Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
Download 2.78 Mb.
|
12-mavzu slaydi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiya etilgan adabiyotlar
- 3. Q. Samadov. O‘zbek tili uslubiyati. Toshkent-1992.
Axborotning holisligi va umumlashganligi, mantiqiy va izchilligi, aniq va batafsilligi bu uslubga xosdir. Bu uslubda avtor shaxsi ifodalanmaydi, buyoqdor so‘zlar uchramaydi. Xar bir fan sohasiga oid shartli qisqartmalar va ramziy belgilar uchraydi. Shu fanga oid terminlar uchraydi.Albatta, ilmiy texnik bayon ilmiy matematik bayondan yoki qat’iy ilmiy bayon ilmiy-ommabop bayondan ma’lum darajada farqlanadi. Bu tafovutlar bayon qilish situatsiyasi va bayon qilish «materiali»dan kelib chiqadi.Binobarin, ilmiy-texnik, ilmiy-ommabop, ilmiy-ommabop matematik bayonlar ilmiy uslubning ko‘rinishlari bo‘lgani uchun, ular ilmiy uslubga xos umumiy, yaxlit xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ilmiy uslubning barcha belgi-alomatlari ularning har birida o‘ziga xo sbir shaklda takrorlanadi. Masalan ilmiy uslubning ilmiy-ommabop variantida yozilgan biron fanga oid kitob, maqola va leksiyalar shu fan masalalari bilan tanish bo‘lmagan kishilar uchun mo‘ljallanganda material ularga tushunarli shaklda bayon etiladi,fikr jonli va qiziqarli tushuntiriladi, ilmiy terminlar kam qo‘llaniladi, umuman tanish bo‘lmagan termin va mavhum formulalar o‘rniga aniq tasviriy materiallarga kengroq o‘rin beriladi. Lekin ilmiy uslub bilan uning ilmiy-ommabop ko‘rinishi o‘rtasidagi bir xildagi tafovutlar ilmiy uslub tushunchasining bir butunligiga, yaxlitligiga putur yetkazmaydi.Tavsiya etilgan adabiyotlar:1. A. Shomaqsudov, I. Rasulov, R. Qo‘ng‘urov, X. Rustamov. O‘zbek tili stilistikasi. T.: «O‘qituvchi» nashriyoti, 1983.2. Y. Tojiyev, N. Hasanova, H. Tojimatov, O. Yo‘ldosheva. O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari (ommabop qo‘llanma). Toshkent, 1994.3. Q. Samadov. O‘zbek tili uslubiyati. Toshkent-1992.4. Oybek. Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li (Mukammal asarlar to‘plami, 20 jildlik), 14-jild.Download 2.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling