Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari


Ilm-fan, ilmiy bilim, ilmiy tadqiqot, ilmi adab tushunchalari


Download 0.85 Mb.
bet2/42
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1542952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
ilmiy ish

3. Ilm-fan, ilmiy bilim, ilmiy tadqiqot, ilmi adab tushunchalari
Ilm-fan tushunchasining mohiyatini tushunish, muayyan fan sohasida ilmiy izlanishlarni amalga oshirish bilim olish, ilmiy tadqiqot yuritish tushunchalarini anglab olishni taqоzo etadi. Bilim olish, avvalo, voqelikni idrok etishdan boshlanadi, so`ngra atrof-borliq bilan kengroq tanishish, qiziqqan sohasi bo`yicha fanlarni o`qib-o`rganish bosqichlariga o`tiladi. Ilmiy izlanishlar asosan yuqori ta’lim bosqichlaridan boshlanadi va asta-sekin ilmiy tadqiqiy faoliyatga o`tiladi. Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi ilmiy bilimlarni chuqurlashtirish, voqelik haqidagi obyektiv bilimlarni egallashdir. Ilm-fan - tabiat,inson va jamiyat haqidagi juda aniq,maksimal obyektivlashtirilgan bilimni olishga qaratilgan ilmiy izlanish jarayonidir. Insonning ilmiy faoliyati,ilmiy bilimni olish,qayta ishlash va saqlashdan iborat bo`lgan kasbiy faoliyatning turi. Izlanish jarayoni natijasida olingan bilim,ilmiy axborot. Ilm-fanda tadqiq jarayonining kechishi va natijaviylik qarama-qarshi,o`zaro zid. Ilm-fanni egallash tabiat va jamiyat haqidagi juda aniq maksimal ob’yektivlashtirilgan bilimni olishga qaratilgan ilmiy izlanish jarayonidir. Bunda avval noma’lum bo‘lgan yangi jarayonlar va hodisalarni oldindan ko‘ra bilish, ya’ni faraz qilish talab etiladi. Tadqiqot ishi qo‘yilgan maqsad va tadqiqotchi farazidan kelib chiqib rejalashtiriladi, shuning uchun ilmiy ish qat’iy rejali faoliyat yuritish asosida olib boriladi. Faqat qat’iy reja asosida har tomonlama chuqur o‘rganilgan, zamonaviy usul va vositalar bilan ta’minlangan ilmiy tadqiqiy faoliyatgina tabiat va jamiyatdagi ob’yektiv qonuniyatlarni ochish va narsa va hodisalarni ilmiy bilishga imkon yaratadi.


4. Ilmiy tadqiqotning asosiy maqsadva vazifalari
- obyektni o`rganish; - yangi natijalarni oldindan ko`ra bilish, hodisalarning kelgusidagi rivojini bashorat qilish; - dalillarni aniqlash va tahlil qilish; - tasniflash va umumlashtirish; - kashf qilingan ilmiy yangiliklarni aniqlab, amaliy tavsiyalar berish.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling