Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari


O`quv-uslubiy adabiyotlar va ularning turlari


Download 0.85 Mb.
bet7/42
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1542952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
ilmiy ish

14. O`quv-uslubiy adabiyotlar va ularning turlari
Ta’lim jarayonining o`quv-uslubiy ta`minotini tashkil etuvchi o`quv dasturlari, o`quv-uslubiy va uslubiy-metodik adabiyotlardan iborat bo`lib, ular ilmiy-nazariy va ilmiy-uslubiy izlanishlarning o`zaro ta’siri natijasida yuzaga kelgan janr o`quv-uslubiy janrdir. Ularga mansub matnlar ilmiy-nazariy tadqiqotlardan olingan natijalar ilmiy-uslubiy tadqiqotlar asosidagi o`qish jarayoniga kiritilishi uchun mo`ljallangandir. O`quv-uslubiy adabiyotlari bosma – nashr qilingan va elektron adabiyotlar turlariga bo`linadi. O`quv-uslubiy adabiyotlarning eng keng qo`llanadigan turlari darsliklar, o`quv qo`llanmalar, o`quv-metodik adabiyotlar, lug`atlar, mashq to`plamlari, xrestomatiyalardir.


15. Bosma o`quv adabiyotlar
Davlat ta`lim standartlari (DTS) ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur darajasini hamda muayyan ta`lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qo`yiladigan malaka talablarini belgilab beruvchi me’yoriy hujjat. O`quv dasturi muayyan o`quv fani bo`yicha DTS hamda tayanch o`quv rejasi belgilangan o`quv yuklamasidan kelib chiqib beriladigan ta’lim mazmuni qayd etilgan me’yoriy hujjat. Tayanch o`quv reja muayyan ta’lim turi, ta`lim muassasida o`qitiladigan fanlar bloklari va nomlari, ularga ajratilgan soatlar, o`qitilish shakli ko`rsatib o`tiladigan me’yoriy hujjat. Bosma o`quv adabiyoti bosma qog`oz shaklida chop etilgan o`quv adabiyotlari. Dayjest ilmiy-uslubiy, o`quv, davriy adabiyotlar, hukumat va turli tashkilotlar faoliyatiga tegishli qonunlar, qarorlar, Nizomlar mazmunining qisqacha bayoni va sharhi keltirilgan, sohalarga oid ma’lumotlar to`plami. Darslik DTS, o`quv dasturi asosida muayyan o`quv fani mavzulari to`liq yoritilgan, muayyan fan asoslarini mukammal o`zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo`nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan bosma nashr. O`quv qo`llanma darslikni qisman to`ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo`yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o`zlashtirilishini ta’minlovchi, ayrim bob va bo`limlarni keng tarzda yoritishga yoki amaliy mashq va mashg`ulotlar o`tishga mo`ljallangan bosma adabiyot. Ma`ruzalar to`plami, Ma’lumotnoma, Lug`at, Metodik qo`llanma.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling