IM. Y, Оч'Л. Юсчоу
Baholar shkalasi bo‘yicha yiqqan ballaringizni hisoblab chiqing
Download 80 Kb. Pdf ko'rish
|
менежмент психологияси М.Й.Отажонов
Baholar shkalasi bo‘yicha yiqqan ballaringizni hisoblab chiqing.
H a Y o'q H a Y o'q 1. 3 0 7. 3 0 2. 4 0 8. 2 0 3. 3 0 9. 0 2 4. 2 0 10. 0 3 5. 0 4 11. 1 0 6. 2 0 12. 3 0 0 dan 9 ballgacha. Siz nihoyatda ju r’atsizsiz. H ar doim va har bir hodisa bo‘yicha qiynalib, hamma ,,tarafdor“ va ,,qarshi“lam i taroziga solasiz. Agar qaror qabul qilishni birovning yelkasiga ortish imkoni bo'lsa, yengil nafas olasiz. Bir qarorga kelishdan oldin uzoq maslahatlashasiz va aksariyat hollarda yarim qaror qabul qilasiz. Yig‘ilish va majlislarda jim o ‘tirishni ma’qul ko'rasiz, lekin tashqarida dadil va gapga chechan bo‘lib qolasiz. Lekin buni o ‘zingizning ,,tug‘ma ehtiyotkorligingiz“ bilan oqlashga urinmang. Yo‘q, bu ko‘proq qo'rqoqligingiz. Siz bilan ishlash va yashash qiyin. Siz qanchalik bilimga, eruditsiyaga, tajribaga ega bo'lmang, xarakteringizning ju r’atsizlik sifati sizning „foydalilik koeffitsiyentingizni“ ancha pasaytiradi. Bu ham oz, sizga suyanib bo‘lmaydi, siz pand berishingiz mumkin. Albatta, xarakterni qayta shakllantirish qiyin, lekin mumkin. Eng maydasidan boshlang, shaxsiy fikringiz bo‘yicha tavakkal qaror qabul qiling, u sizga pand bermaydi. 10 dan 18 ballgacha. Siz ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qilasiz, lekin shu daqiqadayoq hal qilinishi lozim bo'lgan jiddiy muammolar oldida ojizlik qilmaysiz. Odatda qaror qabul qilish uchun yetarlicha vaqt bo'lganda uzoq ikkilanasiz. M ana shunda sizni shubha qam rab oladi, yuqori 125 rahbarlar bilan kelishish, muvofiqlashtirish vasvasasi paydo bo‘la- di, aslini olganda bu m uam m o sizning darajangizdagi muammo hisoblanadi. Ko‘proq o ‘z tajribangizga tayaning, u sizga muammoni to ‘g‘ri hal qilishni ko‘rsatadi. Juda bo‘lmaganda hamkasblaringiz, qo ‘l ostingizdagilarning birontasi bilan o'zingizni ehtiyot qilish uchun emas, o ‘zingizni tekshirish uchun maslahatlashing. 19 dan 28 ballgacha Siz yetarlicha j u r ’atlisiz. Sizning vazm in, izchillik bilan m uam m oni o'rganishga yondashishingiz va asosiysi, tajribangiz sizga masalalami tez va aksariyat to ‘g‘ri hal qilishga yordam beradi. Alohida xatolar ham bo'lib turadi, lekin siz ularni tez anglaysiz va bartaraf qilish choralarini ko‘rasiz. 0 ‘zingizga tayanasiz. Shu bilan birga u nch alik k o ‘p m urojaat qilm asangiz ham , h ar holda boshqalarning maslahatlarini ham e ’tiborsiz qoldirmaysiz. Qaror qabul qilishni oxirigacha himoya qilasiz, lekin uning xatoligi bilinib qolsa, mansab obro‘sini himoya qilish uchun qaysarlik qilmaysiz. Bu hammasi yaxshi. Lekin har doim obyektiv b o ‘lishga harakat qiling. 0 ‘zingiz uncha xabardor b o ‘lmagan masalalar yuzasidan maslahatlashishni uyat, deb hisoblamang. 29 balldan yuqori Jur’atsizlik sizga yot tushuncha. Siz o ‘zingizni faoliyatingizning hamm a sohasidan to ‘la xabardor deb, biron-bir odamning fikrini bilish shart emas, deb hisoblaysiz. Yakkaboshchilikni yakka qaror qabul qilish deb tushunasiz va shu qaror yuzasidan biron-bir tanqidiy fikr jahlingizni chiqaradi va siz uni yashirib ham o‘tirmaysiz. Sizni q at’iy va irodali odam deyishlari sizga yoqadi, lekin iroda yuqorida aytilgan fikrdan farq qiladi. Atrofingizdagilarning shu fikrlariga loyiq bo'lish uchun boshqalarning aqlli takliflarini ham rad qilasiz. Xatolardan g‘ijinib tashvishlanasiz, ular sizning emas,- boshqa birovning aybi ekanligiga chuqur ishonasiz. 0 ‘z bilimlarining benuqsonligiga ishonish bu jiddiy kamchilik. Bunday xarakter sifati, bunday ish uslubi q o ‘l ostingizdagilarning tashabbusini, ularning mustaqil harakatga bo‘lgan intilishini bo‘g‘adi. Bu ularda siz hazar 126 qiladigan ju r’atsizlikni tarbiyalaydi. Bularning hammasi ishga foyda keltirmaydi, jamoadagi psixologik muhitga jiddiy zarar yetkazadi, ishlashga xalaqit beradi. Siz kechiktirm asdan ish uslubingizni o ‘zgartirishingiz kerak. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling