36. Adabiyotlar ro`yxati (bibliografiya)
Ilmiy ishda yoki o`quv adabiyotida foydalanilgan asarlar ro`yxatini, shuningdek, ushbu fan bo`yicha o`rganishga tavsiya etilgan asarlar, tadqiqot ishlari ro`yxatini o`z ichiga olgan bo`limdir. Adabiyotlar asosiy va qo`shimcha adabitlar qismlariga bo`linadi va ishning oxirida maxsus ro`yxat ko`rinishida beriladi. Qo`shimcha adabiyotlar fan mazmuni va o`quvchilar yoshini hisobga olgan holda tanlanadi.
37. Ilmiy matnga reja tuzish
Reja – eng qisqa yozma matn bo`lib, u orqali: -fikrlar ketma-ketligini o`zida mujassam etadi va umumlashtiradi; -matn mazmunini ochib beriladi; -manba mazmunini xotirada tiklaydi; -konspekt va tezislar o`rnini bosadi; -har xil turdagi yozishmalar, ma`ruza, xabarnoma, hisobot tuzishga yordam beradi; -amaldagi yozma axborotni yaxshilaydi; -o`z-o`zini nazorat qilishni tezlashtiradi; -e’tiborning bir nuqtada bo`lishligiga va mashg`ulotlarni rag`batlantirishga imkon beradi.
38. Ilmiy matnni tahrir qilish
Yuridik jabha deganda, nashriyot, bosmaxona yoki nashrni o`z zimmasiga olayotgan muassasa yoki homiy bilan o`zaro shartnoma imzolash tushuniladi. Bundan asosiy maqsad muallif huquqlarini himoya qilishdan iborat. Texnik jabha deganda qo`lyozma matnining nashr qoidalariga to`la muvofiqligiga erishish tushuniladi: matnni ma’lum parametrlarga rioya qilgan holda terish (satrdagi belgilar soni, betdagi satrlar soni, matnning kengligi, abzaslar mavjudligi va joylashuvi), mavzu nomlarini to`g`ri yozish, sxema, jadval, illyustratsiyalarni to`g`ri qo`yish, havola tizimini to`g`rilash, bibliografiya ro`yxatini bir xil shaklda berish.
39. Taqrizning tuzilishi
Dolzarblik - Ilmiy-amaliy qiymati – Ishonchliligi – Yangiligi
40. Taqrizda ishning mazmunining tahlili
Taqrizda muallif ilmiy matn tuzilmasi va kompozitsiyasida taqriz qilinayotgan ishning mazmunini qanday mahorat bilan ifoda etgani tahlil qilinadi. Bunda quyidagi holatlar alohida e’tiborga olinadi: - tadqiqotning bo'limlari bir-birlariga muvofiqligi; - ularning hajmi va o'zaro joylashuvi, ularda mavjud bo'lgan axborotning muhimligi va ichki mantiqiyligiga mutanosibligi; - berilayotgan ma’lumotlar, fikrlarninig ilmiy asoslanganligi; - taqriz qilinayotgan ilmiy matnning ilmiy uslub talablariga muvofiqligiga e’tibor berilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |