Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 493.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana20.09.2017
Hajmi493.35 Kb.
#16103
  1   2   3   4   5   6   7

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal

Barkamol avlod — Vatanning baxti

BU SONDA:

8 ( 172)- son

2 0 1 0 - y i l ,

a v g u s t

Muqovamizda:

B i r i n c h i     b e t :

Muassislar:

  O‘zbekiston Respublikasi

  Xalq ta’limi vazirligi

«Sog‘lom avlod uchun»

Xalqaro xayriya jamg‘armasi

«Sog‘lom avlod uchun» jurnali

O‘zbekiston  Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

1995-yil 13-aprel 127-sonli

qaroriga asosan

«Maktabgacha tarbiya» jurnali

negizida tashkil etilgan.

1996-yil yanvardan

chiqa boshlagan.

©

 

«Sog‘lom avlod uchun»



Yosh xonanda Janibek

Piyazov «Nihol» mukofotining

2010-yilgi sovrindorlaridan

biri bo‘ldi.

Muhammad  AMIN

 suvratga tushirdi.

Mustaqillik ufqlari

Alp o‘g‘illar, alp qizlar, davomchimiz sizlar

                                    2

Barkamol avlod — mamlakat kelajagi

«Nihol» sahnasida

                                                                 4

Alpomish avlodlari

Jahon olimpiya harakati bilan uyg‘unlikda

                                                  6

Karvon qo‘ng‘irog‘i

Kelajak avlodlar oldidagi burch

                                                  8

31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

Mangu ehtirom

                                                                   11

Ibn Sino darsxonasi

O‘zlikni namoyon qilish, maqsadga erisha bilish

                                12

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatidan

«Ustoz — shogird» maktabi saboqlari

                                         15

2010-yil — Barkamol avlod yili

Bunda kuy, soz bor, ohang bor, jo‘rovoz bor

                                   16

Maktabgacha ta’lim

Ijodkorlik har kuni kerak

                                                       18

Hakimlar va hikmatlar

Go‘zallik bilan ezgulik uzviy

                                                    20

Vatannoma

«Osiyo» yoki «Aziya» makrotoponimlari hamda «os», «az»

va «mang» atamalari borasida

                                                              22

Sog‘lom oila

Ishimizning maqsadi — oilaviy hayotga tayyorlash

                             28

Jamg‘arma faoliyati

«Kichkintoy — shirintoy» sport musobaqasi davom etmoqda

                        30

Xizr suvi

Tabiiy muvozanatni asrab

                                                       31


2

A M L A K A T I M I Z

mustaqilligining muhim

vazifalaridan biri — jami-

yatning barqaror rivojlanishi

hamda sog‘lom turmush tarzini

ta’minlashdir.

Jamiyatni sog‘lomlashtirish va

sog‘lom ijtimoiy muhitni qaror

toptirish eng dolzarb, obyektiv

zaruriy omillardan biri ekanligi

xalq salomatligi, uning turmush

tarzini yanada takomillashtirish

orqaligina amalga oshirilishida o‘z

isbotini topmoqda. Zero, xalq

salomatligini saqlash, mustah-

kamlash tabiiy muhit bilan bir

qatorda ijtimoiy muhitning holati

bilan chambarchas bog‘liqdir.

Binobarin, inson biosotsial salo-

matligini asrash yo‘li orqali

ijtimoiy muhit holatini mo‘tadil

saqlashga intilish — davlat

ahamiyatiga molik vazifalardan

hisoblanadi. Shuni ham alohida

e’tirof etish lozimki, faqat tana

salomatligi muvaffaqiyatlar garovi

bo‘la olmasligi mumkin. Tana

salomat bo‘lgani bilan ruh, fikr

nosog‘lom bo‘lsa, albatta, bunda

ham noqulay vaziyatlar yuzaga

keladi. Bu esa, jamiyatga, sog‘lom

turmush tarziga salbiy  ta’sir

ko‘rsatishi mumkin.

Shu bois ham O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Islom

Karimov, «Azizlarim, Alloh taolo

bergan sog‘ligimizni asraylik!

Chunki, sog‘lom odamgina

chinakam baxtli bo‘ladi, chunki

faqatgina sog‘lom xalq, sog‘lom

millat buyuk ishlarga qodir

bo‘ladi!», — deb ta’kidlaydi.

Demak, insonning jismoniy

salomatligi hamda ma’naviy-

axloqiy kamolotida ijtimoiy

muhitni takomillashtirish bugun-

gi kunda eng dolzarb vazifalardan

bo‘lib qolmoqda.

Istiqlol tufayli shaxsning erkin

rivojlanishiga keng yo‘l ochildi.

Bu esa, jamiyatdagi hurfikrlilik,

ko‘ppartiyaviy siyosiy muhitni

vujudga keltirdi, mulk muno-

sabatlari o‘zgardi, unga yangicha

munosabat shakllandi va erkin

rivojlanishga  davlat mulkining

hukmronligi tugatilib, xilma-xil

mulk shakllarining paydo bo‘lishiga

va shu orqali jamiyatdagi ijtimoiy

muhit va tarbiyaning tubdan o‘zga-

rishiga olib keldi. Chunki, inson

tug‘ilib, yashab, ijod qilar ekan,

u biron-bir muhit ta’sirida bo‘ladi.

Muhit tushunchasi o‘rganilayot-

gan predmetga ta’sir qiluvchi

hodisa, jarayon va sharoitlarning

majmuasini aks ettiradi.

Hech shubhasiz, kelajagimiz

poydevori bo‘lgan yoshlarni

komillikka yo‘naltirib tarbiyalashda

sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish,

ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh

qilish, milliy qadriyatlarni tiklash

va e’zozlash muhim jarayondir.

Zero, Prezidentimiz aytganlaridek:

«Faqatgina chinakam ma’rifatli

odam inson qadrini, millat qadri-

yatlarini, bir so‘z bilan aytganda,

o‘zligini anglash, erkin va ozod

jamiyatda yashash, mustaqil

davlatimizning jahon ham-

jamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li

o‘rin egallashi uchun fidoyilik

bilan kurashishi mumkin». Shu

bois, ijtimoiy muhit va tarbiya —

sog‘lom turmush tarzini vujudga

keltirishning muhim jihatlari

ekanligini alohida ta’kidlash lozim.

Bu esa oldimizga qator mas’uliyatli

vazifalarni qo‘yadi.

Albatta, mustaqil fikr yurita

oladigan, jamiyat va shaxs man-

faati uchun zarur bo‘lgan moddiy

va ma’naviy boyliklar yaratishga,

hayotni aniq manfaat va maqsadga

muvofiq istiqbolli tomonga o‘zgar-

tirishga qodir komil insonni

ijtimoiy muhitning ham obyekti,

ham subyekti sifatida o‘rganish

eng muhim muammolardan biri

bo‘lmog‘i lozim.

Modomiki, shunday ekan,

ijtimoiy muhit va tarbiya jara-

yonlarining uzviy aloqadorligini

falsafiy tahlil etish bugungi kunda

tadqiqotchilar oldida turgan dolzarb

ilmiy-nazariy va amaliy vazifadir.

Aytish joizki, o‘zbek xalqi

ma’naviyatining uzviy qismi bo‘l-

gan tarixiy-milliy qadriyatlarimiz

mustaqilligimiz tufayli qayta

tiklanmoqda, voyaga yetib kela-

yotgan yosh avlod bu jarayonlarda

komil ishonch bilan faollik ko‘r-

satmoqda, ularda vatanparvarlik,

millatparvarlik hislari qaror top-

moqda. Bu esa ular ong-u shuuriga

milliy mafkurani singdirish orqali

optimal ijtimoiy muhitni yaratish

va tarbiya tamoyillarini takomil-

lashtirish zaruriyatini vujudga

keltiradi. Shu bois ham, bugungi

yoshlarimizni ma’rifatli, dono,

axloqan pok, bir so‘z bilan

ALP  O‘G‘ILLAR,  ALP  QIZLAR,

DAVOMCHIMIZ  SIZLAR

Barkamol avlod tarbiyasida sog‘lom ijtimoiy muhitni qaror toptirishga doir

M


3

aytganda, mukammal insonlar

etib tarbiyalash — muqaddas

burchimizdir.

Mantiqiyki, barkamol avlod

tarbiyasida ijtimoiy muhitni sog‘-

lomlashtirish va jamiyat ilgari

surayotgan dolzarb muammolarni

hal qilishda O‘zbekiston Respubli-

kasi Prezidenti Islom Karimov

ta’limotidan nazariy-metodologik

asos sifatida samarali foydalanish

lozim. Zero, mamlakatimizda ta’-

lim tizimini isloh etishning asosiy

qo‘llanmasi bo‘lgan «Kadrlar

tayyorlash milliy dasturi»ning

yuzaga kelishi — eskicha usulda

tayyorlangan kadrlar bilan yangi-

cha ishlab bo‘lmasligida ham

oydinlashdi. Buni Yurtboshimiz

«Tafakkur» jurnalining bosh

muharriri bilan bo‘lgan suhbatida

yana bir bor ta’kidladilar: «Men

ko‘p yillar davlat rejalashtirish

idoralarida ishlaganman. Xizmat

taqozosiga ko‘ra fan va ta’lim

masalalari bilan ham shug‘ullan-

ganman. Shu sababli, sovet ta’lim

tizimining barcha jihatlarini

yaxshi bilaman, deb ayta olaman.

Bizga meros bo‘lib qolgan

ta’lim-tarbiya tizimining ma’lum

bir ma’qul  jihatlari bilan bir

qatorda uning eng nomaqbul

tomoni shundan iborat ediki,

o‘quv jarayonida o‘quvchi va

talabalarni mustaqil va erkin

fikrlashga yo‘l qo‘ymaslik, har

qaysi o‘quv yurtini bitiruvchi-

larning bilimiga qarab emas,

avvalo, ularning sobiq sovet

tuzumiga va soxta g‘oyalarga

sadoqatini hisobga olib baholash

va hayotga yo‘llash tamoyili asosiy

o‘rinni egallar edi. Ko‘p joylarda

sifat o‘rniga son ketidan quvish

ustunlik qilardi. Ko‘pchilik haqiqiy

bilim yoki malaka orttirish maqsa-

dida emas, amal-taqal qilib

diplomli bo‘lib olish  ilinjida

texnikum yoki institutlarga kirar

edi. Bu tuzumdan bizga qolgan

meroslar ichidagi shunga o‘xsha-

gan salbiy asoratlarni, afsuski,

hozir ham sezib turibmiz.

Bu tizim vataniga, xalqiga,

millatiga fidokor, mustaqil fikr-

laydigan, biron-bir masalani ongli

ravishda, mas’uliyat bilan hal

qiladigan, izlanuvchi, yangilikka

intiluvchi kadrlarni emas, asosan

sayoz saviyali kadrlarni, mute

kishilarni ming-minglab yetishtir-

gan edi. Jamiyatimizni yangilash,

islohotlarni hayotga tatbiq etish,

bozor iqtisodiyoti asoslarini barpo

qilishga o‘tar ekanmiz, ana shun-

day ongi qotib qolgan, azm-u

shijoatdan yiroq, el-yurt manfaati

uchun kuyib yonmaydigan

kadrlar muttasil ravishda ishning

beliga tepib turishini his qildik,

ochig‘ini aytsam, hozir ham

sezyapmiz».

Tabiiyki, ijtimoiy tuzum

o‘zgarishi bilan ijtimoiy muhit

o‘zgaradi. Ijtimoiy muhitning

asosiy funksiyalaridan biri —

shaxsning xatti-harakati, uning

taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omil-

lar yig‘indisidir. Ijtimoiy muhit

shaxs imkoniyatlarini shakllan-

tirib, hayotga joriy etadigan, har

bir inson jamiyat hayoti bilan

bevosita aloqadorligidagi aniq

ijtimoiy faoliyat va muloqot

maydonini namoyon etadi. Shu

boisdan ham globallashuv

sharoitida — xalqaro terrorizm,

diniy ekstremizm va fundamen-

talizm kabi turli g‘ayriinsoniy

oqimlar mavjudligi, mintaqaviy

nizolar, giyohvand moddalar va

qurol-yarog‘ bilan noqonuniy

savdo qilish, transnatsional

uyushgan jinoyatchilik, odam

savdosi va boshqa salbiy holatlar

jamiyatning barqaror taraqqiyotiga

salbiy ta’sir qilib kelmoqda.

Bunday o‘ta zararli illatlar

mafkuraviy ta’sirlarga berilmay-

digan barkamol avlodni tarbiya-

lash, ijtimoiy muhitning tamoyil

va omillarini yanada mustahkam-

lash lozimligini ilmiy asoslashni

talab qiladi. Bu shuning uchun

ham zarurki, mustaqil fikr

yurituvchi komil insongina ijobiy

narsalarni bunyod qilishga, zarur

moddiy va ma’naviy boyliklar

yaratishga, hayotni yaxshi to-

monga o‘zgartirishga qodir bo‘la

oladi.

Shu boisdan ham O‘zbekiston



Respublikasi davlat mustaqilligi

e’lon qilingan birinchi kunlar-

danoq hurfikrli, mutelik va

jur’atsizlikdan xoli bo‘lgan, o‘z

bilimi va kuchiga ishonib yashay-

digan insonni tarbiyalashga katta

ahamiyat berilib, jamiyatda

sog‘lom turmush tarzini qaror

toptirishga qaratilgan qator islo-

hotlar amalga oshirildi. Jumladan,

O‘zbekiston Respublikasi Prezi-

dentining 2002-yil 25-yanvar PF-

3017-sonli «Aholining ijtimoiy

himoyaga muhtoj qatlamlarini

aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-

quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘ri-

sida»gi, 2003-yil 26-fevral PF-

3214-sonli  «Sog‘liqni saqlash

tizimini yanada isloh qilish chora-

tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2004-yil

21-may PF-3431-sonli «2004—

2009-yillarda Maktab ta’limini

rivojlantirish Davlat umummilliy

dasturi to‘g‘risida»gi, 2005-yil

14-sentabr PF-3659-sonli «Ish

haqi,  pensiyalar,  stipendiyalar  va

ijtimoiy nafaqalar miqdorini

oshirish to‘g‘risida»gi Farmonlari,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 1994-yil 24-

avgustdagi 434-sonli qarori bilan

tasdiqlangan «Kam ta’minlangan

oilalarni hisobga olish, ularga

moddiy yordam tayinlash va to‘-

lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom,

1994-yil 24-avgust 319-sonli

«Bolalikdan nogironlarga, qariya-

larga va mehnatga layoqatsiz

fuqarolarga nafaqalar tayinlash va

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

MUSTAQILLIGINING 19 YILLIGI


4

to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi qarori,

1996-yil 10-dekabr 437-sonli

«Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-

quvvatlashni kuchaytirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida»gi, 1996-yil

10-dekabr 437-sonli «Bolali

oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvat-

lashni kuchaytirish chora-tadbir-

lar to‘g‘risida»gi qarorlari hamda

O‘zbekiston Respublikasining

1997-yil 29-avgust 464-I-sonli

«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni kabi

misollarni ko‘plab keltirish

mumkin.

Xulosa o‘rnida shuni alohida



ta’kidlash joizki, XXI asr, ya’ni

globallashuv davrida shaxs murak-

kab bir ijtimoiy muhit sharoitida

faoliyat ko‘rsatmoqda. Inson

yashayotgan zamini, tinch va

barqaror kechirayotgan hayoti-

ning mohiyatini to‘la anglashi,

AMLAKATIMIZ

 yosh-

lari o‘zlariga yaratib be-



rilgan keng imkoniyat-

lardan oqilona foydalanib, iste’dod

va qobiliyatlarini namoyon

etmoqdalar. Bundan o‘n yil avval

— 2000-yili Prezidentimiz tashab-

busi bilan Vazirlar Mahkamasi-

ning «Yosh iste’dodlar uchun

«Nihol» mukofotini ta’sis etish

to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilin-

gan edi.  Endilikda har yili musta-

qillik bayrami arafasida «Nihol»

mukofoti sovrindorlarining e’lon

qilinishi an’ana tusini oldi. Ularning

ko‘pchiligi  ushbu nufuzli tanlovga

qadar ham o‘z san’atlari bilan xalq

nazariga tushib, ustozlar e’tirofiga

sazovor bo‘lishgan. Darvoqe, har

yili «Nihol» mukofotiga nomzodini

qo‘ygan yoshlar orasidan eng

munosiblarini tanlab olish hay’at

a’zolari uchun oson kechmaydi.

Chunki, ularning har birining o‘z

ijro yo‘li, shirali ovozi, tug‘ma

iste’dodi bor. O‘tgan davr mobay-

nida «Nihol» mukofotiga sazovor

bo‘lgan yoshlar orasidan o‘n olti

nafari «O‘zbekistonda xizmat

ko‘rsatgan artist» unvoniga sazovor

bo‘ldi.

2006-yildan buyon «Nihol»



mukofoti nomzodlari o‘rtasidagi

tanlov jarayoni 3 bosqichli tizimda

o‘tkazib kelinmoqda. Bundan

ko‘zlangan asosiy maqsad, yurti-

mizning barcha hududlarida ijod

etayotgan iqtidor egalari erishgan

yutuqlarni el e’tiboriga yetkazish

va targ‘ib qilishdan iboratdir.

«Nihol» mukofotining bu yilgi

saralash bosqichlarida 10 mingga

yaqin iste’dodli  yoshlar ishtirok

etdi. Tanlovda ular  estrada san’ati,

mumtoz musiqa, raqs san’ati va

opera ijrochiligi yo‘nalishlarida

mahoratlarini namoyish qildilar. Bu

esa O‘zbekiston yoshlarining san’-

atga bo‘lgan muhabbatini oshiradi.

Bu yil mumtoz qo‘shiq yo‘na-

lishida — Lola Maxamatdinova

(Qoraqalpog‘iston Respublikasi),

Jonibek Piyazov (Qoraqalpog‘iston

Respublikasi), Ro‘zixon Nurma-

tova (Andijon viloyati), Yulduz

Turdiyeva (Buxoro viloyati),

Sayyora Mamatqulova (Farg‘ona

viloyati), estrada san’ati bo‘yicha

— Malika Egamberdiyeva  (Naman-

gan viloyati), «Durdona» guruhi

(Toshkent shahri), Madinabonu

Musayeva (Toshkent shahri), raqs

qadrlashi, ya’ni ijtimoiy muhit

obyekti sifatida namoyon bo‘lishi

lozim. Shulardan kelib chiqib,

mamlakatimizda ijtimoiy muhit-

ning ta’lim-tarbiya jarayonidagi

o‘rni, qo‘yilgan muammo bilan

bog‘liqligi bu masalalarning ijobiy

hal bo‘lishi bilan belgilanadi deya

olamiz.

Gulsanam TILLAYEVA,



falsafa fanlari nomzodi

san’ati bo‘yicha — Nigina Shorah-

metova  (Toshkent viloyati), Dilnoza

Artiqova (Xorazm viloyati), opera

ijrochiligi bo‘yicha — Ma’sumaxon

Boltaboyeva (Toshkent shahri),

Barnoxon Ismatullayeva (Toshkent

shahri) «Nihol» mukofoti sovrin-

dorlari bo‘lishdi.

«Shu kungacha sahnaga

chiqqanimda hayajonlanardim,

ammo bugungi hayajonim bosh-

qacha. Tengdoshlarimni  ushbu

sahnada ko‘rar ekanman, ularning

nigohlaridagi ishonch, mas’uliyat

va so‘nmas shijoatni kuzatdim.

Istardimki, bu  ishonch barcha

«nihol» chilarga  qanot baxsh etib,

yangi ijodiy parvozlarga chorlasin»,

— dedi Yulduz Turdiyeva.

Yosh iste’dodlarni kuzatar

ekansiz, ularning ijrosidagi kuy-

qo‘shiq  va raqslardan  zavq olasiz,

mustaqilligimizga, farovon hayoti-

mizga  shukronalar aytasiz. Zero,

tinchlikning har bir oni —  shodi-

yona. Ijod esa ertangi kun samara-

lariga, yutuqlarga, shuningdek,

san’atimiz, madaniyatimizning

yanada yuksak rivojiga  zamin

hozirlaydi.

Dilafruz IMOMOVA

M

«NIHOL»  SAHNASIDA



«NIHOL»  SAHNASIDA

«NIHOL»  SAHNASIDA

«NIHOL»  SAHNASIDA

«NIHOL»  SAHNASIDA

BARKAMOL  AVLOD — MAMLAKAT  KELAJAGI


5

Azal-azaldan musiqa insonning

estetik tarbiyasida muhim o‘rin tutib

kelgan. Ota-bobolarimiz kuy tinglab,

uning ohangidan rohatlanishgan.

Lekin XX asrning  turli  musiqiy

uslublar ta’sirida ba’zi yoshlar

kishini aqlidan ozdiradigan kuylar-

ning domiga tusha boshlagan.

Bugungi kunda esa kuni kecha unuti-

lish darajasiga borgan kuy-qo‘shiq-

larimiz  yoshlarimizning asosiy qismi

tomonidan yana kuylanmoqda,

muxlislar tomonidan olqishlan-

moqda.

Shu yilning may oyida Mirzo



Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston

Milliy universiteti Talabalar kasaba

uyushma qo‘mitasi tomonidan o‘tka-

zilgan “Latofat — 2010” ko‘rik-

tanlovida “Sallamno” deb nom-

langan milliy musiqamizni tinglab,

men o‘zim ham o‘sha, yengil-yelpi

musiqa ta’sirida bo‘lganimni angla-

dim, kuy-qo‘shiqlarimizning qay

darajada jozibali ekanligini ularni

tinglagandagina his qilish mumkin-

ligini tushundim. Bu kuylar zamo-

naviy texnikaning “ko‘magiga”

muhtoj emas, faqatgina milliy sozlar

va ularni “sayratuvchi” cholg‘uchilar

bo‘lsa — kifoya.

Dunyodagi ko‘pchilik mamla-

katlarda milliy musiqa asboblari

yordamida ijro etiladigan kuylar

mashhurdir. Nima sababdan shotland

xalqining sevimli cholg‘u asbobi

bo‘lmish shotland  nayi butun

Yevropada mashhur ekanligini aynan

bu musiqa asbobidan taraladigan

sadolardan ham bilish mumkin.

Jahonga tanilgan mashhur basta-

korlarning o‘lmas asarlari hali-hanuz

turli davlatlardagi opera va balet

teatrlarida qo‘yilayotganligiga sabab

aynan ularning kishi qalbini jun-

bushga keltiradigan ohangidadir.

Bizning mamlakatimizda ham

musiqiy tarbiya yordamida yoshlarni

tarbiyalashga e’tibor juda katta,

ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi

bilan 2008-yilda qabul qilingan,

bolalar musiqa va san’at maktab-

larining moddiy-texnik bazasini

mustahkamlash va ularning fao-

liyatini yaxshilash bo‘yicha 2009 —

2014-yillarga mo‘ljallangan davlat

dasturi amalga oshirilayotgani

naqadar uzoqni ko‘zlab qilingan ish

ekanligini tushunish mumkin. Zero,

shunday sharoitda yoshlarimizni

milliy va jahon musiqiy merosi bilan

tanishtirish juda katta ahamiyatga

ega. “Shashmaqom”, katta ashulalar

— umrboqiy asarlar. Umuman,

mumtoz kuylarni bugun qaysi

ijodkor zamonaviy usulda ijro eta

olsa, u o‘z muxlislariga ega bo‘l-

moqda. Bunga misollar ko‘p.

Milliy cholg‘u vositalarida

yaratilgan musiqalar unchalik

ommalashmaganini ko‘rgach,

turkiyalik bastakor Kirach bir necha

yillar ijodiy izlanib, ayni yoshlar

xohlayotgan ohanglarni yaratishga

muvaffaq bo‘ladi. “Zamonaviy yosh-

lar ommaviy musiqalarni yoqtirisha-

di va aynan o‘shanday kuy-qo‘shiq-

lar yozilgan disk va plastinkalarni

oladilar, — deydi u.  — Shu sabab-

dan eskicha   qolipda   ijro etuvchi

sozandalar bugun hech kimga kerak

bo‘lmay qolmoqda, lekin men milliy

seriallarga bastalayotgan kuylarimda

o‘tmishdagi va zamonaviy musiqiy

asboblardan taralayotgan ohangni

birlashtira oldim, deb o‘ylayman va

shu kuylarim ommalashib, yoshlari-

mizning yuraklaridan joy oldi va

aynan shuning uchun milliy musiqiy

asboblarda yaratilgan kuylarga

bugun e’tibor juda katta”.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida

zarar keltiradigan tarmoqlar odatda

tugatiladi. Lekin bugungi yoshla-

BARKAMOL  AVLODNI  TARBIYALASHDA

QADRIYATLARNING  O‘RNI

rimizga yaratilgan imkoniyatlardan

so‘ng ular har qanday sohani ham

rivojlantira oladilar, deb o‘ylayman,

ya’ni biz, yoshlar bir narsani anglab

yetishimiz kerakki, milliy qadriyat-

larimizni buzmay, ularga zamonaviy

tus berilsa, ular har qanday davrda

ham o‘z muxlislarini topadi. Shunda

aynan bugungi kun talab qila-

yotgan musiqani topamiz va o‘tmish-

da ijro etilgan milliy musiqalarimizni

qaytadan sahnalarga olib chiqib,

jahon miqyosida taratamiz.

Barkamol avlod bugun shaklla-

nayotgan avloddir va ular har qan-

day sharoitda ham o‘zlari uchun yo‘l

topa oladigan, o‘zlari uchun kelajakni

barpo etadigan yoshlardir. Ota-bobo-

larimiz o‘z zimmalaridagi qarzlarini

uzib, ma’naviy merosimizni bizgacha

yetkazib berdilar. Endi navbat biz,

yoshlarga, biz ulardan qolgan merosni

asrab-avaylab kelajak avlodga yetkazib

berishimiz kerak. Ayrim g‘arb

mamlakatlarida bo‘lgani singari, bor

narsani navbatdagi naslga yetkaza

olmaslikdan xudo asrasin. Bugun


Download 493.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling