Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 493.35 Kb. Pdf ko'rish
|
yurtlarida fan sirlaridan saboq bergan insonlarni nega unutay? Akademik Sh. Shoabdurahmonov (xudo rahmat qilsin) ilmiy izla- nishlarimni qo‘llab-quvvatlab, madad bergani — bir umr xotiramda saqlanadi. Yoshlarga boqqanimda, ularning ham ustoz bo‘lganini ko‘rgim keladi. Shogirdim — Shahrisabz tumanidagi 52-maktabning o‘qi- tuvchisi Gavhar Mahmatqulova «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lib, Respublika bosqichida eng faol ishtiroki uchun Xalq ta’limi vazirligining maxsus diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan mukofotlanganida, shunday quvondimki, asti so‘ramang... Ustoz — shogird yo‘nalishi- dagi ishlarni o‘z o‘rnida xorij ta’lim tizimi tajribasi bilan bog‘lash ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Germaniyaning Gyote instituti va shu mamlakatning madaniyat markazi tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan nemis tili o‘qituvchilari anjumani yakunida Avstriya, Germaniya, Shveysariya davlatlarining elchilari bilan uchra- shuv bo‘lgani esimda. Ular Respublikamizdagi ta’lim tizimi va uning kelajagiga yuksak baho berdilar. Doimiy o‘qish, o‘rganish, izla- nish ijodga chorlaydi. Radio, televideniya va matbuotda ilmiy- uslubiy maqolalarim bilan qatna- shib turaman. Shahrisabz tuman xalq ta’limi tarixi va hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan ustoz-murabbiylar tajribasi yoritilgan «Ilm-u adab sohiblari» kitobini hammualliflikda yozdik.
Bugungi maktab uchun yuqori kasbiy layoqatga ega, mahoratli, mustaqil fikrlaydigan, nazariy bilimlarini amaliyot bilan cham- barchas bog‘liq holda olib bora oladigan yetuk mutaxassislar kerak. Qarshi shahrida umumta’lim mak- tablarining yuqori sinf o‘quvchilari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan fan olimpiadasining viloyat bosqichida shogirdim — 26- maktabning nemis tili fani o‘qituv- chisi Oygul Jumamurodova o‘qitayotgan 9-sinf o‘quvchisi Charos Nazarova nemis tili fani bo‘yicha 81,5 ball to‘plab, 2- o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tumanimizda 18 ta muallimga «Ustoz o‘qituvchi» guvohnomasi taqdim etildi, har biriga uch nafar shogird biriktirildi. Ustoz o‘qituv- chilarga kasb mahorati va sinf rahbarligi uchun 30, 35 va 40 foiz miqdorida ustama ish haqlari to‘lash yo‘lga qo‘yildi. 1 soatlik ochiq darslar tahlili esa shogirdlar uchun katta tajriba maktabi bo‘l- moqda. Tarbiyada ustoz ibrati — muhim. “Ustoz — shogird” an’anasida shogirdning ustoz oldidagi, shuningdek, ustozning shogird oldidagi burchi va mas’uliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, shogirdlarimiz bizga «ustoz» deya murojaat etganlarida, «Men shu nomni oqlayapmanmi?» — degan savolga javob topa bili- shimiz lozim. Shogirdlar ishonchi, e’zoziga sazovor bo‘lish uchun erta-kech izlanib yashamog‘imiz — farz-u qarz. Samad BERDIYEV, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi 21-maktabning nemis tili fani o‘qituvchisi, «Ustoz — shogird» maktabi murabbiysi «USTOZ — SHOGIRD» «USTOZ — SHOGIRD» «USTOZ — SHOGIRD» «USTOZ — SHOGIRD» «USTOZ — SHOGIRD» MAKTABI SABOQLARI MAKTABI SABOQLARI MAKTABI SABOQLARI MAKTABI SABOQLARI MAKTABI SABOQLARI SH
16 RTIMIZDA
yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyish qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda, bu yo‘lda amalga oshirilayotgan xayrli ishlar biri birini taqozo etib, biri birini davom ettirib bormoqda. Ana shunday tadbirlardan biri yaqinda poytaxtimizdagi Interkontinental mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. 2007-yildan buyon iqtidorli yosh- lar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan ushbu musiqa festivaliga respublika yoki xalqaro miqyosda o‘tkazilgan tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kirit- gan yoshlar jam bo‘ldi. Bu festivalga bir qancha davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari xodimlari, shuning- dek, xalqaro tashkilotlar vakillari ham kelishdi. Yosh musiqachilar ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar yig‘il- ganlarga zavq-shavq bag‘ishladi. Ayniqsa, poytaxtimizdagi Uspenskiy nomidagi ixtisoslashgan maxsus musiqa-akademik litseyi o‘quvchi- larining konsert dasturi yig‘ilgan- larga manzur bo‘ldi. E’tibor, rag‘bat endigina barq urib kelayotgan iste’dod egalariga ilhom, kuch berishi, ijodiy shakl- lanishiga turtki bo‘lishi, shubhasiz. Bu galgi festivalda ham shunday ijodiy ruh sezildi. Turli tillarda, har xil janrlarda ijro etilgan asarlar cholg‘uchiga kuch, tinglovchiga zavq bag‘ishladi. Yangi iqtidorlar kashf etildi. Barcha ishtirokchilarga homiylar tomonidan sovg‘alar berildi.
Iqtidorli yosh san’atkorlar ana shunday festivallarda ko‘zga tashlanib, jahon sahnasiga yo‘l oladilar. Ushbu anjuman ishtirok- BUNDA KUY BUNDA KUY BUNDA KUY BUNDA KUY BUNDA KUY, , , , , SOZ BOR SOZ BOR SOZ BOR
SOZ BOR SOZ BOR,,,,, OHANG OHANG
OHANG OHANG
OHANG BOR BOR
BOR BOR
BOR, , , , , JO‘ROVOZ JO‘ROVOZ JO‘ROVOZ
JO‘ROVOZ JO‘ROVOZ BOR BOR BOR
BOR BOR
Dutorchi qizlar. Eshitganlar — darmonda, Eshitmagan — armonda. BUNDA KUY BUNDA KUY BUNDA KUY BUNDA KUY BUNDA KUY, , ,
, SOZ BOR SOZ BOR
SOZ BOR SOZ BOR
SOZ BOR,,,,, OHANG
OHANG OHANG
OHANG OHANG BOR BOR BOR
BOR BOR,
, , , , JO‘ROVOZ JO‘ROVOZ
JO‘ROVOZ JO‘ROVOZ
JO‘ROVOZ BOR BOR
BOR BOR
BOR YU
17 3 «Sog‘lom avlod uchun», 2010-yil, 8-son. chilari ham tez orada jahon sahnalariga chiqib, o‘z san’atlarini namoyish etsalar, ne ajab. Shijoat, iqtidor, izlanuvchanlik ularni shunday maqomlarga yuksaltiradi, albatta.
Shu o‘rinda mamlakatimizda musiqa va san’atni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotganini ham eslab o‘tish o‘rinlidir. Birgina shu yilning o‘zida ko‘plab musiqa va san’at maktablari qurib, foyda- lanishga topshirildi. Eng muhimi, respublikamizda yosh avlodning jisman va ma’nan — har taraflama uyg‘un rivojlantirishga e’tibor berilmoqda. Bu borada Prezidentimizning quyidagi so‘zlarini keltirib o‘tish joiz: «Sport bilan musiqa cham- barchas bog‘liqdir. Sport tanani pishitadi, chiniqtiradi, irodani mustahkamlaydi, musiqa — ko‘ngilni poklaydi, ruhni tetik- lashtiradi...» Ruhi tetik, irodali, sog‘lom, aql-u farosatli yoshlar el-yurtiga munosib ishlari bilan taniladi, obro‘ qozonadi, ertangi kunga ishonch va qat’iyat bilan intila- veradi. Bolalar musiqa va san’at mak- tablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning fao- liyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009—2014-yillarga mo‘ljallan- gan Davlat dasturi bajarilishi jarayonida bu sohada katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yosh iste’dodlarning paydo bo‘lishi, o‘z san’ati bilan muxlislar olqishini olishi esa shu yo‘lda qilinayotgan ishlarning samarasidir. Biz so‘z yuritgan musiqa festivali buning navbatdagi misolidir. Abdusaid NURBOYEV Har bir cholg‘uning o‘z fayzi bor. Ilhomiy daqiqalar... Sehrli sadolar tinglovchini sel qiladi.
Qo‘shiqlar ezgu tuyg‘ularni tarannum etadi. Sovg‘a — e’tibor... Vladimir GRANKIN suvratga tushirdi.
18 ZBEKISTONNING kelajak ravnaqi bugungi yosh avlod tarbiyasining qanday bo‘lishi va to‘laqonli shakllanishiga bog‘liq. Mustaqil jamiyat e’tiqodli, dili pok, ruhi komil insonlar tomo- nidan quriladi. Bu haqida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov: «Tarbiyachi ustoz bo‘lishi uchun boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib tarbiyalash uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi kerak», deb ta’kidlashi maktabgacha ta’lim muassasala- rida bir qator vazifalarni hal etish zarurligini ko‘rsatadi, hech shubhasiz, asosiy vazifaning qanday bajarilishi, bolalarimizda dastur miqyosidagi ta’lim- tarbiyaning singdirilishi yoki singdirilmasligi tarbiyachining mahoratiga bog‘liq. Demak, tarbiyachining bilim saviyasi, kasb mahorati yuksak bo‘lishi — hayotiy ehtiyoj. Haqi- qiy tarbiyachi yuksak madaniyat sohibi, chuqur bilim va puxta malakaga ega bo‘lishi lozim. Tarbiyachi va bo‘lajak tarbiyachi- larning nazariy va ilmiy saviyasi, metodik mahorati ham talab darajasida bo‘lishi lozim. Yangi- liklardan xabardor, eng muhimi, fidoyi tarbiyachi hali na malakasi va tushunchasi bo‘lmagan murg‘akni ma’naviyat olamiga olib kirishi uchun yetarli qobiliyatga, uslubiy mahoratga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachining pedagogik mahorati ko‘p qirralidir. Mahorat — kasbiy tayyorgarlik- dan, nazariy bilim va ish tajribasini doimo singdirib borishdan, bola- larga bo‘lgan muhabbatdan vujudga keladi. Tarbiyachi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, dunyo- qarash poydevorini shakllantiradi, ularga odob-axloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniy munosabatda bo‘lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqat- go‘ylik, adolat, jasurlik, kamtar- lik, kattalarga hurmat, mehnat- sevarlik kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. U o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishi uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi zarurligini ta’kidlashga ehtiyoj yo‘q, albatta. Bu o‘rinda quyida- gilarni eslab o‘tish mumkin: Pedagog-tarbiyachi yosh avlodni tarbiyalashning zamon talablariga mos qonun-qoidalarini, pedagogik manbalarda qayd etil- gan muloqot madaniyati asos- larini, xalq pedagogikasi tajriba- sini egallashi va o‘z faoliyatida ijodiy tatbiq eta bilishi lozim. Tarbiyachi faoliyati jarayonida o‘z ibrati bilan bolaning faolligini, his-tuyg‘usini, xatti-harakatini rivojlantirishga ta’sir eta olishi muhimdir. Muloqot madaniyati, ravon nutqi, mantiqiy izchil, ixcham, yaqqol ifodalangan fikr-mulohaza- lari bilan tarbiyalanuvchilar e’tiborini tortadi, shu tarzda ular ma’naviy dunyoqarashini shakl- lantira boradi. Jamoadagi har bir bolani e’tiborga olib, faoliyat mazmuni taqozo etadigan zarur topshiriq- larni va ularni amalga oshirish uchun kerakli vositalarni hozir- laydi. Muloqot jarayonini tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning ruhiy va jismoniy holatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab borish manti- qiga rioya qiladi. Pedagogik faoliyat alohida tayyorgarlikni talab qilishi haqidagi tasavvur ta’lim tizimi tarixida anchadan beri ma’lum. Pedagogik kadrlar tayyorlash mazmuni va tabiatiga nisbatan turli qarashlar mavjud bo‘lib, ular o‘sib kela- yotgan yosh avlodni rivojlantirish va tarbiyalash mohiyatini turlicha tushunishga tayanadi. Tarbiyachi faoliyatining tahlili, u pedagoglik faoliyati jarayonida bajaradigan bir qator vazifalarni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Tarbiyachining vazifalari — bu, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish maqsad va vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlaydigan kasbga oid majburiyatlar majmuidir. Bu vazifalar — murakkab, ular bir-biriga singib, bir-biri bilan o‘zaro uzviy aloqada bo‘ladi. Ammo ularni talab darajasida bajarishi uchun tarbiyachida shakllantirilishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar mazmunini aniqlash maqsadida IJODKORLIK HAR KUNI KERAK TARBIYACHILAR TAYYORLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI O‘
19 ayni vazifalar farqlanadi, analitik ko‘rib chiqiladi. Masalan, tarbiyachi faoliyatida rivojlantiruvchi vazifa asosiy hisob- lanadi. Uning o‘zi bir qator vazifalarni qamrab oladi, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiya- lash uchun pedagog ma’lumotli, zarur bilimlarni egallagan, ilmiy adabiyot bilan ishlay oladigan bo‘lishi, tajribali pedagoglarning ishlarini kuzatishi, hamkasblar tajribasini o‘rganishi, tarbiyaviy ta’sir vositalarini egallashi, zarur adabiyot va axborotni o‘rinli qo‘llay olishi kerak. Adabiyotlardan asosiy yo‘na- lishlarni ajrata bilish, muhokama aniqlash, ilmiy adabiyotni ma’lum nuqtai nazardan tahlil qilish, tadqiqot, faraz hamda vazifalarni o‘rtaga qo‘ya bilish, pedagogik jarayonda ish mazmuni, metod- larini bolalar rivojidagi xususiyat- larni hisobga olgan holda qo‘llash — bularning hammasi tadqiqot- chilik vazifasi bilan uzviy bog‘lanib ketadi.
Rivojlantiruvchi vazifa o‘sib kelayotgan avlodga bilim, ko‘nik- ma va malakalarni berishni ta’- minlovchi axborot vazifasida ham aks etadi. Bu vazifa quyidagi kabi bir qator pedagogik ko‘nikmalar: ifodali nutq vositalaridan foyda- lanish, materialni aniq, qisqa bayon qilish va tushunilishiga erishish, bayon qilishning turli metodlaridan foydalanishni taqozo qiladi. Shu bilan birga, amaliy, ko‘rgazmali, og‘zaki va boshqalar, ta’limning texnik vositalaridan samarali foydalanish, materialni qismlarga ajratish, savollar qo‘yish, mavzuni o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchi va tarbiya- lanuvchilarni faollashtirish, tarbiya ishini loyihalash asosiy pedagogik ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulotlarni mazmunli, qiziqarli qilib uyushtirishi — bolalar rivojlanishini oldindan ko‘ra bilishi, ularning faolligini oshiruvchi vositalarni yanglishmay tanlay olishi, kichkintoyning ma’- naviy dunyoqarashi asoslari shakl- lanishi, u oddiy mehnat ko‘nik- malarini egallashi uchun ishni maqsadga muvofiq loyihalash- tirish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi o‘z faoliyatining maqsadga muvofiqligini ta’min- lashda ish o‘rnini tashkil eta bilishi, zarur hujjatlar, qo‘llanmalar, ularda ifodalangan talablar asosida faoliyatini to‘g‘ri uyushtirishi zarur. Tarbiyachilik faoliyatida peda- gogik tashxis qo‘ya bilish qobiliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiyani aniq maq- sadlar asosida amalga oshirish tarbiyalanuvchilar holati — aqliy, ruhiy, jismoniy rivojlanishini aniqlash va ularga amaliy jihatdan yordam berish kabi bir qator pedagogik talablarni ham qamrab oladi.
Tashxis esa bolaning ichki va tashqi qiyofasini aniqlash, ta’lim- tarbiya natijalarini nazorat qilish, uning joriy talablarga mosligini e’tiborga olish, tarbiyalanuvchi- ning aqliy, axloqiy rivojlanishida pedagogik metodlarni amalda qo‘llash va bola qobiliyatining shakllanish darajasi me’yorlarini muayyanlashtirish imkonini beradi. Tarbiyachilik faoliyatida kasbiy vazifalarini to‘liq bajarish, tobora mukammallashtirish o‘z navbatida pedagogik ta’sir ko‘rsa- tishning mazmun-mohiyatini, yo‘nalishlarini birlashtirishga yordam beradi. Bu vazifalarni amalga oshirishda oila, jamoat- chilik, hamkasblar tarbiyala- nuvchilarga ko‘rsatayotgan ta’sirni tahlil qilish, oila an’analaridan ijodiy foydalanish, ayni vaqtda MTMning ta’lim-tarbiya jara- yonini oilada davom ettirish kabi usullar ham ahamiyatga molik hisoblanadi. Muborak MAHKAMOVA, Nizomiy nomidagi TDPI doktoranti NAFOSAT SIRINI UQIB, O‘RGANIB Qashqadaryo viloyati, Nuriston shahridagi Erkatoy deb ataluvchi MTM tarbiyachisi Sabohat Egamshukurova mashg‘ulot o‘tmoqda. Baxtiyor AKRAMOV suvratga tushirdi.
20 AYOTDA
go‘zallik xilma- xil darajada namoyon bo‘ladi. Tabiatdagi go‘- zallik ijtimoiy hayotdagi, oddiy faoliyatdagi esa badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi. Lekin go‘zallik xilma-xilligi bilan bir- biridan qancha farq qilmasin, barchasi qandaydir umumiy belgi- ga egadir. Mana shu umumiylik tufayli hodisalarni go‘zallik tushunchasi tarzida in’ikos etamiz. Go‘zal narsalar inson amaliy faoliyatiga, manfaatlariga mos bo‘lib, ularni idrok etish hayrat va quvonch bag‘ishlaydi, shaxsning uyg‘un rivojlanishiga, unda eng yaxshi insoniy xislat-fazilatlar tarkib topishiga ko‘maklashadi. Go‘zallikning mohiyati va unga nisbatan yondashuvlarni falsafiy- estetik kontekstda tahlil qilgan olim B. Husanovning fikriga ko‘ra, “Go‘zallik — bu, voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo‘lib, biror narsaga his-tuyg‘u orqali ta’sir o‘tkazish bilan insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik, zavqlanish, ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratadi. Go‘zallik hamisha foydali, lekin u alohida turdagi foydali — u avvalo insonga, jamiyatga, taraqqiyotga ma’naviy foyda keltiradi”. O‘rta asrlar musulmon Sharqi mutafakkirlarining go‘zallik haqi- dagi qarashlari bevosita hurfikrli- likka asoslanganligi bois kishida ijobiy taassurot uyg‘otadi. Ana shun- day munosabat o‘z navbatida, tasavvuf nafosatshunosligiga ham daxldor.
Tasavvuf ta’limoti go‘zallik muammosini qanday hal etadi? Aytishimiz mumkinki, bu ta’limot olam — Yaratuvchining ijodi, Ilohning ko‘zgusi deb tushuntiradi. Shunga ko‘ra, jamiki go‘zalliklar manbai — Mutlaq Iloh, voqe- likdagi go‘zalliklar — Iloh jamo- lining aksi; u ma’naviy go‘zalliklarni anglash va koinot sarvari Ruhi azaliyga monand narsalarning go‘zalligini qabul qilish yo‘lidagi pillapoyalardir. Mutaxassislar “jamol”, “jalol”, “poklik”, “musaffolik”, “ziynat” singari iboralar tasavvuf ta’limotida go‘zallikka muqoyasa qilinishini eslatib o‘tadilar. Tasavvuf islom asosida shakl- langan qalb go‘zalligi ilmi va maqtalgan axloq hisoblanadi. Tasavvuf axloqining tamal toshi, asosi, poydevorida qalb go‘zalligi, yuksak aql bor. Tasavvufda real moddiy dunyo go‘zalligi inkor etilmaydi (garchi dunyo va uning boyligiga bo‘lgan salbiy munosabat sezilib tursa-da), balki real moddiy dunyo o‘z- o‘zicha qimmatli emas, deb qaraladi. Tasavvuf talqiniga ko‘ra, qadriyat va arzirli narsa, bu — ruh bilan, Iloh bilan bog‘liq narsadir. Hayot ham ruhning faoliyatidan iborat. Tasavvuf o‘z davrida musiqa, tasviriy san’at, raqs san’atiga ham sezilarli ta’sir o‘tkazdi. Birgina samo’ning o‘zida ham she’riyat, ham raqs, ham qo‘shiq, ham musiqa ishtirok etadi. Bunda samo’ o‘zida go‘zallikni mujassam etganini ko‘rish mumkin. Bu samo’ majlislaridan kishi o‘ziga estetik zavq olgan, ko‘nglida forig‘lanish, tozalanish yuz ber- gan.
Tasavvuf Buyuk bir romantik olamdir. Borliqni turfa ranglarda, shoirona xayoliy surat — timsollar tarzida, ilohiy nurning porlashida, doimiy harakatda va ijodda deb tasavvur etish — bir Buyuk Poeziya. Jami go‘zalliklar, yaxshi- liklar, ezguliklar manbai — Mutlaq Iloh, Qudrat va kuch, harakat va faoliyat ham Undan. Dunyodagi jami husn-u jamol — Uning jamolining aksi. Inson go‘zalligi Uning jamolining jilvasi, bu jamol olamda qancha ko‘p jilo etgan bo‘lsa, u shuncha ko‘p go‘zal bo‘la oladi. Inson ruhining go‘zallikka, nafosatga tashnaligi Iloh go‘zalligiga tashnalik natijasi- dir. Yana buning ichida moddiy go‘zallik va ma’naviy go‘zallik, g‘oya va fikr go‘zalligi ham ajralib, e’tiborga olinadi. Go‘zallikdan maqsad tafakkur go‘zalligi, ma’- naviy go‘zallikni anglamoq, oliy javhar — Ruhi azaliyga monand narsalarning go‘zalligini qabul qilmoqlikdir. (Qarang: Komilov N. Tasavvuf. — Toshkent, «Mova- rounnahr-O‘zbekiston», 2009. 140-bet). Tasavvufning asosiy g‘oyalaridan, estetik xususiyatlari- dan biri mana shudir. Tasavvufda go‘zallik ideali, qudrat ideali, poklik ideali, abadiy- lik ideali — jami ideallar ideali Uning o‘zi, Yaratgan deb olinadi. Hayrat ham o‘shandan, g‘ayrat va shijoat ham, hayot nafosati ham GO‘ZALLIK BILAN EZGULIK UZVIY Tasavvufda go‘zallik talqini H
21 Yaratgandan deb qaraladi. Jonli va jonsiz har bir narsada, hayotning o‘zida, Iloh qudratini mushohada etish, Uning go‘zal- ligidan hayratlanib, jo‘shib, olam- olam zavq olish, Ilohni yori aziz, do‘st bilib, Unga sig‘inish, suyanish, Unga rozi dil aytish — mana shu so‘fiy shoirning ma’- naviy dunyosi, hayot mazmunidir. Download 493.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling