Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
Download 2.78 Mb.
|
12-mavzu slaydi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid simvol va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi.
Ilmiy uslub va uning xususiyatlariReja:
Voqelikka munosabatni munosabatning va buning tadqiqini mantiqan dalillangan, grammatik shakllangan, adabiy me’yor asosida tuzilgan jumlalarda ifodalab berish ilmiy uslubning mohiyatini tashkil etadi.Ilmiy uslub doirasi anchagina keng va xilma-xildir. Chunonchi, bir qator ijtimoiy fanlarga oid tadqiqotlar ko‘proq ommaviyligi Bilan tavsiflansa, Aniq fanlarga oid tadqiqotlar mutaxassislar doirasida ko‘proq anglashilarli bo‘ladi. To‘g‘ri, turli fanlarga oid xulosalar ham barcha mutaxassislar uchun Aniq emas.Masalan aruz bahrlari haqidagi fikrlar hamma uchun ham tushunarli bo‘lavermaydi. Biroq bir kimyoviy qolip yoki riyoziy tenglamaning Aniqligi mutaxassis faoliyati Bilan yanada bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, ilmiy uslubda atamalar ko‘proq qo‘llaniladi. Termin masalasida shuni aytish kerakki, termin doim xalqchil bo‘lishi kerak. Bir tushuncha uchun aniq bir terminni qo‘llash ma’qul hisoblanadi.Bir tushuncha uchun 2-3 termin qo‘llanishi noaniqlik keltirib chiqaradi. Demak, mantiiqIy dalillanish va tasvifiy aniqlik ilmiy uslubning eng muhim masalalaridan biridir. Ilmiy uslub (yoki ilmiy bayon uslubi)da tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar Aniq ta’riflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub o‘zining alohida maxsus vazifasiga ega ekanligi Bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub ilmiy terminologiya bilan bog‘liq.Odatda, terminlar ilmiy uslubning leksikasini tashkil qiladi. Lekin ilmiy asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topma, unda abstrakt leksika va ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega bo‘lgan umumxalq so‘zlari ham keng qo‘llaniladi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid simvol va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi.O‘zbek ilmiy uslubida obrazli nomlarning roli juda kattadir. Masalan: oq tuproq, qora tuproq, qizil tuproq, sho‘rtuproq; muzlik kamari, muzlik darvozasi, muz tili, kulcha muz; marjon qirg‘oq, panjarasimon qIrg‘oq; oy o‘tovi, serostona daryo, patsimon bulutlar kabi terminlar ham aslida obrazli ifodalardan kelib chiqqan. Download 2.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling