Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 493.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana20.09.2017
Hajmi493.35 Kb.
#16103
1   2   3   4   5   6   7

lar davridan to XVIII asrgacha

bo‘lgan davrda Xuroson, Hindis-

ton va Afg‘onistonda yashab ijod

qilgan forsi go‘y shoirlardir.

Albatta, tarix davomida u qadar

tanilmagan, lekin salohiyatli ijod-

korlar ko‘p o‘tgan. Ushbu iste’-

dodli shoir — Oshiqning kimligi,

xususan, mashhur shoirimiz

Muhammad Aminxoja Muqimiyga

(1850 — 1903) bag‘ishlangan

she’rining to‘liq matni bilan qiziqib

kelardik. Bu masalaga ustozimiz —

adabiyotshunos Ahmadjon Mada-

minov bir necha yil muqaddam

taqdim etgan bir qo‘lyozma ancha

oydinlik kiritdi.

Avvalo, mazkur manba haqida.

Qo‘lyozma alohida ikki varaq

holida  bo‘lib, qo‘qonlik xattot

Abdulmajid qori tomonidan

chiroyli nasta’liq xatida qora siyoh

bilan ko‘chirilgan. Unda Oshiq

Maxdum O‘shiyning Muqimiy

vafoti munosabati bilan yozilgan

“Qil” radifli 7 bayt g‘azali va

“Xo‘qandda turg‘un oshnolari-

mizga” nomli 9 bandli muxammas-

nomasi o‘rin olgan.

Bu qo‘lyozmadagi “Qil” radifli

g‘azal matni Qayyumiy domla

ko‘rgan va o‘z tazkirasida qayd etgan

matn bilan deyarli bir xil ekanligi

ikkala nusxa qiyosidan va unda

keltirilgan forscha muqaddimadan

ham ko‘rinib turibdi. Shu jihatdan

domlaning fikrlari yana bir bor

o‘z tasdig‘ini topdi.

Biroq, Oshiqning “muftiyzoda

Muhammad A’lam” ekanligi

haqidagi “ehtimol” tasdiqlanmadi.

Negaki, Rojiy Marg‘iloniyning

Oshiq vafotiga tarix yozganini

Po‘latjon domla aytib o‘tgan edi.

Lekin, Marg‘ilonda uzoq yillar

qozilik qilgan va ayni vaqtda

iste’dodli shoir bo‘lgan Xo‘jajon

Rojiy 1838-yilda tug‘ilgan va 1918-

yilda vafot etgani ma’lum.

Oshiq Maxdumning esa 1928-

yilda ham hayot bo‘lganligini

tasdiqlovchi hujjat sifatida unga

qarata yozilgan ikki maktub keyingi

yillarda aniqlandi. Bular she’riy

OSHIQ  MAHDUM  KIM?..

M

noma bo‘lib, Mulla Yo‘ldoshxo‘ja



Dog‘iy (1880 — 1974) qalamiga

mansubdir.

3

 Ulardan esa o‘z nav-



batida Oshiq hayoti va shaxsiyati-

ning ba’zi jihatlarini aniqlash

mumkin.

Binobarin, yuqoridagi jihat-



dan “Tazkirai Qayyumiy”da ta’-

kidlangan “Muhammad A’lam”

biz ta’riflayotgan o‘shlik “Oshiq”

taxallusli shoir emasligi ham ayon

bo‘ladi.

Dog‘iy, so‘z yuritilayotgan

nomalarning birinchisida Oshiq

sha’nini ulug‘lab, uni mehmonga

da’vat etgan. Ikkinchisida esa

Oshiqning javob maktubidan

g‘oyat ta’sirlanganini va uning

yuksak darajada bitilganini ta’-

riflaydi.

Jumladan, birinchi noma 26

bayt bo‘lib, unda Oshiqqa

murojaat shunday ta’rif bilan

boshlanadi:

Ayo jondin aziz do‘sti qiyomat,

Erursiz bizga chun piri tariqat...

(157-bet).

Bundan anglashiladiki, Oshiq,

xat bituvchi Dog‘iy uchun

nafaqat, “do‘sti qiyomat”, balki

“piri tariqat” hamdir.

4

Yana, Yo‘ldoshxo‘ja Dog‘iy



o‘z nomasida tirikchilik tashvish-

laridan qiynalganini, tikuvchilik

do‘koni va boshiga tushgan “ming

savdo-u kulfat”dan so‘zlaydi.

Shundan keyin “jafojo‘, siflaxo‘,

nopok tiynat” ulfatlardan “ikki

qo‘lini yuvgan”ligini aytib, Oshiq-

ni o‘zi yashayotgan Namanganga

da’vat etib, shunday yozadi:


26

...Kamina multamismankim,

 qayu on,

Bu taxt uzra agar aylab irodat.

Sulaymonona tashrif

 aylasangiz,

Bu qul soriga agar aylab

 karomat.

Binobar, necha yildur

 xotirimdin

Nariga ketmagay aksi jamolat.

Ko‘rub bir-birni bo‘lsak

shod-u xurram,

Topibon suhbatimizdan

 halovat.

Ki, man bormoqqa bahri

 poybo‘si

Qilolmas to‘shai rohim kifoyat.

Shuning-chun ayladim gustoxi

 bu nav,


Agarchi yo‘q edi haddu

 valoyat...

(158-bet).

Fikrimizcha, Dog‘iy o‘z

maktubida Oshiqqa do‘stona, juda

yaqin va samimiy murojaat qiladi,

O‘shga borish uchun “to‘shai rohi

kifoyat qilolmas”ligini aytib, uning

o‘zini mehmonga taklif etadi.

Albatta, bunday yaqin va samimiy

munosabat  yoshi nisbatan

tengqur do‘stlar o‘rtasida bo‘lishi

tabiiy.

Shu o‘rinda, Oshiqning



tavallud va vafot sanasi bilan bog‘liq

masalaga ham oydinlik kiritishga

harakat qilsak.

Agarda, Mulla Yo‘ldosh-

xo‘janing 1880-yilda tug‘ilganini

ko‘zda tutib, Oshiqning undan

nari borsa besh-o‘n yosh katta

bo‘lgan, deya faraz etilganda ham,

Oshiq Maxdum 1870-yillarda

tug‘ilgan bo‘lib chiqadi. Shunga

ko‘ra, aytish mumkinki, Oshiq

XIX asr ikkinchi yarmi (aniqrog‘i,

1870 — 1880-yillar orasida

tug‘ilgan) va 1928-yilda ham

hayot bo‘lgan. Balki, keyingi

izlanishlar uning vafot sanasiga

ham aniqlik kiritar.

Yana, yuqoridagi Dog‘iy

nomalaridan xulosa qilib, aytish

mumkinki, Oshiq Maxdum

shariat va tariqat ilmlarini egallagan,

ma’rifatli va fozil inson bo‘lgan.

Dog‘iy ikkinchi nomasida yoza-

di:


Eyki, zul ikrom fazlidin

 muborak bu karam,

Masnadi tadrisi irfon sizlara

 bo‘lsin baham...

To jahon boricha bo‘lsinlar

 salomat mustaqim,

Homiyi shar’i nabi-yu hojiyoni

 du haram...

(159-bet).

Muqimiy turbatini o‘z tajalling birla tobon qil,

Jamoling ko‘rsatib, jannat ichinda shodu xandon qil.

Hamisha xizmatida barqaror o‘lsun maloiklar,

Iloho, jannatul-firdavs ichra oni shodon qil.

Nasimi rahmating doim ravon o‘lsun boshi uzra,

O‘shal jannoti adn ichra ani ruhini mehmon qil.

Sharobi havzi kavsardin nasib et, tashnakom etma,

Libosi sundusu istabraqingni ango ehson qil.

MUQIMIYGA    DUO

OSHIQ MAXDUM O‘SHIY

Bahaqqi surai “Yosin”u “Toho”, hurmati Qur’on,

Sochib boroni rahmat ravzai pokin guliston qil.

Hamisha hamdu na’t aytur edi, ummidi jannatda,

Ko‘rarman deb jamolingni, anga husnung namoyon qil.

Duoi Oshiqingni ayla maqbuling, Xudovando,

Muqimiy hamdamin mahshar kunida shohimardon qil.

Shu she’r-xatning bir o‘rnida

esa Oshiqning Dog‘iyga yozgan

maktubi Boqiyxon to‘ra ismli

kishi orqali yetib kelgani aytiladi.

Yana, Oshiq maktubining ruhni

ko‘taruvchi — ruhafzo, g‘amni

ketgazguvchi — g‘amzudo,

halovatbaxsh tong shabbodasidek

ekanligini hamda husnixat bilan

yozilgan, sirli ishora —

muammolarga to‘liq ekanligini

ta’kidlaydi. Bu jihatlar esa o‘z

navbatida Oshiq Maxdumning

husnixat egasi va balog‘at ilmidan

puxta bilimdon ekanligini

oydinlashtiradi. Mana nomadagi

o‘sha satrlar:

...Xomai mushkin shamoma

 birla yozgan nomangiz,

Tegdi ilgimga badasti qori

 Boqiyxon to‘ram.

Ruhafzo, g‘amzudo,

turfa halovatbaxsh ekan,

Bo‘stoni jism aro go‘yo nasimi

 subhidam.



27

Bo‘ldi makshufim, hama boshdin

 ayog‘ husnixat,

Ham muammoi g‘arib-u, ham

 parishon muhtalam...

Demak, Oshiq Maxdum

O‘sh shahrida tug‘ilib, shu yerda

yashagan bo‘lsa-da, vodiyning

boshqa  shaharlaridagi ijod ahli

bilan ham aloqasi yaxshi bo‘lgan.

Xususan, Qo‘qon adabiy muhiti

ijodkorlari bilan juda yaqin aloqa

bog‘lagan ko‘rinadi. Bu jihatni

uning Muqimiy vafoti muno-

sabati bilan yozilgan marsiyasidan

yoki, qo‘qonlik do‘stlariga yubor-

gan muxammasidan va, nihoyat,

Dog‘iy bilan yozishmalaridan

ham bilsa bo‘ladi.

Shoir Oshiqning ta’bi nazmi-

ning ravonligi va o‘z ovoziga ega

ijodkorligi (bizga yuqoriroqda

ta’kidlangan qo‘lyozma asosida

ma’lum bo‘lgan) she’rlaridan

yaqqol seziladi. Uning “Xo‘qand-

da turg‘un oshnolarimizga”

muxammasida tilga olgan kishilar

o‘sha davrda Qo‘qonda yashagan,

turli toifaga mansub shaxslardir

(olim, ruhoniy, savdogar, hunar-

mand va boshqlar). Bu esa jami-

yatning turli qatlamlarida Oshiq-

ning qadrdonlari bo‘lganini

ko‘rsatadi. Shuningdek, she’rda

“E’tibor” ismlik bir go‘zal qizni

ham tilga oladiki, shoir boshidan

u bilan bog‘liq muhabbat mojaro-

lari ham kechgani anglashiladi.

U ijodda Muqimiy an’analariga

ergashgan va uni o‘ziga ustoz sifatida

e’tirof etgani ham “Qil” radifli

marsiyasidan ma’lum bo‘lmoqda.

Oshiq Maxdumning Mavlono

Muqimiyga bo‘lgan samimiy

ehtiromi mazkur “duo she’ri”-

ning har satridan ayon bo‘lib

boradi. Unda chin dildan Muqi-

miyning oxirati obod bo‘lishini

Yaratgandan so‘raydi. Qo‘lyoz-

mada ushbu marsiya-she’rdan

avval fors tilida quyidagicha kirish

so‘zi yozilgan:

“Ta’lifi marsiya dar haqqi

Muqimiy marhum fursat yori

nadod. Binobarin, haft bayt tartib

ovarda duo namudam. Inshoalloh,

bafursat nazdik marsiya va ta’rix

xoham farmud”.

Tarjimasi:

“Marhum Muqimiyning

haqqiga marsiya yozishga fursat

bo‘lmadi; shunday bo‘lsa-da, duo

tarzidagi yetti baytni tartib

qildim;  inshoalloh, fursati to-

pilsa, (Muqimiyga bag‘ishlan-

gan) marsiya va ta’rix yozaman”.

Shu o‘rinda ta’kidlash ke-

rakki, xalq va uning ziyoli qatlami

tomonidan e’zozlangan ulkan

shoir — Muqimiyga hayotlik

vaqtidayoq  “Qasida hozo bajihati

Muhammad Amin Xoja Muqi-

miy” qasidasini Husaynquli

Muhsiniy (1860 — 1917) bitgan

bo‘lsa, vafotiga Rojiy Xo‘qandiy

(1871 — 1924) ikkita, Mavlaviy

Yo‘ldosh (1858 — 1922) bitta

forscha ta’rix yozganlar. Keyincha-

lik Zufarxon Javhariy (1860 —

1945) ham “Guzorishi holi

Muqimiy Farg‘oniy” manzuma-

sini ijod qilgan edi.

Demak, yuqoridagi shoirlar

qatori Oshiq Maxdum ham

sevimli va ardoqli shoir Muqimiy

vafotiga chuqur qayg‘urgan. U

ustozi — Muqimiyning o‘limi

xabarini O‘shda turib eshitadi va

o‘zining hamdardligini qo‘qon-

lik do‘stlariga tezda bildirmoq

uchun ushbu she’rni oz fursatda

yozadi. Balki, keyinchalik, u o‘z

kirish so‘zida va’da qilgan marsiya

va ta’rixni ham yozgandir. Hozircha

esa, bizga marsiya-g‘azali ma’-

lum, xolos.

Umuman olganda, Oshiq

Maxdum XX asr boshlarida

ijod  qilgan iste’dodli o‘zbek

shoirlaridan biri ekanligi ma’lum

bo‘ladi va uning ijodiy merosini

to‘plash hamda tadqiq etish

muhim vazifalardandir. Afsuski,

so‘z yuritilayotgan Oshiqning

alohida devoni yoki she’rlar

to‘plamini hozircha uchratmadik.

Ma’lumot   tariqasida esa, XIX

asr oxirlari va XX asr boshlarida

ko‘chirilgan, bir necha qo‘lyozma

bayoz va majmualarda

5

 Oshiq


taxallusi qo‘llangan ayrim she’r-

lar uchrashini ham aytishimiz

kerak. Ammo, bu she’rlarning

aynan biz so‘z yuritayotgan Oshiq

Maxdumga taalluqlimi yoki

yo‘qmi, kelajakda bu borada olib

borilajak maxsus matniy tad-

qiqotlar hal qiladi, degan umidda-

miz.

Otabek JO‘RABOYEV,



filologiya fanlari nomzodi

Tazkirai Qayyumiy. — Toshkent,



1998. 3-kitob, 470-bet.

2

 Po‘latjon Qayyumiy. Tazkira-tush-



shuaro. O‘zR FA Beruniy nomidagi

Sharqshunoslik instituti fondi, 10018-

raqamli qo‘lyozma. 4-daftar, 7-9-

sahifalar.

3

 Mulla Yo‘ldoshxo‘ja Otaxo‘ja o‘g‘li



Dog‘iy. Dilim izhor aylayin derman.

— Toshkent: Movarounnahr, 2006.

157-159-betlar. (Keyingi o‘rinlarda shu

asarlarga murojaat etilganda sahifa

raqami ko‘rsatiladi.)

 Dog‘iy she’rlarining noshiri



Hoshimxo‘ja Yo‘ldoshxo‘ja o‘g‘li otasi

— shoir Dog‘iyni “naqshbandiya tariqi

soliki” ekanligini ta’kidlaydi (o‘sha

manba, 5-bet). Demakki, Dog‘iy “pir”

deb ataganiga ko‘ra, Oshiq Maxdum

O‘shiy ham naqshbandiya-xojagon

tariqatiga mansub, degan xulosaga

borish o‘rinlidir – O.J.

5

 Misol uchun qarang: Sharq-



shunoslik instituti fondi, prof.

H.Sulaymon bo‘limi, 528-, 541-,

542-,  627-, 639-, 655-, 694-, 717-,

732-, 1105-, 1017-, 2102-, 2249-,

2508-, 2758-raqamli qo‘lyozmalar.


28

SHLARNING

 har to-

monlama yetuk va bar-

kamol bo‘lib tarbiyala-

nishida oila muhitining o‘rni beqiyos

omildir. Zero, farzandlar jismonan

va ma’nan sog‘lom bo‘lib o‘sishi

uchun asosiy sharoitni oila yaratib

beradi. Oila barqarorligi jamiyatning

mustahkamlanishi va rivojlanishi

garovidir. U madaniyat va taraqqiyot

o‘chog‘idir.

«O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi»  63-moddasida:

«Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir

hamda jamiyat va davlat muhofa-

zasida bo‘lish huquqiga ega»,

deyilgan. Oilani mustahkamlash esa

samarali demografik siyosat vazifasi

sifatida birinchi navbatda tilga

olinadi.  Chunki oila — aholini

takror barpo qilish negizidir. Inson

hayotining asosiy qismi oila muhi-

tida o‘tadi. Shu nuqtai nazardan

olib qaralganda, oilaning ijtimoiy-

demografik faoliyatini tadqiq etish,

kelajakda shu jamiyat aholisining

yashash tarzini hamda ijtimoiy-

iqtisodiy va demografik istiqbollarini

belgilash muhim ilmiy-amaliy

ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda, aytib o‘tish

joizki, oilaning demografik taraqqi-

yotiga oid muammolarni tadqiq

etishning ahamiyati bozor iqti-

sodiyoti munosabatlari sharoitida

yana ham kuchaydi.

Oilaning reproduktiv funksiyasi va uning bajarilishi

ISHIMIZNING MAQSADI —

OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH

Yangi oilaning tashkil topishida

juda ko‘p omillar bevosita va

bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy

va demografik omillar alohida

o‘rin  egallaydi. Oilaviy juftliklar

hamda nikohga kiruvchi yigit-qizlar

sog‘lig‘ini yaxshilash, reproduktiv

salomatlikka e’tibor bugungi kun-

ning dolzarb muammolaridandir.

Binobarin, oilaning mustah-

kam poydevorini qurish, millatni

sog‘lomlashtirish va oilaning repro-

duktiv salomatligi to‘g‘risida g‘am-

xo‘rlik qilish sotsial masalalardan

biri bo‘lib hisoblanadi.

Oilalarning barqaror rivojla-

nishida, oilaviy juftliklar hamda

nikohga kiruvchi yigit-qizlar

sog‘ligini yaxshilashda reproduktiv

salomatlikka doir bilimlarning

targ‘ibot va tashviqoti amaliy

ahamiyati bilan o‘ziga xosdir.

Albatta, farzand ko‘rish masalasini

hal qilish birinchi navbatda oilaning

o‘ziga bog‘liq. Biroq oilalar ushbu

masalani oqilona hal etishlari, er-

xotin borki, sog‘lom farzandni

dunyoga keltirish borasidagi o‘z

mas’uliyati haqida to‘g‘ri tasavvurga

ega bo‘lishi — hayotiy zarurat;

umuman, oilaviy juftliklar yoki

nikohga kiruvchi yigit bilan qiz

demografik hamda reproduktiv

salomatlikka oid bilimlardan

xabardormi yoki yo‘qmi — bu

kabi masalalarni tadqiq etish ilmiy-

amaliy ahamiyat kasb etadi.

Mustaqillikning ilk yillaridanoq

oilani mustahkamlash, reproduk-

tiv salomatlikni yaxshilash va shu

asosda sog‘lom farzandlar tug‘ili-

shiga erishish dolzarb vazifa sifatida

belgilab olingan. Respublikadagi

mavjud ijtimoiy-demografik holat-

ni, reproduktiv salomatlikni

yaxshilash uchun faol aholi siyosa-

tini, ilmiy asoslangan demografik

siyosatni amalga oshirish yo‘lida

izchil tarzda ish olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2009-yil 13-aprelda

qabul qilingan “Ona va bola

salomatligini muhofaza qilish,

sog‘lom avlodni shakllantirishga

doir qo‘shimcha chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi PQ-1096-sonli

qarori, shuningdek, 2009-yil 1-

iyuldagi «2009 — 2013-yillarda

aholining reproduktiv salomatli-

gini mustahkamlash, sog‘lom bola

tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy

barkamol avlodni voyaga yetkazish

borasidagi ishlarni yanada

kuchaytirish va samaradorligini

oshirish chora-tadbirlari dasturi

to‘g‘risida”gi PQ-1144-sonli

qarorida, shuningdek, joriy davlat

dasturlarining asosiy ustuvor

yo‘nalishlari asosini oilalarning

barqaror rivojlanishi, turmush

farovonligini yaxshilash, davlat

yordamiga muhtoj oilalarga e’tiborni

kuchaytirish, onalik va bolalikni

muhofaza etish, aholining, ayniqsa

ayollar va bolalarning turli xil

kasallikka chalinishini va o‘limini

kamaytirish, inson umrining faol

davrini uzaytirish, sog‘lom oilani

shakllantirish kabi katta maqsad-

lar tashkil etadi.

Oilaning muhim funksiyalari-

dan yana biri — bu, uning repro-

duktiv (jamiyatning biologik

uzluksizligini ta’minlash, bolalarni

dunyoga keltirish) funksiyasidir.

Oilaning jamiyat oldidagi repro-

duktiv funksiyasi va uning baja-

rilishi deyilganda, aholi sonining

YO


29

qayta tiklanishi uchun har bir oilada

nechta farzand bo‘lishi nazarda

tutiladi. “Reproduktiv” lotincha so‘z

bo‘lib, “re — tiklanish, takror-

lanish, produco — yarataman”

ma’nolarini anglatadi.

Reproduktiv — biologiyada

organizmning o‘ziga o‘xshash

organizmlarni yaratishi, ko‘payishi

ma’nosini bildiradi. “Reproduktiv

salomatlik” tushunchasi “onaning

ham va undan tug‘ilajak bolaning

ham salomatligi uchun maqbul

shart-sharoitlarni yaratish”

ma’nosini ham qamrab oladi. Shu

bilan birga, unda oilalar

farovonligini va mustahkamligini

ta’minlash, ularda ijobiy psixologik

iqlimning hukm surishi, onalar va

bolalar salomatligini saqlash

kabilar ham nazarda tutiladi.

Aholi salomatligi yoki ijtimoiy

salomatlik har bir shaxsning salo-

matligiga asoslanib shakllanadi.

Mutaxassislar insonning sog‘ligi

qancha yaxshi bo‘lsa, jamiyat ham

shunchalar sog‘, bexatar bo‘lib,

ijobiy rivojlanish imkoniyatlari

yuqori bo‘lishini ta’kidlaydilar.

Oilaviy omil har tomonlama

sog‘lom va yetuk bolalarning

tug‘ilishiga  muhim ta’sir etadi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, bolaning chala

yoki nimjon, vazni kam bo‘lib

tug‘ilishida ayolning oilaviy ahvoli

yo‘lga qo‘yilmaganligi ham asosiy

omillardan biri deb e’tirof etilishi

lozim. Bolaning chala yoki kam

vaznli bo‘lib tug‘ilishi esa o‘z

navbatida kasallanish va go‘daklar

o‘limi holatlarining ko‘payishiga olib

borishi ilmiy aniqlangan.

Oilaning vazifasi faqatgina

yangi  avlodni dunyoga keltirish

bilangina cheklanib qolmasdan,

insoniyat o‘z taraqqiyoti davomida

erishgan ilmiy va madaniy yutuqlar

bilan tanishtirgan holda, nasl

salomatligini saqlashdan ham

iboratdir.

Onalar va bolalar hamda butun

aholining salomatlik ko‘rsatkich-

larini yaxshilash asosini birinchi

navbatda mamlakat bo‘yicha

reproduktiv salomatlikni ta’min-

lash tashkil etadi. Har bir oilaning

sog‘lom va mustahkam bo‘lishi

uchun respublikaning barcha

mintaqasida mahalliy sharoitning

barcha xususiyatlarini, demografik

vaziyatni e’tiborga olgan holda

maxsus o‘rganish, tahlil etish va

aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish

hamda amalga oshirish lozim. Shu

bois maxsus so‘rovnoma orqali

Samarqand va Jizzax viloyatlari-

dagi reproduktiv yoshdagi ayollar

o‘rtasida sotsiologik tadqiqot

o‘tkazildi.

Sog‘lom oila yaratish va uni

sog‘lom shakllantirishning asosiy

shartlaridan biri — bu, er-xotin-

ning biologik va ma’naviy yetuk

yoshda turmush qurishlaridir.

Shuning uchun respondentlari-

mizdan oila qurgan yoshlarini

aniqlaganimizda, ikkala viloyatdan

ham aksariyat respondentlar 20-

24 yosh oralig‘ida turmush qurgan,

shundan 37 foiz samarqandliklar

va 14,1 foiz jizzaxliklar 17 yoshdan

19 yoshgacha turmush qurishgan.

Vaholanki, erta turmush qurgan

qizlarning organizmi homiladorlik,

tug‘uruq va, umuman, sog‘lom

farzandni dunyoga keltirish uchun

to‘la yetilmagan bo‘ladi. Erta

farzand  ko‘rish yosh ona

salomatligiga ham, undan tug‘ilajak

bola salomatligiga ham ma’lum

darajada xavf tug‘diradi. Bundan

tashqari, er-xotinning bola

parvarishi, oilaviy muammolarni

hal qilishdagi tajribasizligi tufayli

aynan shunday oilalar ko‘pincha

nurab ketganidan xabaringiz bor.

Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan

bolalar o‘rtasida kasallanish va o‘lim

holatlari uchrayotganligi qayd

qilinadi.

Oilada reproduktiv salomatlikni

ta’minlashning asosiy yo‘nalish-

laridan biri abortdan saqlanish,

kutilmagan homiladorlikning oldini

olishdir. Shu bois respondentlarga:

“Homila oldirganmisiz?” — deb

bergan savolimizga 43,4 foiz

samarqandlik va 25,9 foiz jizzaxlik

ayollar homilasini oldirganlarini

ko‘rsatganlar. Ma’lumki, abort

qildirish ayol organizmiga salbiy

ta’sir ko‘rsatadi.

Sog‘lom oilani yaratish va uni

sog‘lom shakllantirishning asosiy

omillaridan biri har inson tibbiy

va reproduktiv bilim hamda mada-

niyatga ega bo‘lishidir.

Oila qurishning asosiy maqsadi

sog‘lom farzand ko‘rish, uni har

tomonlama yetuk inson qilib voyaga

Respondentlarning to‘rt muchasi sog‘lomlik va

reproduktiv salomatlik haqidagi tushunchalari

Sog‘lom bolani

dunyoga keltirish,

ya’ni  reproduktiv

salomatlik deganda

nimani tushunasiz?

Bola tug‘ishdagi ora-

liq 2,5-3 yildan kam

bo‘lmasligi

Nikohgacha tibbiy

ko‘rikdan o‘tishni

Yetti pushti salomat-

ligini

Hammasi


To‘rt muchasi

sog‘lom


deganda

nimani


tushunasiz?

Onaning sog‘-

ligini

Yetti pushti



sog‘lomligini

F a r z a n d l a r

sog‘ligini

Er-xotin sog‘-

ligini

Hammasi


Jizzax

9,4


58,8

8,2


12,9

7,0


Samarqand

7,2


49,3

15,9


27,5

7,2


Jizzax

51,8


22,2

18,5


7,4

Samarqand


Download 493.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling