilayap- tilar. Yaqinda Qozog‘istonda o‘tgan 51-xalqaro matematika olimpiadasi ILM YO‘LINING ADOG‘I BO‘LMAS ham nihoyatda hayajonli kechdi. Jahonning turli davlatlaridan kelgan tengqurlari bilan ilmda kuch sina- shib, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-akademik litsey o‘quvchilari — Umidaxon Jo‘rayeva, Ibrohim Akromov, Ja’far Abdu- rahimov, Zarif Ibrohimov, Qorako‘l tumanidagi 52-iqtidorli bolalar maktab-internatining 11-sinf o‘quv- chisi Azizxon Nazarov, Boyovut yengil-sanoat kasb-hunar kolleji- ning 3-bosqich o‘quvchisi Jasurbek Bahromov o‘z iqtidorlarini namo- yish etdilar. Ular jami 4 kumush, 1 bronza medal va rag‘batlantiruvchi diplomga ega bo‘ldilar. Bu, 51-xalqaro matematika olimpiadasiga har bir mamlakatdan, jumladan, bizdan ham olti o‘quvchi qatnashganini hisobga olsak, vakillarimizning har biri yuqori darajadagi natijaga erishgani ma’lum bo‘ladi.
Ammo ayni yutuqlar bilan kifoyalanmaslik kerak — yanada yuksak marralar sari qat’iyat bilan intilish lozim; buni 51-xalqaro matematika olimpiadasi sovrindor- lari bo‘lgan o‘quvchilarimiz, ularning barcha tengdoshlari ham yaxshi bilishadi. Zero, ilm yo‘lining chek-u chegarasi yo‘q. Va, albatta, intilganga tole yor. (Ushbu jurnal muqovasining 2-betidagi 1-rasmga qarang.)
22 NSON
dunyoga kelib aqlini tanibdiki, olamni bilishga intiladi va unga qiyosan o‘zini anglashga harakat qiladi. Zero, u tabiatda sodir bo‘- ladigan turli-tuman sirli hodisalar va ularni harakatga keltiruvchi kuchlar hamda hayotiy oqibatla- rini ma’lum darajada idrok etib, ozmi-ko‘pmi tasavvurga ega bo‘lgach, ayrim amaliy vositalar topib, imkoni darajasida ulardan foydalanishga urinib kelgan. O‘ta muammoli bunday hayotiy ishtiyoq, shubhasiz, dastavval insonni kindik qoni to‘kilgan maskan — Vatanni belgilab olishga undagan. So‘ngra esa mazkur muqaddas diyorda qad ko‘targan obod qishlog‘-u shahar, tumanlar-u viloyatlar hamda o‘lka-yu yurtlarni aniqlab olib, ularning o‘ziga xos tabiati, aholisi va uning turmush tarzi hamda istiqomat qiladigan go‘shalarining qiyofasiga monand nomlar bilan ifoda etishga chorlagan. Masalan, Yer kurrasining sathi jihatidan eng katta qit’asi dunyo xaritasi va globuslarida Osiyo va Aziya shakllarida ataladi hamda hududlari aniq belgilangan, uning markaziy qismi esa O‘rta Osiyo deb qayd etiladi. Jahonda O‘zbekiston nomi bilan shuhrat topgan Vatanimiz esa azaldan O‘rta Osiyoning markaz mintaqasida muqim qaror topgan. Agarda yuqorida tilga olingan Osiyo, Aziya va O‘rta Osiyo makro- toponimlari fonetik jihatdan tahlil etilsa, mazkur leksemalarning har biri alohida ikki mustaqil bo‘g‘inga ajraladi. Ularning birinchi bandi “os” yoki “az”, ikkinchi bandi esa “iyo” yoki “iya” talaffuzida ayrim- ayrim leksemalar bilan ifodalanadi. “Os” va “az” iboralari o‘z navbatida makrotoponimning negizi, ya’ni substratini, ikkinchi bo‘g‘inidagi “iyo” va “iya” shakllaridagi iboralar esa toponimning nom yasovchi birikma — suffiksi, ya’ni morfe- masi sifatida izohlanishi joizdir. Bunday talqinda “os” va “az” iboralari makrotoponimning ma’- nosini belgilab, uning tarixan geografik qiyofasini gavdalantirsa, “iyo” yoki “iya” kabi birikmali morfemalari esa makrotoponim- ning geografik manzil yoki mavze ekanidan dalolat beradi. Ushbu dastlabki ayrim fikr va mulohazalar — tarixiylik nuqtai nazaridan qisman kengaytirib izoh berilsa, — Osiyo makrotoponimi tarkib topib, shakllanish jarayoni yanada oydinlashadi. Chunki mazkur muqaddas diyorning nomlanishi- ning o‘ziyoq, ushbu maskanda dunyoga kelib, voyaga yetgan inson guruhi yoki to‘pi jam bo‘lib birlashgan yer, joy, maydon yoki yurt va mamlakat kabi qator maskanlarni anglatishi mutlaqo shubha qoldirmaydi. Darhaqiqat, o‘tmishda Osiyo, Aziya yoki O‘rta Osiyo “os” yoki “az” va ularning jam bo‘lib birikishi asosida tarkib topgan sak, skif yoki massagetlar kabi qadimgi ajdodlar yurtni o‘zlashtirib, uni o‘z nomi bilan sharaflagani ayondir. Biroq, shunday bo‘lsa-da, tarixan ulkan yurt hayotan qanday omillar asosida Osiyo va Aziya nomlari bilan sharaflanadi? Tabi- atan bunday umumbashariy uzviylik qay tarzda izoh etiladi? Bu kabi o‘ta hayotiy muammoli savollar o‘z-o‘zidan yuzaga chiqishi muqarrardir. Bunday savollarga Toshkent — Nazarbek zilzilalari- ning sabablari borasida o‘tkazilgan jiddiy ilmiy (geografik, geologik, petrografik, litologik va arxeologik) tadqiqotlarning dastlabki natijala- ridan ma’lum darajada ijobiy tushuncha olish mumkin. Holbuki, Osiyo qit’asi, xususan, uning markazida joylashgan Toshkent vohasining tarkib topishi azaldan yerning ichki va tashqi jarayonlari va ularning o‘zaro nisbatiga bevosita bog‘liq holda kechgan. Toshkent zaminida to‘qqiz kilometr chuqurlikdagi tog‘ jinslari orasida ohaktoshlarning qatlamlanishi 400 million yil davomida quruqlik bilan dengiz to‘rt marotaba o‘rin almashganidan dalolat bermoqda. Tetis nomi bilan atalgan oxirgi dengiz esa xalq rivoyatlarida Nuh payg‘ambar davrida harakatga kelgan dahshatli to‘fon natijasi sifatida tilga olinadi. O‘sha zamon- larda dengizni faqat sharq tomon- dan quruqlik o‘rab turgan ekan. Miloddan 30 — 24 million yil avval tektonik harakatlar ta’sirida dengiz garchi o‘lkani butunlay tark etgan bo‘lsa-da, ammo G‘arbiy Tangritov (Tyan-Shan) tizma- laridan boshlangan Kalos, Chirchiq va Ohangaron daryolari miloddan avvalgi 24 millioninchi yilliklardan to 100 minginchi yillar davomida tog‘ cho‘kmalari bilan uzluksiz ulkan chuqurliklarni to‘ldirib, Toshkentning tabiiy poydevorini bunyod etgan ekan. Miloddan avvalgi 100 — 50 ming yilliklarda uning maydonlari kaftdek tekis qiyofaga kirgan. So‘ngra esa u Qoraqamish, Bo‘zsuv, Bo‘rijar, Shibli, Salor va Qorasuv kabi soy MAKROTOPONIMLARI HAMDA «OS», «AZ» va «MANG» ATAMALARI BORASIDA «OSIYO» yoki «AZIYA» I
23 va jarliklar bilan qiymalanib, do‘ng-u o‘rliklar hamda tekislik- lar-u qirliklardan iborat o‘nqir- cho‘nqir-u past-baland yer sathi maydoni yuzaga kelgan. Uzoq o‘tmishda million yilliklar davomida o‘ta murakkab taraqqiyot bosqichlari osha tarkib topgan Osiyo relyefi keyinchalik ham necha bor tubdan o‘zgargan. Tabiati ham o‘zgacha darajotlarda unga mosla- shib, barcha mavjudotlari esa yangi turlar qiyofasida muqimlash- gan bo‘lsa-da, uning o‘ta qiyma- langan sirtining qadimiy tarixiy manzarasining in’ikosi ayrim oronim va gidronimlarda ma’lum darajada muhrlanib qolgan. Masalan, O‘rta Osiyoning marka- ziy qismida yastangan Turon pasttekisligi; Yassi dashti — Dashti qipchoq; Yassi — Ahmad Yassaviyning ona shahri (Turkiston); Peshqoq — (hozirgi Beshkek) — qo‘y otarlari suvloti; Yassiko‘l (hozirgi Issiqko‘l); Yalang‘och — ochiq tekisliklar, ya’ni yalanglik; Bo‘z — qo‘riq yer yoki qo‘riqxona kabi atamalarda nafaqat land- shaftning ayrim qismi yoki suv manbalari, balki ularning ifodali shakllarda ham O‘rta Osiyo sathi- ning qadimiy jilosi o‘ziga xos tasvirda namoyon etilishidan dalolat beradi. O‘rta Osiyoning o‘ta murakkab tabiiy geografiyasi shakllanib yuzaga kelgan bosqichda, shubha- siz, inson nasli daryo vodiylarida hayot kechirmagan. Holbuki, u ilk o‘tmishda tog‘li hududlarda, asosan, ungur va g‘orlarda muqim qaror topgan edi. O‘zbekistonning tog‘li mintaqalarida qayd etilib o‘rganilgan 20 dan ortiq tosh asriga oid nodir arxeologik yodgorliklar: Selungur (Farg‘ona), Ko‘lbuloq (Ohangaron), Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq, Zeribuloq (Samar- qand), Teshiktosh (Boysun), Obirahmat (Bo‘stonliq) kabi ibtidoiy manzilgohlar ovchi, terimchi va baliqchi to‘dalari yashagani tarixiylik hamda geo- grafik jihatdan tasdiqlaydi. Zero, mazkur osori atiqalar ilmiylik jihatdan nihoyatda kuchli daliliy isbotdir. Fikrimizcha, mazkur manzil- larda qaror topgan odam zotining hayoti, shubhasiz, nihoyatda og‘ir kechgan. Yashamoq uchun u tinmay harakat qilgan. Avval hayotiy omillar izlab yer sathini kezgan, uni sinchiklab ko‘zdan kechirgan. So‘ngra yemakliklar topgach, xilvatroq yerga joylashib olgani ajablanarli emas. Modomiki, tabiatning ongli a’zosi qiyofasida yaratilgan inson, garchi yer yuzi- dagi noz-ne’matlarning tarqalgan joylarini belgilab, uning hosilali mevalarini iste’mol etgan bo‘lsa- da, ammo bunday barakatli maskanni nomlashdek ruhiy salo- hiyatga hali ega bo‘lmagan. Arxeologik qadriyatlar ko‘la- midan ayon bo‘lishicha, miloddan avvalgi 4 — 2 ming yilliklar davomida ona urug‘doshligi zamo- nida odamzot to‘plari tobora ortib, aql-idrokli avlod voyaga yetgan. So‘ngra ona urug‘doshli jamoalari tashkil topgan. Ular tog‘ yonbag‘ri, jar, ko‘l, suv adoqlari bo‘ylari, buloq, ko‘lmakli qoq atroflari va o‘tloqli marg‘iy yerlarda qaror topgan bo‘lsa-da, g‘or-u ungurlarni hamon tark etilmagan ekan. Chunki ularning hayoti ov va terimchilik bilan muttasil bog‘liq bo‘lgan. Shu boisdan o‘zlashtirilgan yangi joylar ham turdosh nomlar bilan belgilan- gan bo‘lishi taajjublanarli emas. Miloddan avvalgi 6 — 2 ming yilliklarda ona urug‘doshligi rivoj- langan zamonda xo‘jaliklarda mis va jez (bronza)dan xomashyo sifa- tida foydalanishga o‘tilgan. Mazkur ma’danlardan dastavval muqaddas siymo — Ona va odamlarni hayotiy ozuqa — go‘sht, moy, teri va jun bilan ta’minlagan turli zot, ov hayvonlarining haykalchalari, so‘ngra esa ayollar zebi-ziynatlari, ro‘zg‘or buyumlari-yu asboblar hamda mehnat qurol-yarog‘lar yasalgan. Ayollar kashfiyoti bilan urug‘-u qabila hamda jamoalar- ning qorni to‘qlanib, kiyintiradigan ilk chorvachilik, dehqonchilik va kasana hunarmandchiligi kabi ishlab chiqaruvchilik xo‘jaliklariga asos solingan. Miloddan avvalgi birinchi ming yilliklarda esa temirni otashgohda toblab xomashyo sifa- tida foydalanish joriy etilgach, insoniyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida keskin taraqqiyot boshlangan. Avvalo, otalar rahna- moligida oila, urug‘ va qabilalar birlashuvi asosida jamoalar va ularning alohida mulklari, el-u elatlari tashkil topgan. Osiyoning bepoyon dashtlik va pasttekislik- larida ko‘chmanchi chorvachilik xo‘jaliklari rivojlanib, alohida yaylovlardan iborat ulkan yurt qaror topgan. Daryo vodiylari esa o‘troq dehqonchilik paykallariga aylan- tirilib, ayrim qishloqlar-u qal’alar qad ko‘targan. Ularning o‘ta qurama ziroatkor va hunarmand aholisi shakllangan. Taraqqiy etgan xo‘jalikda hayot kechirgan qishloq jamoalari va ko‘chmanchi hamda yarim o‘troq chorvador urug‘-u qabilalar o‘rtasida, shubhasiz, o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatilib, mahsulotlarni ayirbosh- lash, savdo munosabatlari muqim- lashgan.
Shunisi e’tiborliki, chorvador urug‘-aymoqlar hamda o‘troq dehqon sohibkor jamoalar o‘r- nashgan el-yurt, muzofot yoki ayrim turarjoylarning lisoniy asoslaridan aniq ayon bo‘lishicha, miloddan avvalgi 2 — 1 ming yil- liklardanoq Osiyoning shimoliy qismida chorvachilik bilan hayot kechirgan qabilalar asosan turkiy tilda so‘zlashuvchi bo‘lganlar va
24 uning janub va janubi-g‘arbida istiqomat qilgan qadimgi o‘troq jamoalar esa fors-eroniy tilli bo‘lganidan dalolat bermoqda. Turkiy urug‘ va qabilalar o‘z kelib chiqish ibtidosi — ongon — totemlari: “az”, “os”, “uz” va “mang” (ming) kabi shakllardagi qator turdosh otlar bilan, o‘troq qishloq jamoalari esa turarjoylari- ning tabiiy belgilariga taqlidan shakllarda, masalan, Baxtar — oqar (oyoq) suv; Sug‘d — g‘oru- g‘ut (ungur) tomon; Surxon — qizil (loyqali) daryo; Xorazm — xush — yaxshi (mustahkam) qal’ali yerlar kabi dongdor nomlar tarzida ifoda etganlar. Mazkur turkum turdosh va nomdor atamalar qanday shakl- larda qayd etilib, ifodalanmasin, fikrimizcha, ular O‘rta Osiyoning geografik xaritasida belgilangan eng qadimiy yurt va mavzelarning dastlabki ilk nomlanishidan guvohlik beradi. Turarjoylarning hududiy chegaralari belgilanib, atoqli nomlari qat’iy muqimlasha boshlagan jarayonda nom yasovchi morfema sifatida turdosh otlar makro va mikrotoponimlarning asosiy negizi shaklida atoqli nomlarni yuzaga keltirgan. Miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarim — I ming yillikning birinchi yarmida chorva- chilik xo‘jaligi kengayib, u uch mustaqil tarmoqlar: podachilik, yilqichilik va qo‘ychivonliklarga ajralib, chorva boshqaruvida kasbiy sohalar tashkil topadi. Oqibatda o‘tloqlardan iborat bepoyon keng umumyurtning sharqiy qismida, asosan shoxli yirik qoramol (sigir, ho‘kiz va qo‘tos) podalari, g‘arbiy qismida esa deyarli yilqi podalari (ot, tulpor va arg‘umoq biyalari) uyurlari va uning janubi-sharqiy yayloqi dashtlarida faqat qo‘y (qo‘zi, echki va uloq) otarlari boqilgan. Uch toifali mazkur soha chorvachilarini o‘troq aholi kasbiga asosan, “os”, “az” va “mang” yoki “ming” kabi turdosh nomlar bilan atagan. Ushbu kasb otlariga “qo‘noq” ma’nosidagi “iyo” va “iya” kabi qo‘shimchalar biriktirilib, mulkdor chorvachilar- ning o‘tloqlaridagi yozgi qaror- gohlarining nomi belgilangan. Natijada Yer kurrasining eng katta qit’asining sharqiy qismi “Osiyo”, ya’ni oslar yurti, g‘arbiy qismi esa “Aziya” yoki azlar mamlakati kabi ma’nolarda, ikki shakldagi makro- toponimlar bilan nomlangan. Osiyoning janubi-sharqiy qismi- dagi o‘tloqlarda asosan, qo‘y — mang otarlari boqilgani bois ushbu o‘lka “Manglu”, ya’ni qo‘ychivonlar yaylovi deb ifoda- langan. Keyinchalik Osiyodan Amudaryo janubiga tomon siljigan oslarning kattagina qismi egallab olgan hududlari — Xuroson (Haroson), ya’ni katta oslar va Eronning janubi-sharqiy qismiga borib o‘rnashgan saklarning joylashgan yerlari esa Sakiston (hozirgi Seyiston) nomlari bilan shuhrat topgan. Tarix sahifalarida qayd etilgan joy nomlari, shubhasiz, hali qardosh xalqlar shakllanmasdan bir necha asr muqaddam yashagan va mazkur diyorga nom berib, uni obod etishdek xayrli, umum- bashariy faoliyatga dastlab qo‘l urgan qadimgi ajdodlar siymosi bilan bevosita bog‘liqdir. Xulosa qilib aytganda, Osiyo va Aziya hamda uning markaziy qismida joylashgan O‘rta Osiyo- ning landshafti buyuk qudratning boqiy jilosi, tarixan ulkan qit’aning fazilatli atoqli nomlari esa insoniyat hayotining barakatli, noz-ne’mat- lari maskani qutlug‘ sharafining boqiyligini anglatib turadi. Abdulahad MUHAMMADJONOV, akademik 11. 2010 — 2015-yillarda har bir mahalla, daha va mikro- tumanda bolalar maydoncha- larini tiklash va tashkil etish dasturini ishlab chiqish. U quyi- dagilarni nazarda tutadi: ilgari tashkil etilgan bolalar maydonchalarini rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish, turar- joy dahalari va mahallalarda rekreatsiya zonalari tashkil etish; aholi punktlari va mahallalarda tashkil etilgan bolalar maydon- chalarini obodonlashtirish va «Barkamol avlod yili» Davlat dasturidan ko‘kalamzorlashtirishni tashkil etish;
respublikaning har bir tuma- nida (shahrida) beshta rag‘bat- lantiruvchi mukofot ta’sis etgan holda «Eng yaxshi bolalar may- donchasi» tanlovini o‘tkazish; turarjoy dahalaridagi qurilishi tugallangan hududlarda va hududlarni rivojlantirish bosh rejalarida nazarda tutilmagan hududlarda har qanday obyekt qurilishini taqiqlaydigan normani joriy etish. Bajarish muddatlari 2010-yil III chorak, 2010 — 2015-yillarda amalga oshirish. Taqdim etiladigan hujjatning shakli, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyi- hasi. Aholining dam olishi, estetik tarbiyasi va sog‘lomlashtirilishi uchun zarur bo‘lgan shart-sha- roitlarni yaratish tadbirlari rejasi. BOLALAR MAYDONCHALARI — E’TIBORDA 25 4 «Sog‘lom avlod uchun», 2010-yil, 8-son. A’RIFATPARVAR va
adabiyotshunos Po‘lat- jon Qayyumovning tazkirasida “Oshiq II” nomi ostida bir shoir haqida qisqacha ma’- lumot beriladi. Muallif bu shoir- ning O‘sh shahridan ekanligini va bir kitob muqovasida uning Muqimiy vafotiga bag‘ishlangan yetti bayt she’ri borligini ta’kidlab, undan 4 misrasinigina keltiradi. 1 Shuningdek o‘sha yerda, “Bu kishi muftiyzoda Muhammad A’lam bo‘lishi ehtimoldur. Rojiy Marg‘i- loniy bu kishining o‘ziga vafot tarixi yozmishdur...” degan mulo- haza ham bildirilgan. Bundan o‘zga mazkur Oshiq- ning tarjimai holi haqida biror bir boshqa ma’lumotga duch kelmadik. O‘zbek adabiyoti tarixini yori- tuvchi manbalar va tadqiqotlarda ham u haqida hech bir ishoraga ko‘zimiz tushmadi. Sharq adabiyoti tarixida esa “Oshiq” taxallusi bilan ko‘plab shoirlar ijod qilganlar. Misol uchun, yana Po‘latjon Qayyumiy- ning “Tazkiratush-shuaro” asarida “Oshiq” va “Oshiqiy” taxallusli o‘n bir shoir haqida ma’lumot bor. 2 Ammo ularning barchasi temuriy- Download 493.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling