Imidazol va dezimidazol hosilalarida kirgan dori moddalari olinishi va tahlili. Pilokarpin gidroxloridning zamonaviy tahlil usullari


Imidazol va Imidazolin preparatlari haqida tushuncha


Download 0.65 Mb.
bet2/7
Sana27.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1234444
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
I imidazol va Imidazolin preparatlari haqida tushuncha I. Imidaz

Imidazol va Imidazolin preparatlari haqida tushuncha
IMIDAZOL.

Imidazol birinchi va uchinchi holatda azot atomi saqlagan besh
a’zoli geterosiklik halqa bo’lib, u turli tabiiy va sintetik moddalar molekula tuzilishining asosini tashkil qiladi:


Imidazol muhim biologik molekulalar tarkibiga kiradi. Eng ko’p uchraydigani bu gistidin amino kislotasi hisoblanadi. Imidazol bu yerda ichki zanjir hosil qilishda ishtirok etadi. Gistidin juda ko’p oqsillar va enzimlar tarkibiga kiradi va gemoglabinning biriktirish funksiyasi va strukturasida muhim rol o’ynaydi. Imidazol hujayra buferligini saqlashda muhim rol o’ynaydi. Gistidin dekarboksillanib gistaminga aylanadi, qaysiki u ham biologik muhim birikmadir. U urtisaria toksinining asosiy komponenti , uning yana bir nomi allergiya uyasi.
Gistidindan gistamin hosil bo’lishini quyidagi reaksiya yordamida ko’rish mumkin.



Sintetik imidazol fungitsid va antifungal, antiprotozal va antipertensive tibbiy dorilar olishda ishlatiladi. Tiofillin molekulasining asosiy qismi imidazoledir, u choy barglarida va koffe donachalarida bo’lib markaziy nerv sistemasini stimullaydi.
Imidazolning tuzlari.

Imidazolning tuzlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Masalan, imidazole xlorid. Bu tuzlar ionlangan yoki imidazolning nitrolangan tuzilishi hisoblanadi. Imidazol tuzlari ionli suyuqliklar va mustahkam karbenlar oilshda ishlatiladi.

Imidazolning farmokologik xususiyatlari.
Imidazol birikmalari farmasevtikada keng miqyosda ishlatiladi. Imidazol bir qator farmasevtik dorilar tayyorlashda ishlatiladi. Imidazol ishtirok etgan dori vositalari qo’zg’atuvchilarga qarshi, gelmintlarga qarshi, rakka qarshi va shu kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bularga omisol tariqasida azomisin 2-nitro imidazole va 1-(2-gidroksietil) -2-metil-5-nitroimidazol lar antibacterial dori vositasi sifatida ishlatiladi. Metronidazol va boshqa nitroimidazol (misonidazole, metrazol va klotrimazol) muhim antikanseragen dori vositasi hisoblanadi.
Imidazol va uning birikmalari antigelmint vositlar tayyorlshda ishlatiladi. Ular odam va hayvon organizmida uchraydigan zararkunanda qurtlar va boshqa zararli organizmlarni organizmdan chiqarib tashlashda, davolashda ishlatiladi. Bunday birikmalar qatoriga (2-alkilbenzimidazol) nematodalar va trematodalarga qarshi , 4,5,6,7-tetra xloro- 2-triflurometil benzimidazaol askarida, ansilostoma va boshqalarni yo’q qiladi.
Antikanseragen sifatida quyidagi birikmasi ishlatiladi.
va boshqa birikmalari ishlatiladi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling