Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari
Iqtibos Iqtibos (sitata) –
Download 0.85 Mb.
|
ilmiy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34. Havola Havola
- 35. Havolalarni berish tartibi va namunalari
33. Iqtibos
Iqtibos (sitata) – muallif ilgari surgan holatlarini asoslab berish uchun biron-bir matndan olinadigan aniq, so`zma-so`z keltirilgan jumla, ko`chirma gap bo`lib, u o`zlashtirma shaklda ham berilishi mumkin. Iqtibos haddan ziyod katta va kichkina ham bo`lmasligi lozim. Bevosita iqtibos qilinayotgan manba bo'yicha so'zma-so'z jumlalar shaklida keltirilib, qo'shtirnoqqa olinadi, bunda manbada berilgan shakli va mualliflikyozuvi xususiyalari saqlanib qoladi. Vositali iqtibos (boshqa muallifning fikrlarini o'z so'zi bilan bayon etish, gapirib berish)da o'zga fikrni bayon etishda aniq, baholaganda xolis bo'lib muvofiq havolalar berish lozim. 34. Havola Havola - muallif, tadqiqotchi keltirgan iqtibos olingan manba haqidagi ma’lumotlardan iborat bo`lib, u asosiy matnning ichida yoki matndan chiqarilgan holda, sahifa tagida keltirib o`tiladi. Havolalarda ishda foydalanilgan fikr kimga qarashli ekanligi, asar nomi, chop etilgan joyi, yili va iqtibos yoki shu fikr olingan sahifa aniq ko`rsatilishi shart. Aks holda, bu ko`chirmakashlik – plageatlik hisoblanadi. 35. Havolalarni berish tartibi va namunalari Bunda bevosita havola quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi: 1. Qodirov A.I. Asar nomi. – T.: “Sharq”, 2018. – 123-b. 2. Qodirov A.I. Maqola nomi // J. “Til va adabiyot ta`limi”, 2015, 2-son. – T., 2015. – 26-b. Eslatma: Mualliflar ismi-sharifi matn ichida A.I.Qodirov shaklida qayd etiladi. Havola vositali, ya`ni boshqa bir asar orqali berilganda esa quyidagicha rasmiylashtiriladi: Qarang: Qodirov A.I. Maqola nomi // J. “Til va adabiyot ta`limi”, 2015, 2-son. – T., 2015. – 26-b. Ilovalar – bu qo`shimcha izoh bo`lib, asosiy materialni to`ldirishga yoki uni tasvirlashga xizmat qiladi. Ilovalar tarkibiga jadvallar, sxemalar, rasmlar, xaritalar, qo`shimchalar, lug`atlar, ro`yxatlar, tasvirlar va boshqalar kiradi. Shartli belgilar -ko`rsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv, strelka, biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi yo`nalishini bildirish uchun muayyan asar tuzilmasidagina qo`llanadigan shartli belgilardir. Masalan, maktab darsliklarida qoida-ta`riflar, mashq-topshiriqlar, savol-javoblar, uy vazifalari, adabiy o`qish materiallari uchun alohida shartli belgilar qabul qilingan bo`ladi. Qisqartmalar – so`zning qismini yoki o`zini to`liqligicha qisqartirib berish shaklidir. Qisqartmalarning 2 xil turi bor: me’yoriy hujjatlarda keltirilgan ommalashgan qisqartmalar va mazkur tadqiqot ishida muallif tomonidan qo`llanib, tavsiya etilgan qisqartmalar. Illyustratsiyalar – matndagi tasvir, rasmlar. Ularning jadval, diagramma, grafik, sxema, fotosurat, chizma, xarita shaklidagi izoh turlari mavjud bo`lib, ilmiy ishning mazmunini tushuntirib berishga xizmat qiladi. Ular ketma-ketlikda raqamlab beriladi. Raqamli belgilar ilmiy axborotda raqam, so`z raqam, algebraik shakllarda berilishi mumkin. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling