Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 493.35 Kb. Pdf ko'rish
|
biz, yoshlar ota-bobolarimiz uchun muqaddas sanalgan qadriyatlarni to‘g‘ri va ijodiy qabul qilishga erishishimiz zarur, milliy merosimiz bo‘lgan kuy va qo‘shiqlardan tortib katta-katta dostonlar — har biri noyob, azizligini o‘zimizdan keyingi avlod ongiga yetkazmasak, bizni ham o‘sha “ommaviy madaiyat” o‘z komi- ga qarab tortishi mumkin. Bunday bo‘lishiga biz aslo yo‘l qo‘ymaymiz. Tunis HOJIYEV, talaba
6 INGAPURDA o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan I Olimpiada o‘yinlari mash’alasi — an’anaga muvofiq — Gretsiyaning Olimp tog‘larida yondirib olindi. U, boshqacha aytganda, «Yoshlik gulxani» dunyoning 5 ta qit’asidagi — Berlin (Yevropa), Dakar (Afrika), Mexiko (Amerika), Oklend (Avstraliya), Seul (Osiyo) shaharlari bo‘ylab olib o‘tilib, mezbon davlatga yetkazildi. Float Morina-bey tumani- dagi «Kalderon» stadioniga o‘rnatilgan olovdon nihoyat, «yoshlik gulxani»dan qo‘r oldi- rildi. Jahon yoshlari o‘z olimpiada- siga ega bo‘lgani e’lon qilindi. Dastlab maydonga olimpiada o‘yinlari vatani — Gretsiya bayrog‘i olib chiqildi. So‘ngra, boshqa ishtirokchi mamlakatlar vakillari alifbo tartibi bo‘yicha chiqishni davom ettirdilar. O‘zbekiston bayrog‘ini boks bo‘yicha bir necha turnirlar sovrindori — iqtidorli sportchimiz Sardor Begaliyev ko‘tarib o‘tdi. Olimpiadaning ochilish ma- rosimi noan’anaviy — Morina- bey qo‘ltig‘idagi suv ustida hosil qilingan sun’iy maydonda o‘tka- zildi. Musaffo suvning shaffof tomchilari shiviri yig‘ilganlarga alohida kayfiyat bag‘ishladi. O‘zaro mehr-muruvvat, do‘stlik va hamjihatlikni tarannum etuv- chi «Barcha» qo‘shig‘i, Singapur xalqining tarixi, an’analari va madaniyati jonlantirilgan kichik sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Chinakam bayram shodiyo- nasiga aylangan musobaqalarda 14-18 yosh oralig‘idagi 3600 ga yaqin o‘smir sportchi o‘zaro bahsga kirishdi. Ular orasida 22 nafar vakilimiz g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Yurtdoshlarimiz dzyudo, erkin kurash, yunon- S Suvratda: Singapurda o‘tgan I Yoshlar Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 8 ta medal — 3 ta kumush, 5 ta bronza medalni qo‘lga kiritishga muyassar bo‘ldilar. «Barkamol avlod yili» Davlat dasturiga kiritilgan bu tadbir sportning Olimpiya turlari bo‘yicha o‘quv-sport mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi sport nufuzini oshirish, mamlakatimizning iste’dodli sportchi yoshlarini jahon olimpiya harakatiga uyg‘un integratsiyalash nuqtai nazaridan o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Muhammad AMIN suvratga tushirdi. JAHON OLIMPIYA HARAKATI JAHON OLIMPIYA HARAKATI JAHON OLIMPIYA HARAKATI JAHON OLIMPIYA HARAKATI JAHON OLIMPIYA HARAKATI BILAN UYG‘UNLIK BILAN UYG‘UNLIK BILAN UYG‘UNLIK BILAN UYG‘UNLIK BILAN UYG‘UNLIKDA DA DA
DA 7 rum kurashi, stol tennisi, taekvando, sport gimnastikasi, suzish, og‘ir atletika, o‘q otish kabi sport turlari bo‘yicha o‘z kuch va mahoratlarini namoyish etdilar. Musobaqa ishtirokchilari uchun Xalqaro Olimpiya qo‘mi- tasi va Xalqaro havaskor kurashchilar federatsiyasi kurash turlari bo‘yicha bir mamlakat uchun jami 4 ta litsenziya ajrat- gan edi. Toshkentda bo‘lgan Osiyo saralash musobaqalarida yunon-rum kurashi bo‘yicha Ruslan Komilov va Nurbek Haqqulov, erkin kurash bo‘yicha Diyorbek Ergashev hamda Nilufar Gadoyeva yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edilar. Vakillarimiz orasida birinchi bo‘lib Samarqand Olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi Nurbek Haqqulov bahsga kirishdi. 1993- yilda Payariq tumanida tug‘ilgan bu yosh polvonimiz bugungacha bir necha xalqaro turnirlarda muvaffaqiyat qozongan. Haqiqiy matonat va shijoat bellashuviga aylangan 50 kg vazn toifasidagi kurashda Nurbekning finalga qadar yetib borgani diqqatga sazovor. O‘n yoshdan sportning ushbu turi bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan talaba- sportchimiz hal qiluvchi muso- baqagacha qirg‘izistonlik Shodibek Sulaymonovni 3:0, norvegiyalik Paal Erik Gundersonni 4:0, jazoirlik Amin Bougxaziyni 3:1 hisobida yengdi. Lekin finalda oltin medalga erisholmadi — kumush medal bilan taqdirlandi. Yunon-rum kurashi bo‘yicha qit’a chempioni Ruslan Komilov 85 kg vazn toifasida janubiy koreyalik Jung Xeong Choyni 3:1, armanistonlik Varos Petrosyanni 3:0, amerikalik Lukas Meridanni 3:1 hisobida yengib, bronza medali sohibi bo‘ldi. Yana bir iqtidorli sportchimiz — Nilufar Gadoyeva 52 kg vaznda gilamga chiqdi va uchinchi o‘rinni egalladi. U guamlik Arianna Estakuioni 4:0 hisobida yengdi-yu, ammo ozarboyjonlik Patimat Bagomedovaga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Nilufar jazoirlik Sabina Azzauzni hamda vyetnamlik Txi Kyunx Diyem Nguyenni 4:0 hisobida mag‘lub etib, bronza medalini oldi.
Erkin kursha bo‘yicha 76 kg vazn toifasida qatnashgan Diyor- bek Ergashev belarussiyalik Aleksandr Xushtyun va kanadalik Vebb Dalton ustidan g‘alaba qozondi. Misrlik Ali Amirni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Olimpiada o‘yinlariga qadar O‘zbekiston chempionatida oltin, qit’a birinchiligida esa kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritib mutaxassislar va muxlislar e’tiborini qozongan yosh dzyudo- chimiz Mansur Mo‘minxo‘jayev 2009-yili Vengriya poytaxti Budapeshtda o‘tkazilgan jahon birinchiligida olimpiada yo‘llan- masini qo‘lga kiritgan edi. O‘zbek boks maktabining dunyoda o‘z o‘rni bor. Singapur olimpiadasida ishtirok etgan 3 nafar bokschimiz ham yurtimizga medallar bilan qaytdi. Finalgacha yetib borgan vakilimiz — Ahmadjon Mamajo- nov hal qiluvchi bosqichda braziliyalik David Lourensoga 3:5 hisobida yutqazib, shoh- supaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Zohidjon Hurboyev singapurlik Hamid Moxdni 7:0 hisobida mag‘lub etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Namangan viloyatida tug‘ilgan Sardorbek Begaliyev esa uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda ekvadorlik Perea Italoni 5:2 hisobida yengdi. Musobaqalar jarayonini 370 mingdan ziyod muxlis kuzatib bordi. Bellashuvlar qizg‘in kechdi. O‘smirlar o‘rtasida birinchi marta o‘tkazilgan olimpiada o‘yinlari kutilgandan ham ko‘proq hayajonli daqiqalarga boy bo‘ldi. Unda murabbiylar — 2012-yilda Londonda o‘tajak jahon olimpiya o‘yinlariga nom- zodlarni saralab olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. O‘smirlar o‘rtasida I Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimida yuksak saviyada o‘tgani qoniqish bilan ta’kidlandi. O‘n ikki kun mobaynida lovullab yonib, sportchilar qalbiga qo‘r tashlab turgan mash’ala navbatdagi estafetaning 2014- yilgi olimpiadasiga mezbonlik qiluvchi Xitoyning Nan’zin shahri vakillariga topshirildi. Singapur Olimpiadasida vatan- doshlarimiz jami 8 ta medal — 3 ta kumush va 5 ta bronza medal- ni qo‘lga kiritishdi. O‘zbekiston terma jamoasi 205 ta mamlakat sportchilari orasida 58-o‘rinni egalladi. Olimpiadada munosib ishtirok etib, yurtimiz sharafini himoya qilgan vatandoshlarimiz tengdoshlari qatori o‘z kuch- qudratini, iqtidorini namoyish etdilar. Mamlakatimizda sportni, shu jumladan, bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qilinmoqda. Demak, iqtidorli, kuchli, zabardast sportchilar yildan-yilga ko‘payib, qo‘lga kiritilayotgan g‘alabalar tobora salmoqli bo‘lib, boraveradi. Otabek OTAYOROV
8 RTIMIZDA
amalga oshayotgan ijobiy o‘zga- rishlarni mamlakatimiz- dagi qurilish, obodlikdagina emas, balki odamlarimizning ong-u tafakkurida, madaniy-maishiy hayotida, turmush tarzida yaqqol ko‘rish mumkin. Inson salomatligi muhofazasini ta’minlovchi tibbiyot sohasi ham istiqlol yillarida bosqichma-bosqich, tizimli rivojlanib kelmoqda. Musta- qillikning dastlabki yillaridan to shu kungacha bo‘lgan davr ichida xalqimiz salomatligini mustah- kamlash, sog‘lom avlodni shakl- lantirish borasida hukumatimiz ko‘plab qarorlar ishlab chiqdi va ular hayotimizga tatbiq etilayotir. Tibbiyot sohasida mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilmoqda. BMTning Bolalar jamg‘armasi — YUNISEFning sharqiy Yevropa, Boltiqbo‘yi va MDH bo‘yicha mintaqaviy direk- tori Mariya Kalvis “O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, xususan, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida jahonning ko‘plab mamlakatlari o‘rgansa arziydigan tajriba to‘p- langan” deya ta’kidlagani fikrimiz isbotidir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 53 ta mamla- kat ichida faqatgina 4 ta davlat, xususan, O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish tibbiy xizmatining milliy modeli yuqori baholandi. Shu yilning 22-iyulida “Bar- kamol avlod yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan va profilaktik sog‘liqni saqlashni yanada rivojlan- tirish, eng avvalo, qishloq tuman- larida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustah- kamlash, “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” yo‘nalishidagi maqsadli vazifani izchil amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi- ning “Respublikaning qishloq tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustah- kamlashga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Bu qaror mamlakatimizda ona va bola reproduktiv salomatligini mustahkamlashda yana bir muhim qadam bo‘ldi. Qarorning 3-bandida “O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi: 2010-yilda homilador ayollar uchun polivitaminlar kompleksini xarid qilish uchun ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda nazarda tutilgan xarajatlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga 8,0 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratsin”, deyiladi. Respublika reproduktiv salo- matlik markazi va uning shahar va tuman shifo maskanlari qoshidagi 19 ta filiallari orqali homilador ayollar va ularning bo‘lajak farzandlari salomatligini tiklashda zarur bo‘lgan polivitaminlarni qabul qilish qanchalik muhim ekanligini aholi o‘rtasida keng targ‘ibot qilib, ushbu polivitamin- larni homilador ayollarga tarqa- tishda ishtirok etamiz. O‘rni kelganda, aytib o‘tish joizki, poli- vitaminlar tarkibiga kiritilgan foliy kislotasi homilaning nerv naylarini mustahkamlaydi, dunyoga keladi- gan bolalarning aqlan sog‘lom va barkamol bo‘lishini ta’minlaydi. Farzand — oila baxti, umidi va quvonchi. Barkamol avlod nafaqat oilaning, balki mamlakatning istiqboli, kamolidir. Donishmandlar farzandning jismoniy, ma’naviy kamoloti haqida g‘amxo‘rlikni u hali dunyoga kel- masidan avval boshlamoq kerak, deya o‘git beradilar. Mamlakati- mizda aholi reproduktiv salomat- ligini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar aynan shu hikmat zamiridagi haqiqatga mos kelmoqda. Reproduktiv salomatlik tizimining ham asl maqsadi sog‘- lom, barkamol avlodlarni dunyoga keltirish va ularni jismonan baquv- vat, ma’nan yetuk insonlar qilib kamol toptirishdan iboratdir. Reproduktiv salomatlik, bu — kishining reproduktiv tizim va uning faoliyatiga bog‘liq barcha masalalar borasida faqat kasallik va organizmning nuqsonlardan forig‘ bo‘lishi emas, balki to‘liq jismoniy, aqliy va ijtimoiy mukammalligidir. Ya’ni jismoniy, aqliy va ijtimoiy- ma’naviy jihatdan to‘kis oila barpo qilish va sog‘lom naslni dunyoga keltirish nazarda tutiladi. Agar turmush qurayotgan yigit va qiz jismonan va aqlan to‘kis — sog‘lom bo‘lib, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini, kasb-korini topib, kelajakda o‘z oilasini iqtisodiy va ma’naviy jihatdan ta’minlay olsagina, bun- day oila to‘laqonli, mustahkam oila hisoblanadi. Unda bolalar uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud bo‘ladi. Shuning uchun davlatimiz yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratayotgani bejiz emas. “Barkamol avlod yili” Davlat KELAJAK AVLODLAR OLDIDAGI BURCH YU
9 dasturida ham yosh oilalarga g‘am- xo‘rlikni kuchaytirish, ularning ijtimoiy va huquqiy muhofazasini ta’minlash, mustahkam, sog‘lom oilani qaror toptirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari haqida aytib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-aprelda “Ona va bola salomatligini muho- faza qilish, sog‘lom avlodni shakl- lantirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini bajarish yuzasidan 2009-yil 1- iyuldagi “2009 — 2013-yillarda aholining reproduktiv salomatli- gini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarini yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari” dasturi qabul qilindi. Bu dastur ham mamlakatimizda sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasida oldimizga aniq maqsadlar qo‘yadi. Jumladan, “aholining reproduktiv salomatli- gini mustahkamlash, tizimni tako- millashtirish, sog‘lom bola tug‘ilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; tug‘uruqqa yordam ko‘rsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari hamda onalar va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, aholi o‘rtasida sog‘lom bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini olib borishga intilishni shakllantirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish; onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, onalar va bolalarga ko‘rsa- tilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash” singarilar asosiy maq- sad sifatida ta’kidlanadi. Dasturda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida mamlakati- mizning barcha hududlarida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshiril- moqda. Jumladan, tug‘ish yoshi- dagi ayollarni kompleks sog‘lom- lashtirish haftaliklari belgilangan. Sog‘lomlashtirish haftaliklariga poytaxtdagi malakali shifokorlar jalb etilib, chekka qishloq va mahallalarda istiqomat qiladigan xotin-qizlar to‘liq tibbiy tekshiruv- lardan bepul o‘tkaziladi va ularga kerakli maslahatlar va yordam beriladi. Alohida ta’kidlash kerakki, Osiyo taraqqiyot bankining “Ayollar va bolalar salomatligini mustahkamlash” loyihasi bo‘yicha tibbiy birlashmalarning tug‘uruq komplekslariga zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar yetkazib berildi.Prezidentimizning 2009-yil 21-mayda qabul qilgan “Tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyatlardagi tez tibbiy yordam bo‘limlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, reproduktiv salomatlik maskanlarining faoliyati yanada yaxshilandi. Aholining reproduktiv salo- matligini mustahkamlashda oila- ning ham o‘z o‘rni bor. Reproduk- tiv salomatlikning asosiy tamoyil- larini oilalarga targ‘ib qilish, shu yo‘l bilan ularning tibbiy bilim va madaniyatini oshirish joylarda yaxshi samara bermoqda. Mahalla- larda, ta’lim muassasalarida, qish- loq vrachlik punktlarida, tug‘uruq- xonalarda reproduktiv salomatlik- ning asosiy tamoyillari aholiga tushuntirib borilmoqda. Bu asosiy tamoyillar quyidagi- lardan iborat: — xavfsiz homiladorlik; — bexatar tug‘uruqlar; — chilla davrida ona va bolaga malakali yordam; — abort va ularning oldini olish; — tug‘uruqlar oralig‘ini 3 yil va undan ortiq muddatga saqlash; — zamonaviy kontrakseptiv vositalar haqida aholiga keng ma’lumotlar berish; — onalik va bolalikni muhofaza qilishda erkaklarning mas’uliyatini oshirish; — bepushtlikning oldini olish; — jinsiy yo‘llar orqali yuqa- digan kasalliklarni tashxislash va davolash (OITS/OIVning oldini olish); — o‘sma kasalligi va o‘sma oldi holatlarining oldini olish; — ko‘krak suti bilan boqish targ‘iboti; — o‘smirlar reproduktiv salo- matligi va jinsiy tarbiyasi masalalari. Avvallari bu targ‘ibot ishlari joylarda aniq o‘quv qo‘llanmalarisiz olib borilgan bo‘lsa, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Reproduktiv S alomatlik markazi va Respublika Salomatlik instituti birgalikda maxsus ma’ruza matnlarini tayyorlab, ularni elektron tizim orqali Salomatlik institutining joylardagi filiallariga yetkazib bermoqda. Keyingi yillarda aholining tibbiy madaniyati va savodxonligi oshib borayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Joylarda uyushtirilayotgan tadbirlarimizda aholi nisbatan faollashgani, o‘zi va yaqinlarining salomatligiga befarq emasligi yaqqol sezilmoqda. Yosh onalarga yordam ko‘rsa- tish maqsadida, qishloq vrachlik punktlari qoshida “Onalar maktabi” tashkil qilingan bo‘lib, homilador ayol 30-haftadan boshlab ushbu tadbirga qatnashadi. Bu yerga uning eri, qaynonasi ham taklif qilinib, bo‘lajak onani har tomonlama himoyalash va unga zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish kerakligi tushuntiriladi. Bexatar homiladorlikning birinchi sharti — ayol homiladorlik 2 «Sog‘lom avlod uchun», 2010-yil, 8-son.
10 alomatlarini sezishi bilan shifokor ko‘rigidan o‘tgani ma’qul. O‘zini asraganni Olloh asraydi, degan hikmat bejiz emas. Ginekolog ayol salomatligini muntazam ravishda kuzatib boradi, zarur bo‘lsa, kerakli muolajani amalga oshiradi. Bugungi kunda ona va bolaga doimiy tarzda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish barcha poliklinikalarda, qishloq vrachlik punktlarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ba’zi qaynonalar: «Kelinimiz yosh payti tez-tez farzand ko‘rgani ma’qul emasmi?», degan savollarni ham berishadi. Biz ularga bunday homiladorlik tufayli ona kam- qonlikka chalinishini, organizm kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qolishini, homilaning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan oziq modda- lar yetarli darajada bo‘lmasligini, navbatdagi homiladorlik tufayli bolani ko‘krak suti bilan emizishni davom ettirib bo‘lmasligini tushuntiramiz. Go‘dak rivojlanishi uchun muhim ozuqa hisoblangan ona sutidan bolani erta ajratish va sun’iy ozuqa bilan boqish tufayli oshqozon-ichak kasalligiga chali- nish ortadi. Ona sutidek bebaho ne’mat tarkibidagi oqsil, yog‘lar, uglevodlar, mikroelementlar va boshqa vitaminlar o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. U boshqa ozuqalardan farqli ravishda, bola organizmiga yaxshi so‘riladi va tez hazm bo‘ladi. Ona sutida go‘dak to‘laqonli rivojlanishi, sog‘lom o‘sishi uchun zarur bo‘lgan essen yog‘ kislotalari mavjud bo‘lib, u turli infeksiyalardan, allergik kasal- liklardan yaxshi himoya qiladi. Ona farzandini emizib boqishi- ning targ‘ib qilinishi natijasida keyingi paytlarda bolalar orasida oshqozon-ichak kasalliklari 1,5- 2 baravar kam uchramoqda. Qishloq aholisining repro- duktiv salomatligini mustahkam- lash maqsadida to‘rt tipdagi qishloq vrachlik punktlari tashkil etildi. U aholisi kam joylarni ham qamrab oladi. Birinchi tipdagisi aholi soni bir yarim ming kishiga yetgan joylarda tashkil qilingan bo‘lib, u yerda bitta umumiy amaliyot shifokori xizmat qiladi. Ikkinchi tipidagisida ikkita shifo- kor uch yarim minggacha bo‘lgan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi, uchinchi tipdagisi esa aholisi 6 mingtacha bo‘lgan joylarda uchta shifokor ish olib boradi. To‘rtinchi tipdagi qishloq vrachlik punktlari aholisi 6 mingdan ortiq bo‘lgan joylarda tashkil etilib, 6 ta shifokor biriktiriladi. Ular vaqti-vaqti bilan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bazasida 10 oylik kurslarda bilim va malakalarini orttirishadi. Qishloq vrachlik punktlari hozirda malakali kadrlar va zamonaviy tibbiy texnik jihozlar bilan ta’minlangan. Buning nati- jasida salomatlik ko‘rsatkichlari tobora yaxshilanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash va sog‘lom oilani shakllantirish markazi tashkil qi- lingan. Bu markaz xodimlari tu- g‘ish yoshidagi ayollarni va 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni joy- larda chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish, sog‘- lomlashtirish ishlariga bosh-qosh bo‘lishmoqda. Markaz viloyatlar- dagi sog‘liqni saqlash bo‘limlari bilan hamkorlikda qishloq vrachlik punktlari ishini doimiy nazorat qilib, zarur bo‘lganda, moddiy- Download 493.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling