Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari


Download 0.85 Mb.
bet1/42
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1542952
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
ilmiy ish


1. Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari
Jamiyatning taraqqiyotiga aynan ilm-fan, olimlar, ularning kashfiyotlari sabab bo‘ladi. Ilm darg‘alari, ziyolilar hamisha jamiyatning yetakchilari, eng ilg‘or qatlami hisoblanadilar. Shu bois har bir ota-ona o‘z bolasiga kichik yoshidan ta’lim berishga harakat qiladi. Bolaning dunyo sir-asrorlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otishda va shakllantirishda maktab ta’limining o‘rni katta. Maktab ta’limi o‘quvchilarni fan asoslari bilan tanishtiradi, o‘quvchining qiziqishlarini intilishga aylantirish uchun poydevor yaratadi. O‘quvchi muayyan sohani tanlab, shu sohani egallashga qaror qilgandan so‘ng, mutaxassis darajasiga yetishi uchun ushbu voqea-hodisa, tushunchalarning bir-biri bilan bog‘liqligi, o‘xshashligi va nimalar bilan farqlanishini aniq tasavvur eta olishi kerak bo‘ladi. Shu bois bugungi kunda o‘qituvchilar oldida turgan eng muhim vazifa - yoshlarni ilm egallashga qiziqtirish, ularni ilmiy faoliyat olib borishga yo‘naltirish, ilmiy tadqiqiy faoliyatini to‘g‘ri tashkillashtirishga ko‘maklashishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda mazkur fan dasturi mazmunida talabalarga ilmiy tadqiqot olib borish sir-asrorlarini o‘rgatish, ularni ilmiy-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy uslubga xos xususiyatlar bilan tanishtirish, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, ilmiy izlanish ko‘nikmalarini shakllantirish va ilmiy faoliyat yuritish malakasini rivojlantirish maqsadi ko‘zda tutiladi. Demak, “Ilmiy ish asoslari” fanining asosiy maqsad va vazifalari ilm-fan sohalaridagi yosh izlanuvchilar uchun boshlang‘ich, eng zaruriy bilimlarni berishdan va ularning ilmiy tadqiqiy faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishdan iborat.


2. Bilish jarayoni turlari
Oddiy bilish - Bu kim?Bu nima?. Inson tug`ilib, o`zini anglashi va tili chiqishi bilanolamni, atrofini o`rab turgan voqelikni tanishga,o`rganishga harakat qila boshlaydi. Inson o`ziga noma`lum bo`lgan narsani bilish bilib olish uchun, avvalo,uni idrok etishga harakat qiladi. Idrok etish bir-biri bilan uzviy aloqador, ajralmas bo`lgantushunchalar haqida ma`lumot olish, buning uchunularnifarqlash, qiyoslab ko`rishni taqazo etadi. Ilmiy bilish - Qanday?Qanaqa?. Tanishish jarayoni muntazam rivojlantirib borilsa, asta-sekinlik bilan tadrijiy ravishdailmiy bilishga o`sib boradi. Oddiy qiziqishdan kelib chiqadigan savollar bola katta bo`lgan sari uniqiziqayotgan narsa-buyum, hodisa-voqelikni chuqurroq o`rganishga, mavjud sir-asrorlarni anglab yetishga yetaklaydi.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling