Albatta, ilmiy uslubdagi obrazlilik bilan badiiy adabiyotdagi obrazlilik farqlanadi. Ilmiy uslubda obrazli nomlar faqat nominativ atash funksiyasini, badiiy adabiyotda esa estetik ta’sir ko‘rsatish vazifasini bajaradi.
Obrazlilik katigoriyasi agar ilmiy uslubda «so‘ngan, nursiz»holda ko‘rinsa, badiiy adabiyotda esa «jonli» tarzda namoyon bo‘ladi.
Masalan, uchar yulduz, somon yo‘li astronom uchun, avvalo, termin vazifasini o‘taydi, yozuvchi uchun esa bu so‘z birikmalari o‘xshatish yoki obrazli ifoda manbai bo‘lishi mumkin.
Odatda ilmiy uslubga mansub materiallar o‘z mazmuniga ko‘ra 2 turga bo‘linadi:
1.Ilmiy tadqiqotlar.
2.Ilmiy-ommabop asarlar.
Ilmiy tadqiqotlar Biron-bir fan sohasidagi izlanishlarni qamraydi, uzoq yillar olib borilgan ijodiy mehnat samarasini ko‘rsatdi.Masalan: Oybekning «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li» , I.Sultonning «Navoiyning qalb daftari» , H.Yoqubovning «Adibning mahorati» kabi asarlar xudi shunday tadqiqotlardir.
Ilmiy ommabop asarlar hamma uchun tushunilishi qiyin bo‘lgan masalalarni sharhlaydi. Bunday asarlarda iloji boricha murakkab atamalar qo‘llanmaydi. Bu uslubda ham shevachilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin bu ikki xillik ilmiy uslub umumiylik asosida bir-biriga bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy uslub materialini o‘zaro tutashtiruvchi holatlar quyidagilar: 1.Dalillarning aniqligi, mantiiqiy asosligi, tavsifiy izchilligi ilmiy uslubning barchasi uchun muhim hususiyatdir. 2. Ilmiy terminlarining ko‘proq qo‘llanilishi bu sohaning harakteriga mosdir. 3. Ilmiy uslubda gap bo‘laklarining tushib qolish alomati kam uchraydi. 4. Adabiy meyorga rioya qilish, gaplarning grammatik shakllanganligi bu uslubning yetakchi xususiyatidir. 5. SHevachilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Ilmiy uslub ilmiy faoliyat sohasiga xizmat qiladi. U asosan fan tili. Asosiy vazifasi g‘oyalar faktlar qonuniyatlar hodislar va tushunchalar tizimi bilan aloqadorlikdir. Bu axborotlar isbotlangan, dalillangan va umumlashganligi, yozma nutq shaklida nomoyon bo‘lishi uning o‘ziga xos xususiyatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |