Farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” singari 7 yangi korxonani qurib foydalanishga topshirish ishlari izchil olib
borilmoqda.
Prezidentning 2016-yildagi farmoniga ko‘ra “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ular bundan buyon “Navoiy”, “Angren” va“Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar deb yuritiladigan bo‘ldi.
Soliq tizimi.
1991-yil avgustda O‘zbekistonda eng zamonaviy shaklda,yangi tipdagi soliq tizimi yuzaga keldi.
1991- yilda “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
2008-yilda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Soliq kodeksi” asosida ish yuritmoqda.
2017-yil 18-iyulda O‘zbekiston Respub ikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
2018-yil 1-yanvaridan – soliq monitoringini joriy etish belgilandi.
7-mavzu. Ijtimoiy siyosat va uning amalga oshirilish bosqichlari
1992–2017-yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning, oliy o‘quv yurtlari talabalarining, aspirantlarining, doktorantlarining stipendiyalari miqdori bir necha bor oshirildi.
1994-yilga kelib, O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tubdan o‘zgartirildi.
1994-yilning sentabridan boshlab barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi.
1996-yil dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy yordam berilishni kuchaytirish,“Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” yana bir muhim farmon qabul qilindi.
1997-yildan boshlab yordamga muhtoj, bolali oilalarga bolalarning soniga qarab, eng kam ish haqining 50 foizidan boshlab 175 foizigacha nafaqalar beriladigan bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |