Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari
Ilmiy bilim olish jarayonlari
Download 0.85 Mb.
|
ilmiy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Ilmiy tavsiflash va tasniflash
- 7. Ilmiy talqin
- 8. Ilmiy talqinning ko`rinishlari
5. Ilmiy bilim olish jarayonlari
Differentsiatsiya - o`rganilayotgan obyekt xususiyatlarini boshqalaridan farqlash orqali o`rganish, alohidalash. Integratsiya - o`rganilayotgan obyekt xususiyatlarini birlashtirish, bir-biriga yaqinlashtirish,umumiy jihatlarini aniqlash. 6. Ilmiy tavsiflash va tasniflash Ilmiy bilim olish o`rganilishi maqsad qilingan obyektni ilmiy tomondan tavsiflash, tasniflash va ilmiy talqin qilish orqali amalga oshiriladi. Ilmiy tavsiflash tafakkur hosilasining alohida turi bo`lib, noma’lumlikni ma’lumlik orqali tushuntirishdir. Ilmiy tavsifda ikki tur xususiyatlar ajratiladi: birinchisi, bu tavsiflanayotgan obyektlar, hodisalarning umumiy sinfiga oid, ya’ni bu obyekt qanday turga mansubligini ko`rsatib beruvchi xususiyatlarni aniqlash, ikkinchisi esa huddi shu turga kirgan obyektlardan tavsiflanayotgan obyektni farqlash imkoniyatini beruvchi xususiyatlarni topishdir. Tadqiq qilinayotgan obyektning umumiy yoki farqli xususiyatlariga ko`ra muayyan guruhlarga ajratib o`rganilishi ilmiy tasnif - klassifikatsiya deb ataladi. Tasnif arab tilidan olingan so`z bo`lib, guruhlash, sinflarga ajratish ma’nosini bildiradi. 7. Ilmiy talqin Ilmiy bilish ijodiy jarayon bo`lib, u, birinchi navbatda, o`rganishni, tadqiq etishni taqozo etadi. Ilmiy tadqiqotning keyingi bosqichi olingan bilimlarni talqin qilish – interpretatsiya qilish bo`lib, tadqiqotning original, betakror ijodiy ish ekani asosan talqinda aks etadi. Tanlangan mavzu, qo`llanilgan usullar, aniqlangan farazlar, tadqiqot ishi bo`yicha o`tkazilgan eksperiment tajriba-sinov ishlari ham talqin orqali baholanadi. Shuning uchun ilmiy talqin tadqiqotchining uslubi, ijod mahsulini taqdim eta olish mahorati ifodasi hamdir. 8. Ilmiy talqinning ko`rinishlari Ijodiy talqin ijodkor bilan hamkorlikda ijod qilish bo`lib, u matnni, asarni kengroq, chuqurroq tahlil qilishda qo`llanadi va ijod usuli hisoblanadi. Bu obyektni shunchaki izohlash emas, balki uni zamonaviy ilmiy qarashlarga bog`labo`rganish, qarashlar sintezidan o`tkazishdan iborat. Bunda tadqiqotchining mustaqil fikri, o`z yechimi va xulosalaritadqiqot ishining asosiynuqtasi hisoblanadi. Ilmiy talqinda tabiat va jamiyat qonunlarini ochib berish, talqin qilish muhim o`rin tutadi.Bundaanglangan voqea-hodisalarni, xususiyat va belgilarni bilish, tushuntirish, izohlashbo‘lib,bu jarayonda bilim chegaralari kengayadi, ilm-fanda yangi katetoriyalar, yangicha dunyoqarash, nazariyalar paydo bo`ladi. Obyektdagi noma`lum belgilar aniqlanadi. Dogmatik talqin ilm-fan sohalaridaqat`iylashtiribqo‘yilgan, avtoritetlar ma`qullaydigan, erkin fikrlashga yo`l qo`yilmaydiganizohlash usuli sanaladi. Dogmatik yondashuv qotib qolgan xulosalarni takrorlashga olib keladi,lm-fandagiijodiy izlanishlarga g`ov bo`ladi. Ratsional talqin - aql, idrok, bilimga asoslangan izohlash usuli bo`lib, har qanday ilmiy asar, izlanish yoki eksperiment ratsional talqin qilingandagina jamiyat uchun foydali bo`ladi. Ratsional talqin empirik tajribalarga, ijtimoiy hayotning xususiyatlariga, ilm-fanning gumanistik an`analariga tayanadi. Badiiy talqin tabiat va jamiyat hodisalarini erkin talqin qilish,tayyor qoliplardan chetga chiqish, ularni faqat o‘z nuqtai nazaridan bayon etish usuli hisoblanadi.Badiiy asarlar va matnlarni ilmiy talqin qilish estetika va adabiyotshunoslik sohalarini boyitadi. Gohida sof ilmiy asar, matnham badiiy talqin obyektiga aylanishi mumkin. Kompilyativ talqin obyekt (predmet)ning real holatini berkitish, muallifga yokitaqrizchiga tilyog`lamalik qilish,«men senga tegmayman, senham menga tegma»qoidasidan kelib chiqadi. Kompilyativ talqinyakunda yo`q ijobiy sifatlarni bor qilib, bo`rttirib ko`rsatishga,obyekt (predmet)ning real muammolarini ko`rib-ko`rmaslikka olib keladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling