Imidazol va dezimidazol hosilalarida kirgan dori moddalari olinishi va tahlili. Pilokarpin gidroxloridning zamonaviy tahlil usullari


Imidazol va Imidazolin preparatlarining tibbiyotdagi ahamiyati


Download 0.65 Mb.
bet6/7
Sana27.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1234444
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
I imidazol va Imidazolin preparatlari haqida tushuncha I. Imidaz

Imidazol va Imidazolin preparatlarining tibbiyotdagi ahamiyati



  1. Merkazolil antitireoidin ta’sirga ega bo’lib, u qalqonsimon bezining triyodtironin va tiroksin gormonlarini sintez qilish faoliyatini susaytiradi. Uni, odatda, diffuziyali toksik bo'qoq kasalligini davolashda 0,005 g dan kuniga 3-4 marta ichiriladi. Merkazolilni 0,005 g dan tabletkalarda chiqariladi.

  2. Metrinidazolni o‘tkir va surunkali trixomonadoz kasalligini davolashda kuniga 2 marta 0,25 g dan ichiriladi. Preparat tabletkalarda 0,25 va 0,5 g dan chiqariladi.

  3. Etimizol nafas markazi ishini kuchaytiradi. Preparatni narkotik va analgetik moddalar bilan zaharlanganda va jarrohlik amaliyotida narkozdan kelib chiqqan nafas olish qiyinlashganda 1 % va 1,5 %li eritmasi mushak orasiga yoki venaga yuboriladi.

Etimizolni yana yalligManishga va allergiya kasalliklariga qarshi modda sifatida 0,1 g dan kuniga 3-4 marta ichiriladi. Uni 1 % va 1,5 %li eritma holida 3 va 5 ml dan ampulalarda va 0,1 g dan tabletkalarda chiqariladi.



  1. Klofelin kuchli va turg‘un gipotenziv ta’sirga ega bo‘lib, uni gipertoniya kasalligini davolashda 0,075 mg dan kuniga 2-4 marta iuiiriladi yoki 0,5-1,0 ml dan 0,01 %li eritmasi mushak yoki teri orasiga yuboriladi. Preparat ko‘zni, glaukoma kasalligini davolashda surtma dori sifatida ham ishlatiladi. Klofelinni 0,075 mg va 0,15 mg

dan tabletkalarda hamda 1 ml dan 0,01 %li eritma holida ampulalarda chiqariladi.


Merkazolil, metrinidazol va etimizolni «В» ro‘yxati bo'yicha og‘zi mahkam berkitilgan idishlarda, yorug‘lik tushmaydigan joylarda saqlanadi.
Klofelinning kukun holdagisi og‘zi mahkam yopilgan idishlarda «А» ro‘yxati bo'yicha, tabletka va ampuladagi eritmasi esa «В» ro'yxati bo‘yicha saqlanadi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda imidazol va uning birikmalari sanoat, farmasevtika, o’simlik va hayvon organizmlari uchun ahamiyatlidir. Imidazol birikmalari farmasevtikada keng miqyosda ishlatiladi. Imidazol bir qator farmasevtik dorilar tayyorlashda ishlatiladi. Imidazol ishtirok etgan dori vositalari qo’zg’atuvchilarga qarshi, gelmintlarga qarshi, rakka qarshi va shu kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Sintetik imidazol fungitsid va antifungal, antiprotozal va antipertensive tibbiy dorilar olishda ishlatiladi. Tiofillin molekulasining asosiy qismi imidazoledir, u choy barglarida va koffe donachalarida bo’lib markaziy nerv sistemasini stimullaydi. Imidazol va uning birikmalari antigelmint vositlar tayyorlshda ishlatiladi. Ular odam va hayvon organizmida uchraydigan zararkunanda qurtlar va boshqa zararli organizmlarni organizmdan chiqarib tashlashda, davolashda ishlatiladi.




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling